12. mavzu. Modal tashuvlar: unimodal, multimodal va intermodal texnologiyalar (2 soat) Reja


Multimodal munosabatlarning afzal bo‘lgan tomonlari


Download 21.26 Kb.
bet3/3
Sana23.01.2023
Hajmi21.26 Kb.
#1110949
1   2   3
Bog'liq
12.-mavzu. Modal tashuvlar unimodal, multimodal va intermodal texnologiyalar (2 soat)

Multimodal munosabatlarning afzal bo‘lgan tomonlari to‘g‘risidagi masallar muhim ahamiyat kasb etadi. Davlat va alohida kompaniyalar ahamiyatiga ega bo‘lishi orasidagi qarama-qarshiliklarda milliy iqtisodiyot va xususiy sektorlardan olinadigan afzal tomonlarini ajratib ko‘rsatish maqsadga muvofiqdir.
Birinchi afzal tomoniga kiritish mumkin bo‘lgan guruhlar qatoriga kiradi:
• YOqilg‘i-energetik zaxiralarni tejash va unumli foydalanish. Garchi temir yo‘llar va ichki suv yo‘llarini ko‘pchiligi davlat qaramog‘ida bo‘lib, intermodal tashish ishlarini tashkil etishlarida ularni qo‘llash bo‘yicha hukumat o‘z ta’sirini ko‘rsatishi mumkin. Temir yo‘l va ichki suv transporti boshqa transportlarga qaraganda yoqilg‘ini sarf qilishda o‘tkazish qobiliyati yuqori, ayniqsa avtomobil transportida.
• Transport vositalari va milliy transport infratuzulmasidan foydalanishdagi eng yaxshi sharoitlarni yaratish, transport maqsadi ortidagi samara beruvchi o‘ta kuchli nazorat va transport texnologiyalarini qo‘llash.
• Milliy zaxiralarda istiqboli yuqori darajada bo‘lgan tarzda foydalanish ko‘zda tutilgan multimodal tashish tizimining eng kam nisbiy bahosi.
• Eksportning raqobatbardoshligini oshirishga ko‘maklashish, bu esa tashqi savdoni kengaytirish demakdir.
• Bojxona ishlarini engillashtirish, hujjatlarni rasmiylashtirish vaqtining kamaytirish va boshqa rasmiylashtirish ishlarini bajarish natijasida qonunchilik talabalari bojxona rasmiyatchiligi va hujjatlar doirasida ko‘pincha egillashadi.
• Amaldagi to‘lovlarning bir qismi mamlakatda oqlishi uchun shart-sharoitlar yaratish, bunda mahalliy sug‘urta kompaniyalari bajaradigan ishlarda ishtirok etish, sug‘urtaning qo‘shimcha haqlari hajmini kamaytirish.
• Mahalliy tashuvchilarga zarar keltiruvchi xorijiy mablag‘larning qarshiliklarsiz kirib kelishini oldini olish.
Ikkinchi shartli guruh quyidagi avzal tomonlarini qamrab oladi:
• Jo‘natuvchi uchun bitta tashuvchi bilan ishlashi uchun imkon yaratilishi, shu jumladan MTO, shu bilan birga oddiy transportirovkada yuzaga keluvchi bajariladigan murakkab ishlarni oldini olish takomillashgan xizmatlarni olish imkonini beradi. Oddiy tashishlarda jo‘natuvchilar tashish to‘g‘risida alohida shartnoma tzishadi va yuklarni transportlarga yuklashga jo‘natish joyidan chegarani kesib o‘tish punktigacha, so‘ngra belgilangan punktdan xorij punktigacha va keyin so‘nggi yo‘nalish manziligacha hujjatlarni tayyorlashadi. SHuningdek ular o‘zaro bog‘liq bo‘lgan har bir punktda yuklarni bir transportdan ikkinchisiga uzatish muammolarini hal etishlari zarur.
• YUklarni etkazib berish muddatini qisqartirish va tezligini oshirish, tashish jarayonida bo‘lgan yuk massa-og‘irligining narxini kamaytirish, to‘lovlar vositalarini tezlashtirish. Dengiz va er usti yoki havo transportlarini kombinatsiyalagan holda ko‘p MTOlar bitta transportga qaraganda tashishning eng kam davomiyligini ta’minlab beradi.
• Tashishda to‘xtalishlarni va ortiqcha yuklanishlarni kamaytirish yo‘li bilan transportlarga ortish samaradorligi oshiriladi, transport uskuna va vositalarini qo‘llashni yaxshilash multimodal tizim funksiyalashda nazorat ishonchliligiga asoslanadi, doimiy ravishda yukning turgan joyini yo‘l davomida kuzatib borish imkoniyati oshadi.
• Multimodal tashishlar konsepsiyasi narxlarga asoslangan savdodan oldingi shartnomalarni tuzish imkonini beruvchi ularga muvofiq bo‘lgan hujjatlarni va to‘g‘ridan-to‘g‘ri berilgan tarif stavkalarini ishlab chiqishga ko‘maklashadi, bunda xalqaro toifada amaliyot kodeksi va tashuvchining majburiyatlarini shakllantirib etkazib berish, ya’ni hujjatlarni shakli asosida bir xillashtirishda butun jabhalari bo‘ylab ishlashi uchun konteynerlarni xususiyati sifatida qabul qilinadi. Bu esa o‘z navbatida hujjatlarni engillashtiradi va uni tayyorlash bo‘yicha ish hajmini kamaytiradi, eksport jo‘natmalarini moliyalashtirish va sug‘urta qilishn i tashkillashtiruvchi avzal tomonlarini belgilab beradi. MTOni ichki punktda beruvchi MTSH jo‘natuvchiga bank bilan kelishib o‘zining eksporti to‘lovini amalga oshirish imkonini beradi.
• Minimal omborxona saxiralari va omborxona maydonlariga bo‘lgan talab, omborxona zaxiralari hajmini rejalashtirish uchun qulay sharoitlar yaratish.
• Transportdagi to‘xtalishlar hisobini soddalashtirish, ular nazoratini yaxshilash va jo‘natuvchi (qabul qiluvchi) tomonidan bajariladigan to‘lovlarning tez moslashuvchanligi, ushbu maqsad sari zamonaviy hisoblash texnikasini tadbiq etish. Eksporterlar etkazib berish narxlariga asoslanib ortish-tushirish va tashishdagi to‘xtalishlarni o‘z ichiga olgan bitimlarni tuzish imkoniyatiga ega bo‘lib, ham to‘lov balansi va ham raqobatbardoshligi bo‘yyicha qulay hisoblanadi.
• Ortish-tushirish portlari. yuk bekat (stansiya)lari va shu kabilarga karab qiymatlarni kamaytirish.
• Tara va qadoqlar uchun narxlarni pasaytirish, shuningdek tashish, ortish va yuklarni saqlash jarayonidagi yo‘qotishlarni kamaytirish, yuklarni va ularning mahsulot ko‘rinishini saqlanishini yaxshilash. Multimodal tashish tizimi bo‘yicha tashiladigan yuklar, ko‘pincha saqlangan yaxshi holatda etkazib beriladi, bu esa birinchi o‘rinda konteynerlardan keng ko‘lamda foydalanish bilan belgilanadi, garchi lokalizatsiya qilinmagan va zarar berkitilgan vaziflarda har vaqt ham hisobdan chiqarilmaydi.
• Transportlarga yuklash ishonchliligi oshirish, eng kam zarar xavfi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, ayniqsa yuk ortish-tushirish punktida yoki yuklarning turib qolishi, chunki bunda «eshikdan eshikgacha» multimodal tashishlar yagona bajariladiganish sifatida rejalashtiriladi va koordinatsiyalanadi. Oddiy tashishning o‘zi shunday xavf bilan bog‘liq bo‘ladi, bunda har bir tashuvchi faqat o‘zining uchastkasiga javobgar bo‘ladi.
• Da’vo-shikoyat qilingan vaqtlarda ularni engillashtirish va arzonlashtirish.

Nazorat savollari:

  1. Transport turlari soni bo‘yicha tashish turlari

  2. Multimodal xalqaro tashish transporti

  3. YUklarni multimodal tashish tizimini yaratish

  4. Multimodal tashishlarni ta’minlab beruvchi shaxs

  5. Tashish jarayonining uzluksizligi elementlari

  6. Multimodal munosabatlarning afzal bo‘lgan tomonlari

Download 21.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling