12-mavzu: Metallarga tashqi va ichki tomondan metchik va plashk bilan rezba ochish


Download 210.81 Kb.
bet2/3
Sana23.03.2023
Hajmi210.81 Kb.
#1288160
1   2   3
Bog'liq
12-mavzu

P lashkali metchik o’zining kesuvchi konusining kattaligi bilan gayka metchiklaridan farqlanadi, u rezba kesish uchun ishlatiladi (264-rasm, d). Matokli metchiklar rezba-ni tozalash uchun qo’llaniladi. Ularning ariqchasi o’ng spiral-li bo’ladi (264-rasm, yo).
Arikchasiz metchiklar 0 10— 12 mm. li parron teshiklarga rezba kesish uchun ishlatiladi (265-rasm, a). Kesuvchi qismi-ning uzunligi oddiy mashina metchiklarinikidan farq qil-maydi. Bunday metchiklar boshqa metchiklarga Karaganda o’zining mustahkamlik xususiyati bilan aj-ralib turadi. Rezbali kismining uzunligi tufayli metchikni bir necha marta charxlab ishlatish mumkin. Rezba kesishda mexnat unumi yuqori darajada. Ammo berk teshiklarga bunday metchiklar bilan rezba kesib bo’lmaydi.
Kombinasiyalashtirilgan metchiklar ikki kismdan iborat bo’lib, birinchi qismi teshikka xomaki rezba kesish, ikkinchi qismi rez-baga uzil-kesil ishlov berish uchun mo’ljallangan (265-rasm, b).
Bir vaqgda ikkita operasiyani bajaradigan metchik-parma par-malovchi, rezba kesuvchi va quyruqkismlardan tuzilgan (265-rasm, v). Parron teshiklarga rezba kesishda qo’llaniladi. Bunday asbobda avval detal teshiladi, kesish yakunida rezba kesishni metchik qis-mida davom ettiriladi.
Vint arikchali metchiklar ariqchasining k^yalik burchagi 35° ga teng (265-rasm, g). Bu konstruktiv xususiyat spiral ariqcha bo’ylab kirindining osonlikcha chiqib ketishini ta’minlaydi. Vint ariq-chaly bitta metchik oddiy metchiklarning to’plamiga teng. Ular bilan yuqori tezlikda rezbalar kesish, cho’yan, jez, zanglamaydigan po’lat va boshqa materiallarga ishlov berishda mexnat unumdorligini qariyb 2—3 marta oshirish mumkin. Metchiklar instrumental U8, U12 va tezkesar R18 po’latdan yasaladi.
Bulardan tashqari, metchik-yoygich, zenker-yoygich-metchik kabi kom­binasiyalashtirilgan asboblar bir kirimda 2—3 operasiyani baja-radi, bu esa har bir operasiya uchun asbob almashtirishga ketadigan qo’shimcha vaqtni tejash imkonini beradi.
Parmadastalar. Qo’l bilan rezba kesishda kesuvchi asbobning quy-ruq kdsmidagi kvadrat-ga parmadastani kiydi-rib aylantiriladi. Sozlanmaydigan parma-dastalar 2 yoki 3 ta kvadrat teshikli bo’li-shi mumkin (266-rasm, a). Sozlanadiganlarida sozlanadigan teshik bo’ladi (b). Bundantash-qari, toresli turlari ham mavjud (v). Ular bilan nokulay joylash­gan teshiklarga rezba kesiladi.
Maxsus parmadasta chuqur va berk teshiklar­ga ishlov berishda ishlatiladi (266-rasm, g). U korpus, vtulka hamda prujinadan iborat. Korpus va vtulkaning ilashuvchi qiyshiq kulachoklari kuchlanish me’yoridan o’tganda ilashishdan chiqadi. Bu konstruktiv xususiyat met-chiklarni sinishdan sakdaydi.
Universal parmadastada qopqoq bilan yopilgan korpus ichida teshik o’lchamini o’zgartiradigan kvadrat mexanizm o’rnatilgan bo’lib, u vint bilan harakatga keltiriladi (267-rasm, a). Vintning rezbali qismi korpus ichida erkin joylashgan to’rtta kulachokning biri bilan bog’langan. Vintni burashda kulachoklardan biri suriladi. Kula chok tusha borib ikkinchisining kesilgan burchagini o’ngga buradi. O’z navbatida u to’rtinchi — chapga siljituvchi kulachokni ko’taradi. Shunday qilib, teshikning har to’rt tomoni bir xil o’lchamda qisqaradi. Kvadrat teshikning bunday sozlanishi parmadastaning teshigiga har xil metchik va yoygichlarni maxkamlash imkonini beradi.

U niversal parmadasta korpusidagi teshik plashkani vintlar bilan mahkamlash uchun mo’ljallangan. Bu moslamadan foydadanish plashka-lar bilan rezbalar kesishda sodir bo’ladigan nuqsonlarning oddi-ni oladi. 267-rasmda ko’rsatilgan parmadasta (b) qo’l yetmaydigan joylarga rezba kesishni osonlashtiradi. Bu yerda metchik korpusda (1) joylashgan to’rtta kulachok (2, 3, 5 va 6) bilan mahkamlanadi. Vint (4) aylanib kulachoklarni surishi natijasida kvadrat met-chikning o’lchamini o’zgartiradi. Korpusning uzaytirilgan kismi met-chikning obyektga nisbatan perpendikulyar vaziyagini ta’minlaydi.

Download 210.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling