12-mavzu: soliq va soliq siyosati


O‘zbekiston iqtisodiyotining rivojlanishi va unda kichik biznes va tadbirkorlikning roli


Download 21.38 Kb.
bet6/7
Sana08.05.2023
Hajmi21.38 Kb.
#1445272
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
soliq

O‘zbekiston iqtisodiyotining rivojlanishi va unda kichik biznes va tadbirkorlikning roli


O‘zbekistonning mustaqillikka erishishi o‘zbek xalqining asriy orzularining amalga oshishiga va mamlakatimizning yuksalishiga, iqtisodiyotimizning kompleks rivojlanishiga, uning tarkibini kengaytirishga va takomillashtirishga, xalq farovonligini oshirishga va aholining erkin, farovon hayot kechirishiga keng imkoniyatlar yaratdi. Ma’lumki, sobiq SSSR da umumittifoq mehnat taqsimoti ta’sirida har bir iqtisodiy rayon va har bir ittifoqdosh respublika ma’lum bir kompleksga ixtisoslashgan edi. O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti paxta kompleksiga ixtisoslashgan edi va bu yerda paxta ishlab chiqarish, uning mahsulotlarini qayta ishlash va unga xizmat ko‘rsatuvchi
tarmoqlar rivojlangan edi.
Shuning uchun, respublika iqtisodiyotining bir tomonlama rivojlanganligi natijasida, sobiq Ittifoq respublikalari orasidagi kooperatsiya aloqalarining barbod bo‘lishi oqibatida iqtisodiyotning holati keskin yomonlashdi, ya’ni iqtisodiyotning sanoat va boshqa tarmoqlarida mahsulot ishlab chiqarish keskin kamayib ketdi, birinchi darajali zaruratga ega bo‘lgan mahsulot yetishmasligi sezila boshladi va aholining turmush
darajasi pasaya boshladi.
Tabiiyki, kuchli iqtisodiy potensialga ega bo‘lgan, yer qa`rida ko‘plab miqdorda Mendeleyev jadvalining deyarli barcha elementlari bo‘lgan, juda qulay tabiiy-iqlimiy sharoitga, rivojlangan kommunikatsiya vositalariga va iste’dodli kadrlarga ega bo‘lgan O‘zbekiston sharoitida bunday ahvolga rozi bo‘lish mumkin emas edi. Mamlakat rahbariyati qat’iyat bilan boshlagan ilmiy-amaliy asoslangan, aniq maqsadga yo‘naltirilgan kompleks chora – tadbirlari (shu jumladan, jahon moliyaviy – iqtisodiy inqirozining salbiy ta’siriga qarshi kurash) natijasida O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti asta – sekinlik bilan kompleks rivojlangan iqtisodiyotga aylana bordi.
Hozirgi jahon moliyaviy – iqtisodiy inqirozi sharoitida mamlakatimizda iqtisodiyotni yanada rivojlantirish, uning tarkibini kengaytirish va takomillashtirish, uning samaradorligini oshirish bo‘yicha katta tadbirlar amalga oshirilmoqda va ular 2004 - yildan boshlab iqtisodiyotimizning rivojlanish sur’atlarini jadallashtirib yubordi (1- jadval).



Download 21.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling