12-mavzu: soliq va soliq siyosati
Download 21.38 Kb.
|
soliq
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanchi boralar
12-MAVZU: SOLIQ VA SOLIQ SIYOSATI. Soliq siyosatining strategiyasi va taktikasi O‘zbekiston Respublikasining soliq tizimi va uning tarkibi 3.Soliqel elentlari O‘zbekiston iqtisodiyotining rivojlanishi va unda kichik biznes va tadbirkorlikning roli O‘zbekiston Respublikasining soliq tizimi va uning tarkibi Tayanchi boralar: soliq siyosati, strategiya,taktika, tadbirkorlikning roli, soliq elementlari,soliqqatortish,undirish xarajatlarini, to‘lash va nazorat qilish tamoyillari, shakllari va usullari yig‘indisi. Soliq siyosatining strategiyasi va taktikasiSoliq siyosatining samaradorligini oshirish uchun uning strategiyasi va taktikasini ishlab chiqish lozim. Soliq siyosatining strategiyasi – bu davlatning soliqlar va soliqqa tortish sohasidagi uzoq muddatlarga mo‘ljallangan tadbirlari majmuasidir. Soliq strategiyasi 5, 10, 15 va undan ko‘proq muddatlarga mo‘ljallangan konsepsiyalar ko‘rinishida ishlab chiqiladi. Soliq konsepsiyalari asosida soliq strategiyasi, ya’ni barcha yo‘nalishlardagi konsepsiyalarni o‘z ichiga oluvchi yagona soliq strategiyasi ishlab chiqiladi va u ko‘p yillar davomida o‘zgarmaydi. Soliq siyosatining taktikasi – bu davlatning soliq siyosatining strategiyasini qisqa muddatlar (yil, yil choragi)da amaliyotga kiritish bo‘yicha tadbirlari majmuasidir. Odatda bu tadbirlar soliqlar bo‘yicha qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqish va kerak bo‘lganda ularga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishdan iborat bo‘ladi. Soliq siyosatining taktikasi mamlakat iqtisodiyotining rivojlanish darajasiga qarab o‘zgarishi mumkin, masalan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida. Agar O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatiga nazar tashlasak, mustaqillik yillarida soliq siyosati soliq tushumlari tarkibida egri soliqlar ulushining uzluksiz o‘sib borishiga qaratilganini ko‘rish mumkin. Masalan, 1991 - yilda ularning ulushi hammasi bo‘lib 0,7 foizni tashkil etgan bo‘lsa, hozirga kelib ularning ulushi 50 foizga yaqinlashdi. O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini faollashtirish uchun quyidagi masalalarga diqqatni qaratish lozim: o‘tgan davrlardagi xatolarni qaytarmaslik uchun, soliqlar va soliqqa tortish tarixini chuqur o‘rganish lozim; soliqqa tortish va undirish xarajatlarini uzluksiz ravishda pasaytirib borish; soliq to‘lovchilar va soliqchilar tomonidan soliqlarni o‘z vaqtida va to‘g‘ri hisoblashlari uchun soliqqa tortish obyekti aniq, sodda, yengil va tushunarli bo‘lishi lozim; soliqqa tortishning soddalashtirilgan tizimiga o‘tkazilgan kichik biznes subyektlarining ulushini uzluksiz o‘stirib borish; uzluksiz ravishda yangi ilg‘or soliq tizimlarini ishlab chiqish va soliq amaliyotiga tatbiq etib borish. O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini uzluksiz takomillashtirish, uzluksiz ravishda yangi ilg‘or soliq tizimlarini ishlab chiqish va soliq amaliyotiga tatbiq etib borish - mamlakat iqtisodiyotini mo‘tadillashtirishga, xalq farovonligini oshirishga imkon yaratadi. Bu esa hozirgi jahon moliyaviy inqirozi sharoitida muhim ahamiyat kasb etadi. Download 21.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling