12-mavzu: nutq va adabiy meyor
Pedagog nutqiga qo’yiladigan talablar
Download 105.4 Kb.
|
12-mavzu nutq va adabiy meyor
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7 .Nutq madaniyati va pedagogik mahorat
6. Pedagog nutqiga qo’yiladigan talablar.O’quv jarayoni muloqotdan tashkil topadi. Pedagogik faoliyatda nutq tarbiyalash, ilm berish, yo’naltirish safarbar etish, namuna ko’rsatish vazifalarni bajaradi. 1 Adabiy tilning normalariga amal qilish 2 Nutq texnikasi ustida ish olib borish 3 Urg’ularni to’g’ri qo’yish 4 Fan kategoriyalarini aniq bilish 7 .Nutq madaniyati va pedagogik mahoratPedagog kasbi o’z mohiyatiga ko’ra o’ta individualdir. Mahorat- bu alohida qudrat. Pedagogik mahoratga yetishish pedagogning muayyan shaxshiy sifatlari bilan amalga oshadi. Nutq sо‘zlovchi yoki yozuvchi tomonidan shakllantirilgan matnning tashqi kо‘rinishi bо‘lib, u faqatpsha lisoniy hodisa sanalmasdan, balki ham ruhiyat, ham nafosat hodisasihisoblanadi. Shuning uchun ham yaxshi nutq deyilganda, aytilmoqchi bо‘lgan maqsadning tinglovchi yoki kitobxongatо‘liq yetib borishi, ularga ma’lum ta’sir о‘tkazishi nazarda tutiladi. Shunga kо‘ra nutq oldiga ma’lum talablar qо‘yiladi.Bu talablar nutqning kommunikativ sifatlari bо‘lib, undanutqning mantiqan tо‘g‘ri, aniq, chiroyli va maqsadga muvofiqbо‘lishi nazarda tutiladi. Nutqning tо‘g‘riligi. «Tо‘g‘rilik deganda,-deb yozadi V.G.Kostomarov-nutq madaniyatining zarur va birinchi sharti sifatida adabiy tilning ma’lum paytda qabul qilingan normasiga qatiy va aniq muvofik; kelishini, uning talaffuz, imloviy va grammatik normalarini egallashni tushunish lozim bо‘ladi».1 Nutqning tо‘g‘riligi uning eng muhim aloqaviy fazilatidir, Chunki nutq tо‘g‘ri bо‘lmasa, uning boshqa kommunikativ sifatlari, ya’ni mantiqiyligi, aniqligi, maqsadga muvofiqligiga ham putur yetadi. Nutq tо‘g‘ri bо‘lishi uchun, asosan, ikki meyorga - urg‘u vagrammatik normaga qattiq amal qilishni talab qiladi. Sо‘zlardagi urg‘uning kо‘chishi bilan ma’noning ham о‘zgarib ketishi mumkinligini esdan chiqarmaslik lozim. Masalan: olma sо‘zi. Bu sо‘zni alohida urg‘usiz olib qaraganda, uning qanday ma’noda qо‘llanilayotganini aniqlash qiyin. Faqat urg‘u undagi ma’noning aniqlanishiga kо‘maklashadi. YA’ni olma tarzida urg‘u birinchi bо‘g‘inga tushganda, harakat, olma kabi oxirgi bug‘inga tushganda esa mevaning bir turi ma’nosi anglashiladi. Tilimizda bunday sо‘zlar anchagina. Masalan, hozir-hozir, yangi-yangi, yigitcha-yigitcha, о‘quvchimiz-о‘quvchimiz sо‘zlarining ma’nosi ham faqatgina urg‘u yordamida oydinlashadi. Gap tarkibidagi ayrim olingan sо‘zga tushadigan urg‘u, ya’ni mantiqiy (logik) urg‘uning ham ma’noni farqlashda xizmati katta. Hamma tillarda ham qaysi ma’no alohida nazarda tutilayotgan bо‘lsa, shu ma’noni ifoda etayotgan sо‘z alohida urg‘u bilan talaffuz qilinadi. Masalan, Anvar xat yozdi gapida kim yozganligi, nima yozganligi yoki nima ish qilganligi nazarga olinib, bu gapdagi sо‘zlarning har uchalasidan biriga urg‘u tusha oladi. Bunday о‘rinlarda mantiqiy urg‘u ma’noni takidlash uchun kerak. Lekin shunday holatlar ham borki, bо‘g‘in urg‘usida bо‘lgani kabi mantiqiy urg‘uni ham tо‘g‘ri ishlata bilish kerak. Chunki bunda xatoga yо‘l qо‘yilsa, nazarda tutilgan ma’no anglashilmay qolishi mumkin. Demak, nutqni tо‘g‘ri ifodalash uchun ham sо‘z urg‘usining, ham mantiqiy urg‘uning tо‘g‘ri ishlatilishiga amal qilishimiz zarurdir. Grammatik normaga rioya qilish deganda, gap tuzish qoidalaridan tо‘g‘ri foydalanish, о‘zak vaqо‘shimchalarni qо‘shishda xatoga yо‘l qо‘ymaslik, kelishik qо‘shimchalarini о‘z о‘rnida qо‘llash, ega va kesimning mosligi, ikkinchi darajali bо‘laklarning ularga bog‘lanish qonuniyatlari tushunalali. Tilimizda morfologik, sintaktik chalkashliklar tez-tez uchrab turadi. Kо‘pchilik holatlarda kelishik qushimchalari farqlanmasdan ishlatiladi. Bu esa ba’zan mazmunda xatolikka olib kelishi mumkin: Umrini tog‘larda о‘tkazgan odamning tabiat tilini bilmaydi, deyish qiyin. («Qishloqhaqiqati»). Tilimizniig mohir bilimdoni A.Qahhor ham qaratqich va tushum kelishigining ba’zan farkdaimay shplatilishidan о‘zining «San’atkor» hikoyasida asar qahramonining savodsizligini fosh etishda ustalik bilan foydalanadi: Pojarniy «gugurtni yerga tashlamang», dedi. Rejissyorimiz esa «gugurtning yerga tashlamang», dedi.2 Xullas, ona tili xazinasidai kerakli grammatik shakllarni tanlash va ularni joy - joyida ishlatish, ya’ni nutqiing tо‘g‘ri tuzulishiga erishish nutq madaniyatiiing asosiy talablaridan biridir. Download 105.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling