Notiqlik mahorati quyidagi tuzilmaga ega:
*Ma’ruza mazminiga kerakli axborotlar, materiallarni tanlash;
Rejani tuzish , yig’ilgan materiallarni ma’lum mantiqiy ketma-ketlikda ajratish;
Nutqqa adabiy ishlov berish, mazmunini boyitish;
Ma’ruza matnini yodlash, eslab qolish;
Ma’lum ovozning balandligida mimika, hatti-harakatlar bilan nutqni so’zlash.
Ma’ruzaning sifati uning mantiqliliga va taqdimiga, nutqning boyligi va aniqliligiga va axborotni boyligiga bog’liqdir..
Notiqyo’l qo’yadigan ba’zi xatolar:
Nutqdagi turg’unlik – ko’p qo’llalinadigan, hech kim eshitmaydigan so’z va so’z iboralari;
Konselyarezm-muloqotning byurakratik uslubida qo’llaniladigan so’z va so’z iboralari;
Bachkanalik- adabiy bo’lmagan yoki mazmuni, harflar buzilgan so’z va so’z iboralari;
Jarg’on – jinoyat dunyosidan olingan so’z va so’z iboralari;
Ko’pso’zlik- o’zining fikrini mantiqan aniq va lo’nda ifoda eta olmaslik;
Parazit so’zlar «mana shu», «masalan», «аytaylik», «shunday qilib» va hokazo
Og’zaki nutqning o’ziga xos xususiyatlari:
Donolik- fikrlarning donoligi, o’tkir yoki kulguli so’z iboralarini tanlash va joyida qo’llash;
Yaxshi notiq diqqatini quyidagi amallarga qaratishi kerak :
Tinglash va eslab qolish qobilyati;
Mustaqil o’qish;
O’rganish;
Tadqiqotlarni olib borish;
Yig’ilgan materiallarni tahlil qilish va ajratish;
Suhbatni olib borish;
Savollarga javob berish;
O’zining fikrlarini yozma ravishda bayon qilish;
Nutq rejasini tuzganda quyidagilarga e’tibor berish kerak:
Tinglovchi uchun bu mavzu nega kerakligini aniqlash, maqsadni belgilash;
Mavzuni tinglash, аgar berilgan bo’lsa, uni tahlil qilish;
Mazmuni uchun foydali ma’lumotlar tanlash;
Asosiy nuqtalarni, mavzularni aniqlash;
Tanlangan materialni ajratish asosiylarni qoldirish;
Qiziqarli kirishni topish;
Xulosani tayyorlash;
Takrorlash va nutqni ko’rib chiqish;
Do'stlaringiz bilan baham: |