12-маvzu: raqobatning turli sharoitlarida ish haqqining shakillanishi reja


Bajarilgan ishga qarab haq to’lash


Download 312.25 Kb.
bet13/19
Sana18.12.2022
Hajmi312.25 Kb.
#1028739
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19
Bog'liq
12-МАVZU RAQOBATNING TURLI SHAROITLARIDA ISH HAQQINING SHAKILLANISHI

Bajarilgan ishga qarab haq to’lash Biz bu bo’limda muhokama qilib o’tgan ish haqlami belgilanishi modellari ishchiga to’lanadigan ish haqi doim u bajarayotgan har bir soatlik ish uchun, aytaylik, $15 ni tashkil etishini tahmin etadi. Ammo, ish haqi to’lash tartiblari odatda tarkibiy va maqsadli holatdagidan ham murakkabroqdir. Misol qilib aytagian bo’lsak, ko’p ishchilar saotbay to’lanadiganish haqidan ko’ra ko’proq yillik ish haqlari oladilar. Shu bilan birgalikda, ishchilar o’z ish haqlarining ma’lum qismi sifatida turli ko’rinishdagi ish haqidan tashqari to’lanadigan imiyozlami (tibbiy sug’urtalar, hayotni su’gurta qilish, pullik ta’tillar, pullik kasallik ta’tillari va shu kabilar) ham qabul qiladilar. Nihoyat, ba’zi mehnatga haq to’lash tartiblari ishchilardan ularni ish faoliyatidagi kutilgan samarani olishga yo’naltirilgan. Mehnatga haq to’lashning ohirgi tartibi kengroq aniqlikni talab etadi. Korxonalar va ishchilar umumiy bir manfaat yo’lida faoliyat ko’rsatadi: ularning ikkalasi ham korxonani saqlab qolinishi va rivojlanishini xohlaydi. Bu korxonaga foyda keltirsa, ishchilarni uchun esa davomiy ish haqi va bandlik bilan ta’minlaydi. Ammo, korxona va ishchilar manfaatlari bir hil ko’rinishda emas. Qachonki bu manfaatlarbir-biridan ajralsa, printsipal-agent muammosi yugaza keladi. Ishchilar kelishib olingan muddatdan kamroq ishlash, ruxsatsiz ish ta'tillari olish kabi ishlashdan bo'yin tovlash holatlari orqali o'z daromadlarini oshrishni ko'zlashlari mumkin. Ular, shuningdek, daromatlarini qisqartirmagan holatda to'lanadigan ish soatlari davomida ta'tillar olish orqali o'z ham ko'proq foydaga erishishni ko'zlashlari mumkin. Mahsulot omboridagi tungi qorovullarda o'ziga belgilangan topshiriqni bajarmay vaqtini kitobo'qish bilan o'tkazsa yoki ishda barvaqtroq jo'nab ketish holatlari kuzatilishi mumkin. Baz'an aniq miqdordagi iah haqi tayinlangan boshqaruvchilar kompaniya ishlari bilan shug'ullanmay vaqtini o'rtoqlari bilan o'tkazishi mumkin.
Korxonalar (printsipallar) bundan ishga panja ostidan qarash hollariga Chek qo'yish yoki bartaraf etish uchun foydali usullardan foydalanadi. Ulardan biri ishchilarni doimiy kuzatib borish, ammo ishchilarni doimiy kuzatib borish murakkab va ma'lum miqdordagi harajatni talab etadigan ishdir. Qorovulni ishini nazorat qilish uchun yana boshqa ishchini yollash esa mahsulot saqlanadigan omborni qo'riqlash uchun sarflanadigan harajatni ko'paytirib yuborishi mumkin. Printsipal-agent muammosini hal etishni yana bitta usuli mehnatga haq to'lashning rag'batlantiruvchi tizimi bo'lib, ishchini imkoniyatlaridan yana ko'proq foydalanishini ta'minlaydi. Mehnatga haq to'lashda bunday rag'batlantirish tartibi quyidagilarni o'z ichiga oladi: vositachilik badallari, mualliflik gonorarlari, mukofotlar, aksiya optsiyonlari va foydani baham ko'rish va yuqori miqdordagi ish haqlari ko'rinishida bo'lishimumkin.

Download 312.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling