12-mavzu: payvandlash materiallari
Uglerodli va kam legirlangan konstruksion po‘latlarni payvndlashga mo‘ljallangan elektrodlar
Download 70.59 Kb.
|
1 2
Bog'liq12-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elektrod toki Me’yoriy temperaturada mexanik xossalar (kamida)
- Diametri 3 mm li elektrodlar bilan bajarilgan payvand birikmaniki Vaqtinchalik qarshiligi, MPa
- Vaqtinchalik qarshiligi, MPa Egilish burchagi, a 0
- Elektrod markasi GOST 9466-75 va GOST 9467-75 bo‘yicha shartli belgisi ø
- Legirlangan issiqbardosh po‘latlarni payvandlash uchun mo‘ljallangan elektrodlar.
- Maxsus xossali ko‘p legirlangan po‘latlarni payvandlash uchun mo‘ljallangan elektrodlar
- Sirt qatlamlarga metall eritib yopishtirish uchun mo‘ljallangan elektrodlar.
- 12.4. Ko‘p legirlangan po‘latlarni payvandlash.
- Elektrodlar markasi Quyidagi diametrli elektrodlar bilan pastki vaziyatida payvandlash tok kuchi, A
12.3. Uglerodli va kam legirlangan konstruksion po‘latlarni payvndlashga mo‘ljallangan elektrodlar.
Odatdagi mustahkamlikdagi po‘latlar uchun E38, E42, E46, E50, E42A, E46A, E50A,E55 va E60 elektrodlari mo‘ljallangan mustahkamligi oshirilgan va yuqori mustahkamlikdagi po‘latlar uchun E70, E85, E110, E125, E150 elektrodlari mo‘ljallangan. Konstruksion po‘latlarni payvandlashga mo‘ljallangan elektrodlardan foydalanilganda me’yorlarga mos kelishi kerak. Qo‘lda payvandlashda ishlatiladigan elektrodlarning asosiy markalari va ularning xarakteristikasi 8-jadvalda keltirilgan. 12.2-jadval
Eslatma. E706, E85, E100, E125, E150 tipidagi elektrodlar uchun termik ishlov berilgandan keyingi mexanik xossalari elektrodning pasportiga muvofiq ko‘rsatilgan. 12.3-jadval
Legirlangan issiqbardosh po‘latlarni payvandlash uchun mo‘ljallangan elektrodlar. Bu po‘latlar GOST 9467-75 bo‘yicha to‘qqiz tipdagi elektrodlar bilan payvandlanadi, bu elektrodlar mexanik xossalari va kimyoviy tarkiblari bo‘yicha klassifikatsiyalanadi. E harfidan keyin turgan harflar eritib yopishtirilgan metaldagi legirlovchi elementning kafolatlangan miqdorini ko‘rsatadi. Issiqbardosh po‘latlarni payvandlash uchun mo‘ljallangan elektrodlarning markalari va xarakteristikalari 9.1 va 9.2 –jadvalda keltirilgan. Maxsus xossali ko‘p legirlangan po‘latlarni payvandlash uchun mo‘ljallangan elektrodlar (GOST 10052-75). Korroziyabardosh, olovbardosh va o‘tga chidamli ko‘p legirlangan martensitli, martensit-ferritli, ferritli, austenit- ferritli va austenit klassli po‘latlarni payvandlash uchun elektrodlarning 49 tipi mavjud (9.3-jadval). Sirt qatlamlarga metall eritib yopishtirish uchun mo‘ljallangan elektrodlar. GOST 10051-75 bu maqsad uchun qoplamali metall elektrodlarning 44 tipi belgilangan (10-jadval). Elektrod sterjenining kimyoviy tarkibiga va uning mexanik xossalariga katta ta’sir ko‘rsatadi. Elektrod sterjenining diametri elektrodni texnologik jihatdan ishlatish mumkinligini va payvandlash tokining yo‘l qo‘yiladigan qiymatlari diapazonini, binobarin, payvandlanadigan buyumni qizdirish temperaturasini payvandlash vannasining o‘lchamlarini hamda suyuq holida oquvchanligini belgilaydi. 12.4. Ko‘p legirlangan po‘latlarni payvandlash. Temir asosidagi, 5-55% miqdorida bitta yoki bir nechta elementlar bilan legirlangan po‘latlar ko‘p legirlangan po‘latlar deb ataladi. Ular legirlash sistemasi, strukturasi, xossalari va vazifasiga qarab klassifikatsiyalanadi. Ko‘p legirlangan po‘latlarni payvanlash uchun mo‘ljallangan elektrodlarning markalari va tiplari 9-jadvalda keltirilgan. Bu po‘latlarning mustahkamligi, qovushoqligi va plastikligi yuqori bo‘ladi. Payvandlashda ularning elektr o‘tkazuvchanligi va issiq o‘tkazuvchanligi kamligi hisobga olinishi zarur, bular ancha katta tob tashlashga (qiyshayishga) va kristallitlararo korroziyalanishga sabab bo‘ladi. SHuning uchun payvandlash rejimlariga rioya qilish ayniqsa muhimdir. Payvandlash ZIO-3, OZL-8,SL-11, ST-1 va boshqa elektrodlar bilan mis ostqo‘ymalardan foydalanilgan yoki choklarni suv yoxud siqilgan havo yordamida tez sovitishni qo‘llagan holda teskari qutblikdagi o‘zgarmas tokda bajariladi. Kuyindibardosh po‘latlar teskari qutblikdagi o‘zgarmas tokda SL-25, OZL-4, OZL-9A, GS-1, OZL-5 va ST-17 elektrodlari bilan payvandlanadi. Payvandlashdan keyin kuchlanishni yo‘qotish uchun po‘latlar termik ishlanadi (6500S da bo‘shatiladi). Tarkibida 4-14% xrom bo‘lgan 40X9S2, 15X5M, 10X5MF, 12X13 xromli po‘latlar martensit klassiga kiradi. Ulardan agressiv muhitida ishlaydigan mustahkamligi yuqori konstruksiyalar (neftni qayta ishlash sanoatining apparaturasi) tayyorlashda foydalaniladi. Tarkibidagi xrom miqdori 18-30% bo‘lgan 15X28, 15X18SYU po‘latlari ferrit klassiga kiradi. Ular yuqori temperaturalarda oksidlanishga yaxshi qarshilik ko‘rsatadi. Xromli po‘latlarni havoda chiniqib martensitli struktura hosil qilishga moyilligi va termik ta’sir zonasida donlarning o‘sishi bu po‘latlarni payvandlashdagi asosiy qiyinchiliklarni tashkil etadi. Xromli po‘latlarni payvandlashdan oldin ularni oldindan 200-4000S gacha qizdirib olish mumkin. Payvandlab bo‘lgandan keyin buyumni tinch havoda 150-2000 S gacha sovitilib so‘ngra yuqori temperaturada bo‘shatiladi: pechda 720-7500S gacha qizdirilib, metallning 1 mm qalinligiga 5 minut hisobida, biroq kamida 1 soat mobaynida tutib turilib, keyin tinch havoda sekin sovitiladi. Tarkibida 7-10% xrom bo‘lgan po‘latlar pechda metallning 1mm qalinligiga 10 minut hisobidan tutib turiladi. Payvandlash SL-17-63, UONI-13/85 elektrodlari bilan teskari qutblikdagi o‘zgarmas tokda bajariladi. Toblanish magnit yordamida tekshiriladi (toblangan po‘lat magnitlanmagan bo‘ladi). Ko‘p legirlangan po‘latlar va qotishmalar qo‘lda odatdagi konstruksion po‘latlardek payvandlanadi. SHu bilan birga bir qancha o‘ziga xos xususiyatlari bor, bulardan asosiysi: ko‘proq asos qoplamali elektrodlarning ishlatilishi; teskari qutblikdagi o‘zgarmas tokda, elektrodlarni ko‘ndalangiga tebratmasdan qisqa yoy bilan, nisbatan qisqa elektrodlar bilan kichik toklarda payvandlash. Ko‘p legirlangan po‘latlar va qotishmalarni austenit elektrodlar bilan payvandlash rejimi shunday hisob bilan belgilanadiki, bunda tok kuchining elektrod diametriga nisbatan 25-30A/mm dan oshmasligi kerak (9.4-jadval). Vertikal yoki ship vaziyatlarda austenit elektrodlar bilan payvandlash tok kuchi pastki vaziyatda payvandlashdagi shu parametrga nisbatan 10-30% kamaytiriladi. CHok metalida g‘ovakliklar hosil bo‘lishining oldini olish maqsadida elektrodlarni 1-1,5 soat mobaynida 250-4000S temperaturada toblab olinishi kerak. 12.4-jadval
Nazorat savollari Payvandlashda foydalaniladigan simlarning turlarini sanab bering. Payvandlash simlariga qanday talablar qo‘yiladi? Elektrodlarning qanday turlarini bilasiz? Elektrod qoplamalarning vazifasi nimadan iborat? Elektrodlarga qanday umumiy talablar qo‘yiladi? Ligerlangan po‘latlar qanday payvandlanadi? Download 70.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling