12-mavzu: nutq va adabiy meyor
Download 105.4 Kb.
|
12-mavzu nutq va adabiy meyor
Nutqning tozaligi. Nutqning tozaligi deganda eng avvalo, uning adabiy tilning lisoniy normasiga muvofiqkelish-kelmasligi tushuniladi. Darhaqiqat, yaxshi, toza nutqhozirgi о‘zbek adabiy tili talablariga mos holda tuzilgan bо‘lishi, turli til, g‘ayriadabiy til elementlaridan holi bо‘lishi kerak.9 Nutqimizning sofligiga, asosan, quyidagilar halaqit beradi:
1. Mahalliy dialekt va shevalarga xos sо‘z, ibora, shuningdek, grammatik shakllar, sо‘z va sо‘z birikmalarining talaffuzi, urg‘usi. 2. О‘rinsiz qо‘llangan chet sо‘zva sо‘z birikmalari. 3. Jargonlar. 4. Vulgarizmlar. 5. Nutqda ortiqcha takrorlanadigan «parazit» sо‘zlar. 6. Kanselyarizmlar. Sanab о‘tilganlardan о‘rinsiz foydalanish kundalik nutqni ham, badiiy nutqni ham xiralashtiradi. Har bir sо‘zlovchi о‘z nutqining adabiy normalar darajasida bо‘lishi uchun harakat qilishi lozim.10 О‘z shevasiga xos bо‘lgan til vositalarini nutqqa о‘rinsiz olib kirish nutqni buzadi. Lekin dialektizm va varvarizmlar badiiy asar tilida ma’lum badiiy - estetik vazifani bajarishi, muallifning ma’lum g‘oyasini, niyatini amalga oshirishga xizmat qilishi ham mumkin. Muallifning milliy koloritni berish uchun, asar qahramonining qayerlik ekanligiga ishora qilish uchun dialektizm va varvarizmlarga murojaat qilishi hatto zarurdir.11 Masalan: «Yoshulli, siz buni emas, meni tinglang! Bu mang‘layi qoraning sherigi bor» (T.Malik). Ushbu misolda dialektizmlar territorial koloritni berishga xizmat qilayotgan bо‘lsa, quyidagi misolda varvarizmlar-chet sо‘zlar xarakter yaratishda yozuvchiga kо‘maklashgan. «Ishondim, о‘rtoq ginrol. Hammasi yest bо‘ladi. Uyda xaladiynada muzdagi bor, olib chiqaymi? Sizga tekin (T.Malik). Lahjaviy sо‘zlarning badiiy adabiyotda о‘rni bilan ishlatilishi faqatgina maqsadga muvofiq bо‘lib qolmasdan, adabiy tilimizning boyib borishiga, umumxalq tilidagi ayrim elementlarniig saqlanib qolishiga xizmat qilishi ham mumkin. Masalan: nutq nihol о‘tkazish haqida bо‘lganida adabiy tilda varianti yо‘q bо‘lgan «xancha» sо‘zi ishlatilsa va о‘z о‘rnida unga izohberilsa, о‘rinli bо‘lardi. Chunki bu sо‘z nihol о‘tkazish uchun kavlangan chuqurchaning nomibо‘lib, boshqa chuqurchalarga nisbatan ishlatilmaydi. Nutqda о‘rinsiz ishlatidgan boshqa tillarga oid sо‘zlar varvarizmlar deb ataladi. Ayrim kishilarnnng о‘z nutqini nazorat qilmasligi, «yoqimlii sо‘z qidirishda erinchoqlik qilisi, ruscha atamalarning о‘zbekcha shakllarini bilmasligi, ba’zi hollarda о‘zining ruschani ham bilishligini namoyish etishga intilishi natijasida varvarizmlar nutqqa kirib keladi: Ertalab zvonit qildim, bibliatekaga bordim kabi. Keyingi paytlarda nutqimizda mana shunday sо‘zlarning kо‘paygani juda achinarlidir. Ulardan qutulishning birdan-bir yо‘li ona tilini har tomonlama chuqur о‘rganish, unga hurmat bilan qarash, badiiy asarlarni kо‘p о‘qish, о‘qiganda notanish sо‘zlarning ma’nosiga e’tibor berish va boshqalar. Ayrim kasb egalarining, ayrim guruhlarning о‘z «tili» bо‘lib, ular bu «til» orqali sо‘zlashda boshqalardan ajralishga, ifodalanayotgan fikrlarini kishilardan bekitishga intiladilar. Bunday sо‘zlar jargon sо‘zlar deb ataladi. Masalan, novcha (aroq), qizil (vino) - ichuvchilar nutqiga xos. Vulgarizmlarga axloq normalariga tо‘g‘ri kelmaydigan: kishini sо‘kishda, haqoratlashda ishlatiladigan sо‘zlar kiradi. Ularni ishlatish sо‘zlovchining past madaniyatli, qо‘pol, johil kishi ekanlignai kо‘rsatadi. Badiiy adabiyotda ham ulardan foydalaniladi: -Uxlab о‘tiribsanmi, xunasa?! Ming marta chaqirishim kerakmi?! (T.Malik). Parazit sо‘zlar deb ataluvchi lug‘aviy birliklar ham til madaniyati uchun yotdi. Ular, asosan, sо‘lashuv nutqida kо‘pishlatilib, notiqlikning о‘z nutqini kuzatib bormasligi, e’tiborsizligi natijasida paydo bо‘ladi va bora-bora odatga aylanib qoladi. A.Qodiriy «Mehrobdan chayon» romanida buxorolik Sharifboy nutqida «pa’lanat» («padar la’nat»)ni parazit sо‘z sifatida ishlatib, uning nutqini individuallashtirgan. Sharifboy har gapida bu sо‘znn qо‘shib gapiradi. «Sharifboy yostiqdan burilib, yonidagi uchinchi yigitga qaradi: Pa’lanat, qachon kelgan ekan?» «Bunlan 365 kun muqaddam siz bilan biz о‘z hayotimizda qat’iy burilish yasab, zо‘r sinovlar sharoitiga bevosita qadam qо‘ydik...» (A.Qahhor). Gapdagi «365 kun muqaddam», «qat’iy burilish yasab», «zо‘r sinovlar sharoitiga bevosita qadam qо‘ydik» birliklar siyqasi chiqqan bо‘lib, ular ijtimoiy hodisalarni ifodalashga moslashgan, bu о‘rinda esa nobopdir. Download 105.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling