12-mavzu: Menejmentda qaror qabul qilish. Reja


Download 25.98 Kb.
Sana04.02.2023
Hajmi25.98 Kb.
#1157981
Bog'liq
12.1-Mavzu


12-mavzu: Menejmentda qaror qabul qilish.
Reja:
12.1.Boshqaruv qarorlarining moxiyati va ularning tasnifi.
12.2.Boshqaruv qarorlariga quyiladigan talablar.

12.1. Boshqaruv qarorlarining moxiyati va ularning tasnifi.
Boshqaruv faoliyatining samaradorligi ko’pincha qabul qilinayotgan qarorlarga bog’liq korxonadagi butun savol va muammolar zanjiri ularning aniq yechimi va boshqaruvchiga yuklangan, ishlab chiqarish, texnik, ijtimiy, iktisodiy, marketing va huquqiy vazifalar qarorlarni to’g’ri qabul qilish va o’z vaktida bajarilishiga bog’lik. Yechilayotgan muammolarning xammasi xarqanday boshqaruvchi tomonidan hisobga olinadi va bu narsa uning boshqaruv uslubida xamda butun boshqaruv jarayonida aks etadi.
Boshqaruv qarori - keng ma’noda jamiyatdagi moddiy va ma’naviy extiyojlarning real kondirilish imkoniyatlari bilan bir nuktada kesishuvi xalk xujaligidagi bir nuktada kesishuvi. Xalk xujaligidagi bu muammoning yechimi mavjud qonunlar, farmonlarning bizga bog’liq bulmagan konuniyatlarning bir-biriga muvofik kelishishidir. Boshqaruv qarori - shuningdek korxona oldida turgan maqsadlar va missiyasini amalga oshirish demakdir. Aynan shu jarayonda yuzlab, minglab insonlar o’z extiyojlarini qondiradi, mavqega ega buladi, xar tomonlama usadi va umuman jamiyat usadi.
Qarorlarni ishlab chiqarish va amalda kullash raxbarning keyingi faoliyatidagi siljishlariga bog’liq
Boshqaruv faoliyatining samaradorligi nuktai nazaridan qarorlar quyidagi turlarga bulinadi: strategik va operativ.
Strategik qaror - bu korxonaning faoliyati bilan bog’liq bo’lgan maksad va missiyalarning shakllanishi.
Operativ qarorlar -bu moxiyati buyicha xujalik boshqaruv qarorlaridir. Ular boshkariladigan obyektni o’zluksiz ishlash jarayonini qo’llab-quvvatlashi uchun joriy shaxsiy muammolar buyicha qabul kilinadi. Ya’ni, uning murakkab mexanizmini struktura va o’zaro alokalarni o’zgartirmasdan ushlab turishdir. Bu qarorlarni raxbar maxsus tayyorgarliksiz yetarlicha tez qabul kiladi. Bunday qarorlarga xodimlarni ishga olish va bushatish, ularning ish xaklarini o’zgarishi, korxonani kishga tayyorlash xakidagi va shu kabi xujjatlarni kiritish mumkin.
Xarakat doirasi buyicha boshqaruv qarorlarini iktisodiy, tashkiliy, ijtimoiy, texnik va texnologik qarorlarga bulish mumkin.
Qarorlar ta’sir qilish yunalishi buyicha tashki va ichki buladi. Tashki qarorlar boshka darajaga karatiladi, ichki qarorlar esa aloxida bulimlar yoki korxonani kamrab oladi.
Boshqaruv qarorlari funksional mazmuni buyicha iktisodiy, tashkiliy, koordinasion, rag’batlantiruvchi, boshqaruvchi va nazorat qarorlarga bulinadi.
Mexnat turi buyicha qarorlar standart va nostandart qarorlarga bulinadi. Standart, ba’zan dasturiy qarorlar - bu qarorlarning o’zini ishlab chikish va uni qabul qilish jarayonidagi qarorlardir. Dasturlash va uni qabul qilish jarayonidagi qarorlardir. Dasturlash mumkin bo’lgan qarorlar orasida shunday standart bosqichga yetdiki, ularni matematik model shaklida tasvirlash mumkin. Nostandart qarorlar - bu eng murakkab, asosiy qarorlar hal kilinadigan muammoga ijodiy yondashish uchun kengligi bilan ajralib turadi.
Shu tarika boshqaruv qarorlari inson faoliyatining xar qanday doirasida tashkiliy boshlanishi bulib xisoblanadi. Uning asosida qonunlar tasdiklanadi, moddiy-texnik, moliyaviy va mehnat resurslari ishlatishni rejalashtirish, ijrochilar va rahbarlar ma’suliyati oshiriladi va maqsadga yetishish yo’lida ularning o’rni belgilanadi.


12.2. Boshqaruv qarorlariga qo’yiladigan talablar.
Bozor munosabatlari mezonida boshqaruv qarori menejmentning bosh omili xisoblanadi, kaysiki unda korxona, tarmok tarakkiyotining butun iktisodiy va ijtimiy muammolari kesishadigan va bir joyda tuplanadi. Boshqaruv qarorlarining samarasiga bir kator omillar ta’sir kursatadi:

  • Raxbariyatning yoki guruxning shaxsiy sifatlari;

  • Qarorni ishlab chikishdagi sharoitning axborot ta’minoti;

  • Tashkiliy xarakter omillari (qarorni ishlab chikishda mutaxassislarni taklif qilish, usullar tizimi va qabul kilingan qarorni bajaruvchilarga yetkazish shakli, nazorat tizimi va x.k.);

  • Texnik omillar (EXM texnik vositalaridan foydalanish va x.k.);

  • Qarorni ishlab chikish, qabul qilish va amalga oshirishdagi vaktinchalik omillar.

Bundan kelib chikkan xolda boshqaruv qarorlariga asosiy talablar kuyidagilardir:

  1. Qabul kilinadigan qarorning demokratligi;

  2. Ilmiy asoslash;

  3. Aniq yunalganlik;

  4. Aniq yunaltirilganlik;

  5. Vakt buyicha kiskalik va konkretlik;

  6. Qarorni bajarish operativligi.

O’z-o’zini nazorat qilish uchun savollar:

  1. Boshqaruv qarorlari kanday kurinishlarga bulinadi?

  2. Tezkor va strategik qarorlar nima bilan farklanadi?

  3. Boshqaruv qarorlari samaradorligiga kanday omillar ta’sir etadi?

  4. Boshqaruv qarorlariga kanday talab kuyiladi?

  5. Boshqaruv qarorlarining ilmiy asoslanganligi deganda nimani tushunasiz?

  6. Qarorni bajarishning yakunlovchi bosqichi deganda nimani tushunasiz?

  7. Qarorning bajarilishini nazorat qilishdan kanday foydalaniladi?

Download 25.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling