12-mavzu: soliq va soliq siyosati


Download 21.38 Kb.
bet4/7
Sana08.05.2023
Hajmi21.38 Kb.
#1445272
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
soliq

Soliqqa tortish bazasi - qiymatdagi, fizik yoki boshqa xususiyatlarga ega bo‘lgan soliqqa tortish obyektining miqdorini bildiradi.
Soliq stavkasi - soliqqa tortish bazasining bir birligiga to‘g‘ri keladigan soliq miqdorini bildiradi. Soliq stavkasi soliqqa tortish bazasining bir birligiga nisbatan foizlarda, eng kam ish haqiga nisbatan yoki mutlaq summalarda belgilanadi. Soliq imtiyozlari – soliq to‘lovchilarni soliqlarni to‘lashdan to‘la yoki qisman ozod etishdir. Soliq imtiyozlari qatoriga chiqarish, chegirma va soliq krediti kiradi: 1.Chiqarish – soliqqa tortishning ayrim obyektlarini soliqqa tortishdan chiqarib tashlashga qaratilgan imtiyozdir.

  1. Chegirmalar - soliqqa tortish bazasini qisqartirishga qaratilgan imtiyozdir.

Soliq krediti – soliqlarning to‘lov muddatlarini kechiktirishga qaratilgan imtiyozdir.

  1. Soliq davri – ayrim soliq turlari va majburiy to‘lovlar uchun belgilangan davr bo‘lib, bu vaqt tugagach soliqqa tortish bazasi aniqlanadi va budjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar hisoblab chiqiladi. Hisobot davri - ayrim soliq turlari va majburiy to‘lovlar uchun belgilangan soliq inspeksiyasiga hisobot topshirish davridir.

Soliq majburiyati – soliq qonunchiligiga muvofiq soliq to‘lovchining davlat ldidagi majburiyati bo‘lib, unga muvofiq soliq to‘lovchi soliq inspeksiyasida hisobga turishi, soliqqa tortish obyektini va soliqqa tortish bilan bog‘liq bo‘lgan obyektlarni aniqlashi, budjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblab chiqarishi, hisobotlar tuzishi va belgilangan muddatlarda soliq inspeksiyasiga topshirishi lozim.
Soliq yuki – barcha soliqlar, yig‘imlar va boshqa majburiy to‘lovlar yig‘indisining yalpi milliy daromadga nisbatidir, bitta soliq to‘lovchi miqyosida esa to‘langan barcha soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar yig‘indisining yalpi daromadga nisbatidir. Soliq mexanizmi va soliq imtiyozlari
Soliq mexanizmi tushunchasi soliq turlarini, elementlari va tashkil etish usullarini, soliq qonunchiligini, soliqlarning hisoblanishi va budjetga to‘lanishi ustidan davlat nazorati olib borilishini o‘z ichiga oladi. Boshqacha qilib aytganda, soliq mexanizmi soliq tizimini, soliqlarning tashkiliy tizimini, soliq organlarining xizmat tizimini va soliq
sohasidagi barcha hujjatlarni o‘z ichiga oladi.

Download 21.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling