12-mavzu: nutq va adabiy meyor


Download 105.4 Kb.
bet9/16
Sana28.10.2023
Hajmi105.4 Kb.
#1732092
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Bog'liq
12-mavzu nutq va adabiy meyor

Nutqning aniqligi. - nutqning aniqligi sо‘zning о‘zi ifodalayotgan voqelikka mutlaqo mos va muvofiq kelishidir. Aniqlik nutqning muhim fazilatlaridan biri ekanligi qadimdan ma’lum. G‘arb mutafakkirlari ham, Sharq olimlari ham aniqlikni nutq sifatlarining birinchi sharti deb hisoblaganlar. Aristotel: «Agar nutq noaniq bо‘lsa, u maqsadga erishmaydi»,-degan, Kaykovus: «Ey farzand, sо‘zning yuz va orqa tomonini bilgil, ularga rioya qilgil, sо‘zlaganda ma’noli gapir, bu notiqlikning alomatidir. Agar gapirgan vaqtingda sо‘zning qanday ma’noga ega ekanligini bilmasang, qushga о‘xshaysan...», deydi.4 Yana «Shunday kishini notiq (suxangо‘y) deymizki, uning har sо‘zi xalqqa tushunarli bо‘lsin va xalqning har sо‘zi unga ham ma’lum bо‘lsin».
Aniqlik nutqning muhim xususiyati, fazilati sifatida fikrni yorqin ifodalash bilan, nutq predmetining ma’nosi bilan, nutqda ishlatilayotgan sо‘z ma’nolarini bilish bilan bog‘liq bо‘ladi. Agar notiq о‘zi fikr yuritmoqchi bо‘lgan nutqpredmetini yaxshi bilsa, unga xos sо‘zlar tanlasa va о‘zi tanlagan sо‘zlarning ma’nolariga mos vazifalar yuklasa, nutqning aniq bо‘lishi tayin. Demak, aniqlik nutqda sо‘z qо‘llash meyorlariga amal qilishdan iborat. Bu jihatdan aniqlik tо‘g‘rilikning boshqacha kо‘rinishi hisoblanadi. Ba’zan notiq о‘zi ishlatadigan sо‘zning ma’nosini bilishga uncha e’tibor bermaydi. Natijada sо‘zning ma’nosn nutqdan kо‘zda tutilgan maqsadga mos kelmaydi. Kо‘pincha bunga bir-biriga yaqin narsalarni anglatuvchi sо‘zlar sabab bо‘ladi. Masalan: Abdulla Qahhor yozuvchi Ma’ruf Hakimning «Qahramonning о‘limi» hikoyasini tahlil qilib, «Botir beliga qator beshta bomba qistirib...», «Qо‘liga bomba ushlagan holda kо‘chaga yugurdi» jumlalaridagi bomba sо‘zining notо‘g‘ri qо‘llanilayotganligini, yozuvchining bomba va granatani farqlamasligini tanqid qiladi.5
Aniqlik ikki xil bо‘ladi: narsaning aniqligi va tushunchaning aniqligi. Narsa aniqligi nutqda aks etgan mavjudlikning narsalar, hodisalar doirasi bilan nutqmazmunining munosabatida kо‘rinadi. Nutqda mavjudlikningnarsa va hodisalari tо‘g‘ri aks etishi uchun notik о‘zi sо‘zlayotgan narsalarni yaxshi bilgan bо‘lishi lozim.Nutq predmetini bilmaslik yoki chala bilish, shuningdek, ularni о‘rganishda loqaydlik qilish orqasida yuzaga kelgan noaniqlik yoqimsiz bо‘lib, tinglovchini ranjitadi. Masalan: «Na tashkilotchilik, na rahbarlik, na bilimdonlik qobilayati bо‘lmagan kishi birdaniga kimning nazariga tushdi?» (Gazetadan).6
Kо‘rinadiki, sо‘zlovchi na yuklamasining nutqdagi ma’nosi - ma bо‘lishsizlik qо‘shimchasi anglatgan ma’noga teng ekanligini unutgan. Odatda na inkor yuklamasi ishtirok etgan gaplarning kesimi bо‘lishli shaklda bо‘ladi.
Nutqning har tomonlama tо‘g‘ri bо‘lishi uchun narsa aniqligining о‘zi yetarli emas. Tushunchaviy aniqlik nutqmazmunining unda belgilangan tushunchalar tizimiga mos kelishini talab qiladi.
Shunday qilib, aniqlik nutqning aloqaviy fazilatlaridan biri bо‘lib, u moddiy borliq bilan nutqmazmunining mosligi sifatida yuzaga chiqadi.
Aniq nutq yaratish sо‘zlovchidai quyidagilarni talab etadi:
a)tilning sinonimik imkoniyatlarini bilish va sinonimik qatorlardan kerakligini ajratib, nutqda qо‘llash;
b)nutqda ishlatiladigan sо‘zning anglatgan ma’nolarini har tomonlama bilish;
v)sо‘zning kо‘p ma’noligiga jiddiy e’tibor berish, kо‘p ma’noli sо‘z nutqda qо‘llanganda uning qaysi ma’no qirrasi kо‘zda tutilayotganini aniq tasavvur qilish; fikrning yuzaga chiqishida bu sо‘zning boshqa ma’no qirralari monelik qilish-qilmasligini kо‘z oldiga keltirish;
g)omonimlarning xususiyatlarini bilish, chunkn ularni bilmaslik aniqlikning buzilishiga olib keladi;
d)paronimlarni bilish, ulardagi tovush yaqinliklariga e’tibor berish;
ye)tor muhitda ishlatiladigan, chetdan kirgan, kasb-hunarga oid, arxaik, eskirgan, dialektizm sо‘zlarning ma’nolarani yaxshi anglagan holda nutqqa kiritish.7

Download 105.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling