12-Mavzu: Menejment tizimidagi tashkilotlarning turlari Reja
Vazirlik birlashma korxona tsex uchastka
Download 187.96 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Boshqarish strukturasini belgilovchi omillar
Vazirlik birlashma korxona tsex uchastka
Boshqarish bosqichlari bir boshqarish bo‘g‘inining ikkinchisiga odatda qo‘yi bo‘g‘inning yuqori bo‘g‘inga izchillik bilan bo‘ysinishni ko‘rsatadi. Bu vertikal bo‘yicha bo‘linishdir. Barcha bo‘g‘in va bosqichlarning tarkibi va ularning o‘zaro bo‘ysinish tartibi, xar bir boshqaruv organi va bo‘g‘inning xuquq va burchlari, shuningdek ular o‘rtasidagi munosabatlar tartibi, axborot kabi boshqarishning tashkiliy unsurlari boshqarish tizimini tashkil qiladi. Boshqarish tizimini turli miqyoslarga bo‘lish mumkin: Chunonchi: butun xalq xo‘jaligini (tarmoqlarni va mamlakat tumanlarini) boshqarish; xar bir tarmoq va tumanlar tasarufidagi karxonalarni boshqarish; korxonalar ichidagi bo‘limlarni (tsexlar, uchastkalar va xokazolarni) boshqarish. O‘z navbatida, butun xalq xo‘jaligini boshqarish xam uni “tarmoq”, “birlashma” va “korxona” darajalaridagi ierarxik bosqichlar miqyosida amalga oshiriladi. Buni quyidagi sxema ko‘rinishda ifodalash mumkin. “Xalq xo‘jaligi tizimi” bir necha “tarmoq”lardan iborat kichik tizimga, u esa o‘z navbatida bir necha “birlashma”lardan iborat kichik tizimga bo‘linadi. “birlashma” xam bir necha “korxona”lardan tashkil topadi. Bu ierarxik tizimda karxona xalq xo‘jaligining birlamchi yachaykasi bo‘lib xisoblanadi. Miqyos jixatdan bu bo‘g‘inlarni quyidagicha ranjirlash mumkin: x/x > T > B > K
Boshqarish strukturasini guruxlash belgilari vositasida yaqqollashtirish mumkin. Quyidagi belgilar boshqarish strukturasini aniqlovchi belgilar bo‘lib xisoblanadi. Boshqarish strukturasini belgilovchi omillar
Ko‘rib turibmizki, boshqarish maqsadi, funktsiyalari va vazifalari boshqarish strukturasini aniqlovchi eng dastlabki belgilardan xisoblanadi. Shu o‘rinda shuni ta’kidlash lozimki, ko‘pgina xollarda yangi korxona yoki muassasalarni tuzish paytida avval boshqarish bosqichlari va bo‘g‘inlarining tarkibi, boshqarish apparati shtatlari belgilanadi, so‘ngra ular o‘rtasida funktsiyalar taqsimlanadi. Xolbuki, bu jarayon aksincha bo‘lishi kerak, ya’ni dastlab maqsadga binoan funktsiyalar soni aniqlanishi, shundan so‘ng boshqarish strukturasini tashkil etishga kirishish kerak. Masalan, agar funktsiya miqyosi uncha katta bo‘lmasa, u xolda mazkur korxonada biron - bir bo‘linmani tashkil qilishga yoki qo‘shimcha lavozimni kiritishga xojat bo‘lmaydi. Boshqarishning tashkiliy strukturasi boshqarish oldida turgan vazifalarni muvaffaqiyatli xal etishga yordam beradigan qilib tuzilishi kerak. Shu nuqtai nazardan bu struktura quyidagi talablarga javob berishi lozim: Download 187.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling