12-mavzu: soliq va soliq siyosati
Download 21.38 Kb.
|
soliq
Soliq elementlariSoliqlar deganda, Soliq kodeksi tomonidan belgilab berilgan budjetga aniq miqdorlarda, doimiy ravishda undirib olinadigan, qaytarib va to‘lab berilmaydigan majburiy pul to‘lovlari tushuniladi. Soliqlardan tashqari Soliq kodeksi tomonidan belgilab berilgan to‘lanishi majburiy bo‘lgan boshqa majburiy to‘lovlar, ya’ni davlatning budjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalariga ajratmalar, bojxona to‘lovlari, davlat bojlari va yig‘imlar ham mavjud. Soliqlar - ijtimoiy mahsulotning ulardan to‘lovchilar hech qanday manfaat olmaydigan davlat foydasiga majburiy ravishda o‘tkaziladigan ijtimoiy mahsulotning bir qismidir. Qonunchilikda va soliq amaliyotida soliqlardan tashqari “yig‘im” atamasi ham mavjuddir. Yig‘imlar - davlat tomonidan uni to‘lovchilarga qatnashish, nimadandir foydalanish, u yoki bu faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘lishlari uchun davlat organlariga to‘lanadigan to‘lovni bildiradi. Soliqlar va yig‘imlar – majburiy to‘lovlardir. Ularni to‘liq va to‘la to‘lashlariga soliq to‘lovchilar javobgar etib tayinlanganligiga qaramasdan, soliqlar va yig‘imlar ixtiyoriy ravishda emas, balki majburiy ravishda to‘lanadi va davlat ularni to‘lashdan bo‘yin tovlovchilarni qattiq jazolaydi. Soliqlar orqali ilgaridan qonuniy ravishda belgilab qo‘yilgan miqdorlarda daromad oluvchilar daromadining bir qismi davlat foydasiga undiriladi. Soliq turlari orasida katta farqlar borligiga qaramasdan, ular asosida ularga xos bo‘lgan bir xil tuzuvchilar, ya’ni elementlar yotadi. Asosiy soliq elementlari qatoriga quyidagilar kiritilgan: -soliq subyektlari; -soliqqa tortish obyekti va soliqqa tortish bazasi; -soliq stavkasi va soliq imtiyozlari; -soliq davrva hisobot davri; -soliq majburiyati va soliq yuki. Soliq subyektlari – zimmasiga soliqlar va yig‘imlarni to‘lash yuklatilgan yuridik va jismoniy shaxslardir. Soliqqa tortish obyekti – soliq to‘lovchida soliq majburiyati paydo qiladigan mulki va harakatlaridir. Download 21.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling