12-MAVZU: PROFESSIONAL YOZUV
Sinonimlar – yozillishi har xil, lekin, bir xil mazmunga ega bo’lgan so’zlar hisoblanadi. Professional yozuvchi sinonimlarni bir xillikdan qochish va o’quvchini asarga jalb qilish maqsadida qo’llaydi.
3-topshiriq. Quyida berilgan matndan sinonimlarni aniqlang va matn asosida jadvalni to’ldiring.
Royal Dutch kompaniyasi ko’lami bo’yicha eng yirik kompaniyalardan biri hisoblanadigan gidrokorbanat ishlab chiqaradigan korxonadir. Gigant kompaniya dunyo miqyosida 100 000 dan ortiq ishchi kuchini ish bilan ta’minlaydi.Ulardan 8000 tasi Angliya fuqarolarini tashkil qiladi.
So’z/ibora
|
Sinonimi
|
Yirik
|
gigant
|
yog’
|
|
Kompaniya
|
|
dunyo miqyosida
|
|
Insonlar
|
|
Ba’zida sinonimlar ma’no jihatidan aniq bo’lmasligi mumkin. Masalan, “korxona” so’zi uchun “firma” aniq sinonim bo’la oladi, lekin, “rahbar” so’zining o’rniga “boshqarucvhi” so’zi rasmiy ma’noda qo’llaniladi.
Ko’pchilik so’zlar uchun aniq sinonimni uchratish qiyin. (masalan, sanoat, madaniyat, iqtisod)
4-topshiriq.Quyida ajratib ko’rsatilgan so’zlarning sinonimlarini toping.
Professor Hik tadqiqotdagi topilmalar bo’yicha so’rovnoma olib bordi.
Statistika o’quvchilar soni proporsional oshib borayotganini ko’rsatdi.
Institutning taxmini bahs-munozaralarga sabab bo’ldi.
Narx - bu tizimga asosiy yetishmovchilik bo’lishi mumkin.
Ular birinchi tanlovda fikr jamlashlari kerak.
Leksiyadan so’ng u g’oyani aniqlashtirishga harakat qildi.
Uch muammoanaliz qilinishi kerak.
Korpus saqlanib qolinishi mumkin, ammo, maqsad o’zgartirilishi kerak.
Yog’ ishlab chiqaruvchilar maqsadi: mahsulot hajmini kamaytirish va jahonda narxlarni oshirish.
Kichik oilalarning ko’rsatkichi oxirgi o’n yillik ichida tezkor ravishda ko’tarildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |