12-Mavzu: Maxsus fanlarni o’qitish jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanish. Reja
Download 1.58 Mb.
|
1 2
Bog'liq14-mavzu
12-Mavzu: Maxsus fanlarni o’qitish jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanish. Reja:
Tayanch tushunchalar: axborot-kommunikatsion texnologiyalar, masofaviy ta’lim, masofaviy ta’lim modellari, masofaviy ta’lim tamoyillari, masofaviy ta’limning didaktik imkoniyatlari, masofaviy ta’limni tashkil etish bosqichlari, kompyuter ta’limi, kompyuter ta’limi texnologiyalari. Maxsus fanlarni o‘qitishda axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan foydalanish metodikasi. Axborot texnologiyalarini ta’lim jarayoniga tatbiq etishda bu tizimda faoliyat olib boruvchi o‘qituvchilar malakasini oshirishga yuqori talablar qo‘yiladi. O‘qituvchi malaka oshirish tizimiga kelishlari bilan ta’lim berish sub’ektidan ta’lim olish ob’yektiga aylanadi va o‘quv jarayonidagi o‘zaro munosabatlar xarakteri o‘zgaradi. Bu turdagi texnologiyalar sirasida ta’lim oluvchilarda axborot bilan ishlash malakalari shakllantirish, ularning intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish, mustaqil ta’lim olishlariga uchun sharoit yaratish, tadqiqot faoliyatlarini rivojlantirish hamda baholashga xizmat qiladigan texnologiyalar keng tarqalgan. Kompyuter texnikasi yordamida tashkil etiladigan ta’lim jarayonida ta’lim oluvchilarga o‘z bilimlarini mustaqil baholash imkoniyati yaratiladi. Baholash jarayonida faqatgina test va sinov nazorati topshiriqlaridan foydalanilmay, shu bilan birga o‘qituvchining bevosita ishtirokiga ham murojaat qilish imkoniyati mavjud. O‘qituvchilarga murojaat odatda elektron pochta orqali muloqot qilish asosida yo‘lga qo‘yiladi. Zamonaviy sharoitda kompyuter ta’limini tashkil etishda axborot vositalari sifatida qo‘llaniladigan kommunikatsion texnologiyalarning ulkan majmuidan foydalanilmoqda O‘qitish jarayonida o‘qituvchi va ta’lim oluvchilarning kompyuter texnikasi xizmatidan foydalanish borasidagi amaliy harakatlari (muloqoti) quyidagi xususiyatlarga ega: OTMning pedagoglari ham kompyuter qurilmasi yordamida o‘quv materiallari, o‘quv topshiriqlarini tayyorlash, ijodiy ishlanmalarni yaratish, nazorat ishlarini tahlil qilish va talabalarni baholash kabi faoliyatlarni tashkil etish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. Bu jarayonda turli kompyuter dasturlaridan foydalaniladi. Masalan, hisob-kitob ishlarini olib borishda Excel, prezentatsiya (taqdimot)ni tayyorlashda Power Point, matnli materiallarni tayyorlashda Word matn muharririda ishlash pedagoglar tomonidan o‘quv-metodik ta’minotni tezkor, sifatli va samarali yaratilishini ta’minlaydi. Ayni o‘rinda bugungi kunda talim muassasalarining pedagoglari o‘rtasida keng ommalashayotgan Power Point dasturi to‘g‘risida so‘z yuritiladi. Kompyuter dasturlari orasida kompyuter grafikasi bilan samarali ishlash imkonini beradigan maxsus dasturlar mavjud. Ular orasida Power Point alohida o‘rin tutadi. Grafikli dasturlar sirasiga kiruvchi ushbu dastur kompyuter texnikasi imkoniyatlariga tayangan holda prezentatsiya (taqdimot) yaratish uchun xizmat qiladi. Taqdimotda multimediali namoyish amalga oshirilib, unda bir vaqtning o’zida grafika, tovush, animatsiya, tasvir, rasm amalga oshiriladi. Bir vaqtning o’zida rasm, matn, animatsiya va tovushli va video lavhalardan iborat bo’lgan taqdimotlarni multimediali taqdimotlar deyiladi.Ularni ta’lim jarayonida qo’llashning afzalliklari esa quyidagilardan iborat: Talabaga bir vaqtning o’zida eshitadi va ko’radi; o’zi taqdimot yaratsa esa undan ham yaxshi samarali natija oladi va umri davomida taqdimot yaratib, o’zining faoliyatida qo’llab yuradi; talabalarning taqdimot yordamida o’qitilgan darslardan keyin o’zlashtirishi ijobiy samarali natija beradi: o’quv materialni o’zlashtirish va esda saqlash jarayoni samarali amalga oshadi: undan tashqari taqdimotdan foydalanish o’qituvchi uchun ham o’z afzalliklariga ega o’qituvchi reglament saqlaydi, vaqtdan chiqib ketmaydi, yozilgan reja asosida dars o’tadi. Taqqdimotga quyiladigan talabalar quyidagicha: 1) taqdimot o’quv fan dasturi mavzusiga mos bo’lishi zarur: 2) taqdimot belgilangan mavzu va uning rejalarini tushunarli, ravon tilda, qiziqarli va rasmli, multimediali usulda bayon qilishi kerak: 3) taqdimotda qo’llaniladigan rasmlar, animatsiyalar va videolavhalar mavzuga, uning bo’limlariga bog’liq bo’lishi lozim; 4) taqdimotning rejasidagi mavzuga doir bo’limlarga qarashli materiallar o’zaro bog’liq, mantiqiy davomiyligi bilan va o’zaro va mavzuga aloqadorligi bilan tasniflanadi. 5) o’quv materiallarda mazmuni fanga va mavzuga doir, uni yoritishni maqsad qilgan, tushunarli, ilmiyligi va izchilligi bo’lishi zarur. Rejadagi bo’limlar esa o’zaro bog’liqlikda beriladi. 1 .Elektron ta’lim resurslari haqida tushuncha. Ta’lim resurslari ikki hil bo’ladi: 1. Qog’oz variantidagi. 2. Elektron Qog’oz variantidagi ta’lim resurslariga kitob, o’quv qo’llanma, risola, maqola, kurs ishi, diplom ishi, oquv uslubiy qo’llanmalar kiradi. Elektron resurslariga esa ma’ruza, amaliy mashg’ulotlarning elektron versiyalari hamda elektron darsliklar va elektron o’quv qo’llanmalar kiradi. Elektron darslik fan dasturida keltirilgan mavzularni to’liq yoritib berishi va adabiyotlarga tayangan bo’lishi kerak. Elektron darslikning mavzusi, biror fanga bag’ishlangan bo’lishi va uning menyusi, yaratgan muallif haqida ma’lumot, elektron darslik annotatsiyasi, ko’rib chiqiladigan mavzular mazmuni va ularni yoritilishi ko’rsatiladi. Elektron ta’limning turli shakllari mavjud, kompyuter vositasida elektron darsliklar orqali mavzularni o’rganish, undan mustaqil ta’limda qo’llanilsa maqsadga muvofiqdir. Ikkinchidan, bu onlayn elektron darsliklardan foydalanish. Hozirgi kunda barcha oliy o’quv yurtlarida va talaba hamda o’qituvchilarning uylarida WiFi bo’lganligi uchun ta’lim jarayonida onlayn elektron darsliklardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. 3. Elektron darslik tushunchaasi va ishlab chiqish bosqichlari. Elektron darslik-giper darslik bo’lib, undagi matnlar giper matndan iborat hamda uni yaratish uchun bir necha bosqichlarni amalga oshirish zarur: 1. Birinchidan, bu bo’lajak elektron darslikning boblari, nomi va bo’limlari Word dasturida oldindan ilmiy va orfografik hatosiz tayyorlanib olinishi zarur. 2. Ikkinchidan, dasturiy vosita tanlash kerak, yani qaysi kompyuter dasturi muhitida darslik yaratiladi, shuni tanlab olish kerak bo’ladi. 3. Uchinchidan, dasturiy vositada elektron darslik tayyorlash jarayoninin o’rganish zarur. 4. To’rtinchidan, elektron darslik yaratiladi va saqlanadi. 5. Elektron darslik tayyorlashdagi kamchiliklarni bartaraf etiladi, elektron darslik takomillashtiriladi. Uning muqovasi, asosiy qismi, menyulari. Muallif haqida axborot , elektron darslik mavzusi, unga annotatsiya kabi jarayonlar yaratiladi. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling