12-Mavzu: Menejment tizimidagi tashkilotlarning turlari Reja


Download 187.96 Kb.
bet11/12
Sana15.11.2023
Hajmi187.96 Kb.
#1776955
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Milliy kompaniya - bu noishlab chiqarish tarmoqlari, ijodiy jamoalar, tarnsport, aloqa va telekommunikatsiya korxonalari va tashkilotlarining paychilik yoki aktsionerlik asosida ko‘ngilli birlashmasidir.
O`zbekistondagi milliy kompaniyalar jumlasiga:

  • “O`zbekturizm” milliy kompaniyasi;

  • “O`zbekiston xavo yo‘llari” O`zbekiston milliy aviokompaniyasi;

  • “O`zbekkino” davlat-aktsionerlik milliy kompaniyalari va boshqalar kiradi.

Korxona - bu xar qanday iqtisodiy tizimda asosiy va birlamchi bo‘g‘in bo‘lib xisoblanadi. Korxona to‘g‘risidagi qonunda korxona yuridik shaxs xuquqlariga ega bo‘lgan xo‘jalik sub’ekti bo‘lib, o‘ziga tegishli yoki to‘liq xo‘jalik xisobidagi mulkdan foydalanish asosida maxsulot ishlab chiqaradi, sotadi yoki almashadi, ishlar bajaradi, xizmatlar ko‘rsatadi, deb ta’kidlangan.
Ular o‘z faoliyatlarini amaldagi qonunchilikka muvofiq ravishda o‘zaro raqobat va mulkchilikning barcha shakllari va ularning teng xuquqligi sharoitlarida amalga oshiradi.
Har bir ayrim korxona yuqori boshqaruv organlari tomonidangina emas, balki yana korxonaning o‘zidagi boshqaruvchi kichik tizim tomonidan xam boshqariladi. Korxonalar yakkaxokimlik tamoyili asosida va ayni zamonda ularning operativ-xo‘jalik jixatdan mustaqil ish ko‘rishi va tashabbus ko‘rsatishi asosida boshqariladi. Shu sababli:
Korxona boshqaruv tizimida shunchalik ijrochi sifatidagina emas, balki boshqaruvchi tizimning ishtirokchisi sifatida maydonga chiqadi.
Korxona - davlat vakili xisoblangan direktor (boshliq, boshqaruvchi) raxbarlik qiladi (13-ilova)
Firma - bu korxonadan farqli o‘laroq ishlab chiqarish va noishlab chchiqarish soxalarida turli-tuman tadbirkorlik faoliyatini bildiradi. Bunday nomni sanoat korxonasi davolash muassasi uchun xam, qurilish tresti va vositachilik tashkiloti uchun xam, savdo va konsullik faoliyati uchun xam, xodimlar tayyorlash va malakasini oshirish, sayyoxlik va boshqa tashkilotlar uchun xam nisbatan ishlatish mumkin.
Bozor munosabatlariga o‘tish jarayonida butunlay yangi tipdagi firmalar vujudga kelmoqda.



Download 187.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling