12-mavzu. Qimmatli qog„ozlar bo„yicha operatsiyalar hisobi reja


Qimmatli qog„ozlari bilan investitsiyaviy vositachilik operatsiyalari


Download 215.29 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana18.06.2023
Hajmi215.29 Kb.
#1556707
1   2   3   4
Bog'liq
12-mavzu

3. Qimmatli qog„ozlari bilan investitsiyaviy vositachilik operatsiyalari 
hisobi. 
Banklar mijozlar bilan tuzilgan vositachilik yoki topshiriq shartnomalari 
asosida qimmatli qog‗ozlar oldi-sotdisi bo‗yicha operatsiyalarni bajarishi mumkin. 
Qimmatli qog‗ozlarni sotib olish uchun mijozlar tomonidan o‗tkazilgan pul 
mablag‗lari hamda vositachilik va topshiriq shartnomalari bo‗yicha mijozlarning 
qimmatli qog‗ozlarini sotishdan olingan pul mablag‗larining hisobi 22608 - 
―Mijozlarning qimmatli qog‗ozlar bilan bo‗ladigan operatsiyalar bo‗yicha 
mablag‗lari‖ balans hisobvarag‗ining ―Qimmatli qog‗ozlar bilan brokerlik 
operatsiyalari bo‗yicha mijozlar mablag‗lari‖ alohida hisobvarag‗ida yuritiladi. 
Soti
sh uchun yoki mijoz topshirig‗iga asosan sotib olingan qimmatli qog‗ozlar 
93616 - 
―Davlatning shartli tarzda saqlanayotgan qimmatli qog‗ozlari‖ va 93623 - 
―Saqlanayotgan xususiy qimmatli qog‗ozlar/tijorat hujjatlari‖ ko‗zda tutilmagan 
holatlar hisobvaraqla
rida nominal qiymat bo‗yicha hisobga olinadi: 
Debet 
93616 - 
―Davlatning shartli tarzda saqlanayotgan qimmatli qog‗ozlari‖
yoki 
93623 - 
―Saqlanayotgan xususiy qimmatli qog‗ozlar/tijorat hujjatlari‖ 
Kredit 
96379 - 
―Saqlanayotgan qimmatli qog‗ozlar va boshqa qimmatbaho 
buyumlar bo‗yicha kontr-hisobvaraq‖. 
Mijozlarning topshirig‗iga ko‗ra sotish uchun olingan qimmatli qog‗ozlar 
sotilmaganda, ularni mijozlarga qaytarilganda, shuningdek, mijozlarga ularning 
topshirig‗i bo‗yicha sotib olingan qimmatli qog‗ozlarni topshirishda qimmatli 
qog‗ozlarning nominal qiymatiga quyidagi buxgalteriya o‗tkazmasi amalga 
oshiriladi:
Debet 
96379 - 
―Saqlanayotgan qimmatli qog‗ozlar va boshqa qimmatbaho 
buyu
mlar bo‗yicha kontr-hisobvaraq‖ 
Kredit 
93616 - 
―Davlatning shartli tarzda saqlanayotgan qimmatli qog‗ozlari‖ 
yoki 
93623 - 
―Saqlanayotgan xususiy qimmatli qog‗ozlar/tijorat hujjatlari‖. 


142 
Banklar tomonidan vositachilik operatsiyalarini bajarishdan olingan 
daromadlar 45209 
– ―Qimmatli qog‗ozlar bilan amalga oshirilgan investitsiyaviy 
vositachilik operatsiyalari bo‗yicha daromadlar‖ hisobvarag‗ining kreditida 
hisobga olinadi.

Download 215.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling