12-mavzu: nutq va adabiy meyor


Download 105.4 Kb.
bet10/16
Sana28.10.2023
Hajmi105.4 Kb.
#1732092
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
12-mavzu nutq va adabiy meyor

Nutqning mantiqiyligi.
Nutqning mantiqiyligi uning asosiy sifatlari bо‘lgan tо‘g‘rilik va aniqlik bilan chambarchas bog‘langadir. Chunki grammatik jihatdan tо‘g‘ri tuzilmagan nutqham, fikrnn ifodalash uchun muvaffaqiyatsiz tanlangan lug‘avyy birlik ham mantiqning buzilishiga olib kelishi tabiiydir. Mantiqiy izchillikning buzilishi tinglovchiva о‘quvchiga ifodalanayotgan fikrning tо‘liq yetib bormasligiga, ba’zan umuman anglashilmasligiga olib keladi.
Nutqni tuzishdagi e’tiborsizlik natijasida ba’zan mantiqsizlik yuz beradi. Quyidagi misolga e’tibor qiling «Ferma jonkuyarlari olti oylik davlatga sut sotish planlarini muddatdan oldin bajaradilar (Gazetadan). Gapda sо‘zlarning tartibi tо‘g‘ri bо‘lmaganligi, «olti oylik» birikmasining «sotish» sо‘zidan keyin kelmaganligi tufayli mantiqqa putur yetyapti, hatto xato fikr ifodalanayapti.8
Nutqda mantiqiylikka erishish uchun qо‘llangan sо‘zlar bilan ularning predmetlik ma’nolari mos bо‘lishi lozim. Boshqacha aytganda, har bir sо‘z nutqda qо‘llanganda, о‘ziga xos ma’nonigina ifodalashi zarur.
Mantiqiylikni predmet mantiqiyligi va tushuncha mantiqiyligi deb ikkiga ajratish mumknn. Predmet mantiqiyligi nutqdagi til birliklarining о‘zaro ichki munosabatlariningmosligadaniborat.Tushuncha mantiqiyligi mantiqiy fikr tuzilishidan hamda bu tuzilishning nutqdagi til belgilarning ma’noviy aloqalaridan iborat. Tushuncha mantiqiyligi alohida olingan matnda fikriy ketma-ketlik, mantiqiy izchillik bо‘lishini taqozo qiladi. Ammo, bu talabni nutqning hamma kо‘rinishlariga nisbatan qо‘llab bо‘lmaydi. Masalan: ilmiy va badiiy nutq uslublarida bu talabga qanday amal qilinishini kо‘rib chiqaylik. Ilmiy uslubda yozilgan asarlar yaxlit bir tuzilshiga ega. Unda kirish, asosiy qism va xulosa mavjud bо‘lib, ular yagona bir halqaga birlashadi. Matnda berilgan fikrlar qat’iy izchillikda bayonqilinadi.
Badiiy nutq tuzilishn esa bir oz boshqacha. Aytaylik, fikrlar bir maromda bayon etib kelinadiyu, birdaniga uzilish yuz beradi, ya’ni boshqa voqealar hikoya qilinadi.. Bu narsa gо‘yo mantiqiy izchillikka putur yetkazganday kо‘rinsa-da, aslida unday emas. Badiiy asarlarda, xususan, qissa, roman kabi janrlardagi keng qamrovlik tasvir qurilishini ana shunday tuzishni taqozo qiladi. Mantiqqa putur yetmaganligi bunday asarlarning oxirida ma’lum bо‘ladi
Xulosa shuki, nutqning mantiqiyligi deganda, ixlit bir sistema asosida tuzilgan, fikrlar rivoji izchil bо‘lgan, har bir sо‘z, ibora aniq; maqsadga mos holda ishlatiladigan nutqni tushunamiz.

Download 105.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling