Avlodlar ajdodlar izidan


Download 12.62 Kb.
Sana03.12.2023
Hajmi12.62 Kb.
#1799612
Bog'liq
AVLODLAR AJDODL-WPS Office


AVLODLAR AJDODLAR IZIDAN.

Kirish. 1Xotira abadiy qadr muqaddas.


II Asosiy qism.
1 Oʻtmish bugun uchun asos- poydevor.
2 Ezgullikka yoʻgʻrilgan eʼtirof umr sohibi.
3 Qalblardan oʻchmagay porloq xotirangiz
III Xulosa.
Ajdodlarga munosib avlod boʻlaylik.
Xotira va qadrlash deganda biz,avvalo o’zimizni inson sifatida anglashni odamiylik fazilatlarimizni ulug’lashni nazarda tutamiz. Eng muhimini bu hayajonli va iztirobli o’zimizga keladigan yosh avlodni man shu ruxda tarbiyalashga, ular qalbida va iftixor tuyg’ularni uyg’otishga xizmat qiladi”
(Islom Karimov )
Kunlar kunlarni, yillar yillarni quvib, bu ko‘hna dunyo, shu sirli koinot yaralganidan beri aylangani-aylangan. Oqar yillar esa insonning umri boqiy emasligi ongimizda xotira degan tushunchani paydo qilgan bo‘lsa, ajab emas.
XOTIRA...
Xotira va qadrlash – xalqimizning asriy qadriyatlari, ulug‘ fazilatlaridan. El-yurtining tinchligi, osoyishtaligi, erki va ozodligi uchun kurashgan insonlar hamisha xalqimiz ardog‘idadir. Ana shunday mardlik va jasorat namunasini ko‘rsatganlarga, jang maydonlarida jonini fido qilgan bobolarimiz, sabr-bardosh bilan katta qiyinchiliklarni yengib o‘tgan nuroniy momolarimizni sharaflash, xotirasini abadiylashtirish, ularga g‘amxo‘rlik va e’tibor ko‘rsatish mustaqillik yillarida yangicha ma’no-mazmun bilan boyidi.
Bugun O’zbekiston inson ,uning hayoti ,erkinligi ,sha’ni ,qadr –qimmati ulug’lanadigan buyuk mustaqil davlatga aylandi Har yilgi an’anaga ko`ra osmoni hamisha beg`ubor va musaffo bo`lgan jonajon O`zbekistonimizda Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Vatan fidoiylari, mardlik va jasorat sohiblariga bo`lgan ehtirom Xotira maydonlarida boshlanadi..
Mustaqillik- mustaqil davlatning ichki va tashqi ishlarda boshqa davlatlarga qaram boʻlmay faoliyat koʻrsatishi. Mustaqillik insoniyatning azaldan orzu-umidi boʻlib kelgan . 1991- yil 31- avgust mamlakatimiz hayoti va taqdirida tub burilish yasagan tom maʼnodagi buyuk tarixiy voqea yuz berdi. Necha yillar davomida kelajakka katta umid va ishonch bilan qarab, hamisha sabr-matonat bilan yashagan xalqimiz ulugʻ orzusiga erishdi.Oʻzining mustaqilligini qoʻlga kiritdi. Birinchi Prezidentimiz atoqli davlat va siyosat arbobi Islom Abdugʻaniyevich Karimov OʻZBEKISTON Respublikasining davlat mustaqilligini eʼlon qildi. Shu kundan eʼtiboran jahon xaritasida yangi mustaqil va suveren davlat Oʻzbekiston Respublikasi paydo boʻldi . Jonajon Vatanimizning koʻp ming yillik tarixida yangi davr erkinlik va ozodlik, milliy tiklanish va taraqqiyot davri boshlandi. Biz bugun xalqimizning xohish-irodasi bilan tanlab olgan istiqlol yillarida bosib oʻtgan ogʻir va mashaqqatli, shu bilan birga, gʻoyat sharafli yoʻlimizni sarhisob qilar ekanmiz, tarixan qisqa davrda oʻz taqdirimizni oʻzimiz hal etish, jahon hamjamiyatida munosib oʻrin egallash, milliy davlatchiliigimizni, muqaddas dinimizni tiklash, inson huquqi va erkinligini taʼminlash borasida ulkan yutuqlarni va marralarni qoʻlga kiritganimizni faxr bilan tilga olamiz. Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimov Vatanimizni mustabid tuzum qaramligidan ozod qilib, halokat yoqasiga kelib qolgan yurtimizni qayta tikladi. Buyuk yurtboshimiz gʻoyat qaltis va ogʻir tahlikali bir vaziyatda ogʻir qiyinchiliklar va sinovlarga qaramasdan tarixan qisqa davrda Oʻzbekistonni jadal va barqaror surʼatlar bilan rivojlanib borayotgan zamonaviy davlatga aylantirdi.
.2016- yil 2 sentyabr oʻzbek xalqi boshiga ogʻir kulfat tushdi. 25 yil davomida ham otamiz ham onamizdek boʻlib qolgan rahnomamizdan judo boʻldik. Bu kutilmagan judolik esini endi tanigan goʻdakdan tutib barcha-barchani talvasaga solib qoʻydi. Necha kungacha shahar va qishloqlarda, korxona va tashkilotlarda, uy va xonadonlarda yigʻi ovozi eshitildi.3 kungacha televideniyeda eshittirilgan motam ovozi xalqimizning yuragidan chiqayotgan yigʻi va nidoning kuyidan olinganga oʻxshaydi. Xuddi hech kim rahnamosini abadiyatga bergisi kelmayotgandek...
Oʻzbekiston xalqining baxti bor ekanki, bizga shunday insonning Prezident boʻlishi nasib etdi.U insonning juda qisqa davrda qilgan ishlarini dunyo tan oldi. U kuchli siyosatchi ekanligini uning olib borgan islohotlari, yaratgan " Oʻzbek modeli ʼʼ dunyoning nufuzli tashkilot va muassasalarda oʻqib oʻrganilmoqda, koʻpgina davlatlar boshqaruv islohotlarida amalda qoʻllab kelmoqdalar. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov bizga vatanni sevishni oʻrgatdi. Chunki vatanni sevishni bilgan insongina mamlakatning rivojiga, taqdiriga jonini fido qilib, mamlakatni benuqson sanʼat darajasida boshqara oladi.
Men Islom Karimov timsolida mard, bukilmas iroda egasi va sodir boʻlayotgan favqulodda murakkab hodisalarning mohiyatini davlat manfaatlari nuqtai nazardan koʻra oladigan oʻz vatani va xalqi, har bir yurtdoshining taqdiri uchun alohida masʼuliyatni his eta oladigan haqiqiy rahbarni koʻraman desam mubolagʻa boʻlmaydi. Islom Karimov bir inson farzandi oʻz vatani uchun qila olishi mumkin boʻlgan barcha ishlarni amalga oshirdi, chinakam Qahramon boʻldi, deb bemalol ayta olaman.
Bu hayot abadiydir, jilgʻa soyiga yetdi,
Jannat barpo etgan zot jannatjoyiga ketdi.
Oʻzi bizga qaytargan daholarning yoniga
Buyuk Sohibqironning qurultoyiga ketdi.
Islom Karimov oʻzining serqirra siyosiy faoliyati, oliyjanob insoniy fazilatlari bilan Vatanimizning koʻp asrlik tarixida oʻchmas iz qoldirdi. Yurtboshimiz nafaqat Oʻzbekistonda balki jahon miqyosida katta hurmat va obroʻ-etiborga sazovor boʻlgan ulkan shaxs va arbob sifatida tanildi. U koʻp millatli Oʻzbekiston xalqining qalbidan chuqur joy olgan. B uyu k Prezidentimizning " Kecha kim edigu bugun kim boʻldik ʼʼ degan savoli asosida ularning mohiyati va ahamiyatini oʻzimizda chuqur tasavvur etamiz. Ayni vaqtda ertaga kim boʻlishimiz, qanday yangi marralarni egallashimiz kerak? ʼʼ degan savol ustida oʻylashimiz , nafaqat oʻylashimiz , balki amaliy ishlarimiz bilan bunga javob berishimiz kerak ʼʼ degan gaplari doim biz yoshlarga azmu shior boʻlib qoladi.
Birinchi Prezidentimiz har doim OʻZBEKISTONdagi barcha yosh avlod bu mening farzandlarimdir, ularning kelajakdagi har bir yutugʻi bu mening yutugʻimdir degan soʻzlarini qatya qayta takidlab oʻtganlar.
Bizning eng ulugʻ maqsadimiz eng ulugʻ gʻoyamiz shuki, Oʻzbekistonning bitta yoʻli bor: mustaqilligini mustahkamlab, istiqlol yoʻlida olgʻa yurish. Oʻzbekiston istiqbolini sobitqadamlik bilan barpo etdik deya taʼkidlagan edilar Birinchi Prezidentimiz Islom Abdugʻaniyevich Karimov.
Islom Karimovning saʼy-harakatlari evaziga dunyo siyosiy xaritasida yangi mustaqil davlat , yangi nom paydo boʻldi.Islom Karimov mintaqaviy va xalqaro miqyosida katta hurmatga sazovor boʻlgan shaxs edi. Islom Karimov mustaqil yurtimizni chorak asrlik boshqaruvi davrida xalqimizni har tomonlama mustaqil hayotni taʼminlay oldi, deb aytsak xato boʻlmaydi. Ayniqsa, biz yoshlarga berilayotgan eʼtibor samarasi oʻlaroq, barcha sohada yosh avlod vakillari oʻzlarining gʻoya va tashabbuslari bilan nafaqat yurtimizda, balki jahon miqyosida eʼtirofga sazovor boʻlishmoqda. Islom Karimov buyuk davlat yoʻlboshchisi boʻlibgina qolmasdan , chinakamiga xalq otasi, uning maslahatgoʻyi edi desak mubolagʻa boʻlmaydi. Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov tavalludining 84 yilligini nishonlash arafasida turgan ekanmiz barchamizning yuragimizni junbushga keltirmay qoʻymaydi. Yurt tayanchi, xalq panohi boʻlgan Islom Karimov endi oramizda yoʻq. Ammo aytgan soʻzlari har bir insonning , xalqning ayniqsa biz yoshlarning qon-qonimizga singib, doimo quloqlarimiz ostida jaranglab turadi. Ayniqsa Oʻzbekistonda yashayotgan million-million yoshlar mening farzandlarimdir degan gaolari yuragimning tub tubida hamon.
U insondagi soddalik, qalbi poklik, samimiylik mehr - muhabbat har doim yuzlarida namoyon boʻlardi. Islom Karimovning " Farzandlarimiz bizdan koʻra kuchli, bilimli dono va albatta baxtli boʻlishlari shart ʼʼ deb taʼkidlaganlari yoshlarga buyuk shijoat, kelajakka umid bagʻishlar edi. U inson jannatmakon Vatanimizni , buyuk tariximizni , avliyolar yotgan qadamjolarimizni , tilimiz, dinimiz jamiki Oʻzbekiston goʻzalligini dunyoga tanitgan jasorat sohibidir. Uning xalqqa ishonchi, vatanni eʼzozlashi, bizni mana shunday yorugʻ kunlarga , ozod va obod Vatanda yashash baxtiga yetkazdi. Men yurtimizning shunday birinchi yoʻlboshchisi boʻlganidan faxrlanaman. U insonning fidokorona xizmatlarini, vatanparvarligini qanchalik taʼriflamaylik , bu juda ham oz qalam-u kalom ojizdir. Prezidentimiz Islom Abdugʻaniyevich Karimov ruhlari doimo shod boʻlsin . Islom Karimov barhayot,u xalqning yurt farzandining yuragida,qalbida yashaydi. Buyuklar hech qachon oʻlmaydi ular qalblarda mangu yashaydi. Yaratgandan yana shuni tilaymanki, bobomizning qabri nurlarga toʻlsin, oxirati obod, joylari jannatning toʻrlarida boʻlsin.
Xulosa qilib aytganda Birinchi Prezidentimizning "Biz hech kimdan kam emasmiz,kam boʻlmaymiz ham ʼʼ degan soʻzlarini bugunga kelib qanchalik toʻgʻri ekanligini his qildik . U kishiga munisib farzand boʻlib boshlagan ishlarini davom ettirish, aytgan yoʻl yoʻriqlariga toʻla amal qilib, yurtimiz, vatanimiz uchun xizmat qilib, xalqimiz duosini olsak, buyuk bobomizning ruhi shod boʻladi. Bugungi yoshlarga qarab baralla aytaolaman biz shu paytgacha hech kimdan kam boʻlmaganmiz , kam boʻlmaymiz ham.
Albatta, hayotiy dunyoda yashab, o‘zidan ko‘plab yaxshiliklar qoldirgan, xalqning xizmatida kamarbasta bo‘lib, foniy dunyodan rihlat qilgan ajdodlarimizni eslashimiz ham barchamizga lozim vazifa hisoblanadi. Zero, ajdodlarimizga munosib avlod boʻlaylik,o‘tganlarni eslash va ularga istig‘for aytish, qabrlarini ziyorat qilish va ularning haqlariga duolar qilish hammamizning insoniy burchimizdir.

Elim deb yurtim deb yonib yashagin der edingiz


Xalqi uchun changallarda sarson boʻlgan sher edingiz
Yurtimiz farzandlarin mening farzandlrim deb
Amallari, soʻzlari qoldi meros Yurtboshimning
Porloq xotirasi doim qalbimizda Elboshimning
Buyuk yuksalishlar aro yashab kelmoqdamiz biz
Ozod va obod Vatanni qurib kelmoqdamiz biz,
Farovon turmush tarzini yaratishga imkonlar moʻl
Bahra olgin zamondoshim, atrofga boq shukrli boʻl
Amallari, soʻzlari qoldi meros Yurtboshimning
Porloq xotirasi doim qalbimizda
Elboshimning.
Inson qadri ulug‘langan, xotirasi sarbaland yurtda yashaymiz. Bugunimiz kechagi kundan yorug‘, ertamiz yanada fayzli, barakotli bo‘lishiga ishonchimiz komil. Navqiron avlod e’zozda, e’tiborda, yoshi ulug‘lar ehtiromda. Xalqimiz ozod, yurtimiz obod. Shunday aziz Vatanda yashamoqlik, uning buyuk kelajagi yo‘lida mehnat qilmoqlik beqiyos baxt.
Bugungi baxtli, farovon hayotimizga ko’z tegmasin. Zamon talablaridan ortda qolmay, jadal qadam tashlar ekanmiz, tarixni, o’tmishni unutmaylik. Zero, bu bizga tinchlik degan eng oliy ne’matni qadrlab yashashga undaydi. O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov iborasi bilan aytganda, tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. Biz o’tgan ajdodlarimiz ruhini shod aylab, xotirlab yashaylik. Ayniqsa, urush zahmatlarini tortib, azob- uqubatlarga duchor bo’lib, dunyodan ko’z yumganlarni xotiralarda, qalblarda mangu saqlaylik.
O’tayotgan har bir kunga shukrona qilib,
Do’st-u yoring diydorini g’animat bilib,
Eng oliy baxt- o’z yurtingda toleying kulib,
El kuniga yarasang gar hech bo’lmaysan xor,
Bu kunlarga yetganlar bor, yetmaganlar bor!
Download 12.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling