12-mavzu: nutq va adabiy meyor


Download 105.4 Kb.
bet7/16
Sana28.10.2023
Hajmi105.4 Kb.
#1732092
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
12-mavzu nutq va adabiy meyor

Nutqning ta’sirchanligi.
Nutqning ta’sirchanligi deganda, asosan, og‘zaki nutqjarayoni nazarda tutiladi. Shunga kо‘ra nutqning tinglovchi tomonidan qabul qilinishidagi ruhiy vaziyat ham e’tiborga olinishi lozim. YA’ni, bunda notiq tinglovchilarni ularning bilim darajasidan tortib, hatto yoshigacha, nutqining qanday qabulqilayotganigacha nazorat qilishi zarurdir. Professional bilimga ega bо‘lgan kishilar oldida jо‘n, sodda tilda gapirish maqsadga muvofiqbо‘lmagani kabi, oddiy, yetarli darajada ma’lumotga ega bо‘lmagan tinglovchilar oldida ham ilmiy va rasmiy tilda gapirishga harakat qilish maqsadga muvofiq emas. Xullas, notiqdan vaziyatga qarab ish tutish talab qilinadi va ifodalamoqchi bо‘lgan fikrni tо‘laligicha tinglovchilarga tо‘liq yetkazishgaharakat qilish vazifa qilib belgilanadi. Xо‘sh, ta’sirchan nutq deganda qanday nutqni tushunmoq kerak? B.N.Golovin aytganidek, ta’sirchan nutq tnnglovchi va о‘quvchining e’tiborini va qiziqishinihisobga oladigan nutqdir.
Omma tushuna oladigan tilda gapirish, ularni ifodalanayotgan fikrga ishontira olish notiqlar oldiga qо‘yiladigan asosiy shartlardan hisoblanadi. Buning uchun esa, yuqorida aytilganidek, mavzuni yaxshi bilishdan tashqari, uni bayon etishning aniq belgilangan rejasi bо‘lishi kerak. Nutqdagi fikrlarni birinchi va ikkinchi darajali tarzda tuzib, ularni о‘zaro bog‘lab tinglovchilarni nutq rejasi bilan tanishtirish lozim. Vaqtni hisobga olish notiqlik fazilatlaridandir. Chunki sо‘zlash muddati oldin e’lon qilinib, shunga rioya qilinsa, iloji bо‘lsa, nutq sal oldinroq tugatilsa, ayni muddao bо‘ladi.
Sо‘zlovchining о‘z nutqiga munosabati ham muhimdir. Chunki shunday bо‘lgandagina quruq rasmiyatchilikdan voz kechiladi. Sо‘zlovchi va tinglovchi о‘rtasidagi aloqa mustahkamlanadi. Notiq fikrlarini о‘zi yoki tinglovchilar hayotidan olingan misollar asosida isbotlashga harakat qilsa, mavzuga doir subyektiv fikr mulohazalarini bildirsa, nutq yana ham ishonarli va ta’sirli bо‘ladi.
Nutqning ta’sirchanligiga erishishda tilning tasviriy vositalari hisoblangan metafora, metonimiya, sinekdoxa, о‘xtatish, epitet, takror va adabiy kо‘chimlarning ham roli kattadir. Bulardan tashqari nutqda ta’sirchanlikni ta’minlash uchun maqollardan matallar, hikmatli sо‘z va iboralardan, ayniqsa, frazeologizmlardan unumli foydalannsh zarur. Yozuvchi A.Qaqqor о‘z hikoyalarida epigraf sifatida berilgan maqollar orqali о‘quvchilar diqqatini darhol egalaydi. «Osmon yiroq - yer qattiq» («Bemor»), «Otning о‘limi - itning bayrami» («О‘g‘ri») va b.

Download 105.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling