12-mavzu. Suyuilikli turli jismlarni ajratish. Turli jinsli tizimlarning turlari va ularning ajratish usullari. Reja: 1
Download 0.53 Mb.
|
1 2
Bog'liq12-lekciya
G2=G1(1–X1/X2)
bu yerda G2 va G1 - mos ravishda tozalangan va tozalanmagan suspenziya massa sarfi; X1 va X2 - mos ravishda, suspenziya tarkibidagi qattiq zarrachalarning konsentratsiyalari Cho‘kish yuzasi umumiy holda quyidagi tenglamadan topiladi: Cho‘ktirish qurilmalarining balandligi odatda hisoblanmaydi va 2,5 - 3,5 m ga teng deb olinadi. Sharsimon bo‘lmagan zarrachalarning cho‘kish tezligi quyidagicha aniqlanadi: w=wч 3.1 - rasm. Davriy ishlaydigan cho‘ktiruvchi qurilma. Ajratilayotgan zarrachalarning zichligi tindirilayotgan suyuqlik zichligidan kichik bo‘lsa (ρ≤ρm), u holda chiqindilar qurilmaning yuqori qismida, suyuqlik fazasining erkin yuzasida to‘planadi. Tindirilgan faza qurilmaning qo‘yi qismidan davriy ravishda tushirib turiladi. Ushbu tipdagi tindirish qurilmalarining ayrim turlari aralashtiruvchi moslamalar (taroqlar) bilan jihozlanadi. Bunday qurilmani (3.2-rasm) samaradorligi yuqori, cho‘kindilarni qurilma tubining o‘rtasiga yig‘ish va tushirish imkoniyati mavjud. Taroqlar harakati o‘ta kichik (n=0,02÷0,05 min-1) bo‘lganligi sababli cho‘kish jarayoniga salbiy ta'sir ko‘rsatmaydi. Yuqorida ta'rifi keltirilgan qurilmalarning diametrlari katta (bino ichida 12÷20 m, ochiq maydonlarda ≤120 m), balandligi esa ancha kichik bo‘ladi. Ajratilgan cho‘kma tarkibidagi namlik 60% gacha bo‘ladi. Qattiq zarrachalarni og‘irlik kuchi ta'sirida cho‘ktirish jarayoni sekin boradigan jarayon bo‘lib, uni amalga oshirish uchun juda katta gabaritli uskunalarni qo‘llash talab etiladi. Shuning uchun og‘irlik kuchi effektida ishlaydigan tindirgichlar bugungi kunda kimyo sanoatida qo‘llanalmayapti. Ularning o‘rnini markazdan qochma kuch ta'sirida suspenziyalarni qattiq zarrachalardan ajratuvchi uskunalar, ya'ni sentrifugalar egallab bormoqda. Bu uskunalar to‘g‘risida biz keyingi mavzuda to‘xtalamiz. Суюқлик Чўкма Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling