12-Mavzu: Maxsus fanlarni o’qitish jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanish. Reja


Download 1.58 Mb.
bet2/2
Sana22.02.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1222022
1   2
Bog'liq
14-mavzu

Masofaviy ta’lim – muayyan nuqtadan axborot-kommunikatsiya vositalari (video, audio, kompyuterta’limiy mahsulotlarni, multimedia, radio, televidenie va b.) tarqatish va yetkazib berishdai yordamida ta’lim an’anaviy hamda xizmatlarini innovatsion ko‘rsatish shakl, metod, vositalarga asoslangan holda ta’lim resurslaridan foydalanishga yo‘naltirilgan ta’lim.
Masofaviy ta’lim ta’lim oluvchi va ta’lim xizmatlarini tashkil etuvchi sub’ektlar o‘rtasida qaytar aloqani yuzaga keltiradi. Ya’ni, ta’lim oluvchilar o‘zlari uchun qulay sharoit, vaqtda faks, pochta yoki kompyuter (elektron pochta) yordamida o‘qituvchilarga nazorat-sinov ishlarining ishlanmalari, loyihalarni yuboradi. Tekshirilgan nazorat ishlari “qaytar aloqa” tamoyiliga muvofiq ta’lim oluvchilarga qaytariladi. Buning natijasida shaxslararo munosabat – “sub’ekt-sub’ekt” aloqasi o‘rnatiladi.
Masofadan o‘qitish ta’lim oluvchilar va o‘qituvchilarning bir-birlari hamda o‘qitish vositalari bilan o‘zaro ta’sirining maqsadga yo‘naltirilgan interfaol jarayonidan iborat bo‘lib, bunda ta’lim jarayoni ularning geografik fazoviy joylashishiga bog‘liq bo‘lmaydi. Ta’lim jarayoni kichik tizimlardan iborat, ya’ni o‘qitish maqsadi, mazmuni, metodlari, vositalari, tashkiliy shakllari, nazorat, o‘quv-moddiy, moliyaviy-iqtisodiy, me’yoriy-huquqiy va marketing kabi elementlarni qamrab olgan o‘ziga xos pedagogik tizimda kechadi.
Masofaviy ta’limni tashkil etisha o‘qituvchilarning faoliyati faqatgina o‘quv axborotlarini uzatish bilan cheklanmaydi. Shu sababli bu turdagi ta’limni tashkil etishga bir necha mutaxassis jalb qilinai. Ular o‘z vazifalariga ko‘ra turlicha nomlanadi. Xususan:
O‘qituvchi – masofaviy ta’limni tashkil etishda foydalaniladigan o‘quv-metodik qo‘llanmalarning muallifi.
Moderator – masofaviy ta’lim negizida tashkil etilayotgan seminar, trening, davra suhbati va forumlarga boshchilik qiluvchi (boshqaruvchi) pedagog (u muloqot jarayonining to‘g‘ri tashkil etilishini ta’minlaydi, bildirilayotgan fikrlarni umumlashtiradi, zarur bo‘lganda ularni to‘g‘rilaydi, ta’lim oluvchilarning mustaqil fikrlash va ishlash qobiliyatlarini rivojlantiradi, bilish faoliyatlarini faollashtiradi).
Tyutor (lot. “tutorem”) – o‘quv kurslari uchun interfaol metodlarni tanlovchi, ma’ruza o‘qituvchisi bilan talaba o‘rtasida ta’limiy aloqani o‘rnatuvchi ustoz, murabbiy.
  • Edvayzer (fr. “avisen” – “o‘ylamoq”, “advisor” – “o‘ylovchi”) bitiruv malakaviy ishi, kurs loyihalarining ta’lim oluvchilar tomonidan individual, mustaqil bajarilishi vaqtida metodik yordam beradigan maslahatchi.
  • Fasilitator (lot. “facilis”, ingl. “facilitator” – yengil, qulay) – masofaviy ta’lim xizmatidan foydalanayotgan guruhlarning faoliyatini natijasini muammoning ilmiy yechimini topishga yo‘naltiruvchi, guruhlarda yuzaga keladigan muloqotni rivojlantiruvchi, shuningdek, guruhlar faoliyatini xolis, samarali baholovchi pedagog.
  • Invigilator – masofaviy ta’lim asosida tashkil etiladigan o‘qitish natijalarini nazorat qiluvchi mutaxassis-pedagog.

114
Yetakchi model
lar

Franchayzing


Birlamchi
model
Ikkilamchi
model
Aralash model
Konsortsium
Validatsiya
Uzoqlashtirilgan
auditoriyalar
Loyihalar
Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling