12-mavzu: nutq va adabiy meyor


Nutqning maqsadga muvofiqligi


Download 105.4 Kb.
bet8/16
Sana28.10.2023
Hajmi105.4 Kb.
#1732092
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bog'liq
12-mavzu nutq va adabiy meyor

Nutqning maqsadga muvofiqligi. Nutqning maqsadga muvofiqligi juda muhimdir. Nutq madaniyati adabiy til meyorlarini puxta egallash va ulardan nutqda tо‘liqfoydalanish demakdir.
Nutq madaniyati yuksak bо‘lgan kishi, birinchidan, о‘z nutqini tо‘g‘ri, adabiy til meyorlariga muvofiq tuzadi. Ikkinchidan, til vositalaridan eng muvofiq, eng zarurlarini tanlab olib, nutqning jozibali bо‘lishini ta’minlaydi. Shuningdek, nutqning ixchamligi, mazmundorligi ham katta ahamiyatga egadir.
Abulla Qahhor ta’kidlaganidek, «Kitobxonga bir fikrni yoki bir narsani tasavvur qildirish uchun kishini boshini qotirmaydigan, ochiq, ravon va sodda til kerak», «Surat oldirayotgan kishi suratga chiroyli va kelishib tushmoqqa behuda zо‘r berib, о‘zining tabiiy holatinn buzganday, yozuvchi chiroyli va qoyil qilib yozshpga zо‘r bersa, adabiy asar uchun zarur bо‘lgan tildagi soddalik, tabiiylik buziladi».
Nutq tо‘g‘ri, ammo, ayni vaqtda tushunilishi qiyin bо‘lishi mumkin. Nutq tо‘g‘ri, biroq nutq sо‘zlanayotgan sharoitga mos bо‘lmasligi mumkin. Shuning uchun ham atoqliо‘zbek shoir va yozuvchilari о‘z asarlarini qayta-qayta ishlaganlar. Bu borada A. Qodiriy, Oybek, A.Qahhor, S.Ahmad, A.Oripovlarni kо‘rsatib о‘tish joizdir. Yozuvchi S.Ahmadning aytishicha, A. Qahhor ba’zi hikoyalari matnini 27 martagacha qayta ishlagan.3
О‘zbekiston xalq yozuvchisi Mirmuhsin shunday yozadi: «Adib о‘zini tahrir qilishi, asarlarida haykaltaroshdek g‘adir-budur marmarni ishlab, jonli inson yaratishi kerak. F.Dostoyevskiyning «Aka-uka Karamazovlar» romani qulyozmasini kо‘rib, og‘zim ochilib qoldi. Shu darajada kun tahrir qilinganki, kuchiruvchi mashinachilarga juda qiyin bо‘lgan bо‘lsa kerak. Abdulla Qodiriy, Oybek qо‘lda yozgan, bir sidra oson yozilgan yaxshi asar yо‘q, har qanday zako va yetuklmk ham tahriru ter tо‘kishni taqozo etadi».
Kо‘rinadiki, yozuvchilar sо‘z va sо‘z birikmalarining birini boshqasi bilan almashtirganda, normaga mosligini emas, maqsadga qay darajada muvofiq kelishini kо‘zda tutadilar.
Nutq faolyayatida muallif о‘z oldiga qо‘ygan maqsadni eng aniq, eng tо‘g‘ri, eng yaxshi, eng ta’sirli, eng tushunarli qilib ifodalaydigan sо‘zlarni, sо‘zbirikmalarni, gaplarni, topishga, tanlashga intiladi. Bu vositalarni yaxlit qilib, «maqsadga muvofiqlik» deb belgilash mumkin. Sо‘zlovchining uyoki bu sо‘zning, uyoki bu sintaktik qurilma matnining maqsadga muvofiq tuzilganini sezishi, shunga muvofiq ish olib borishi lozim. Norma va maqsadga muvofiqlikning birgalikdagi harakati nutq madaniyatini mukammallashtirishdir.

Download 105.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling