12-mavzu: xalqaro moliya


Download 40.41 Kb.
bet4/4
Sana28.02.2023
Hajmi40.41 Kb.
#1238029
1   2   3   4
Bog'liq
Amaliy 12

Rezerv (Stand-By) kelishuvlari asosan qisqa mudatli to‘lov balansi muammolarini bartaraf etishga mo‘ljallangan. XVFning eng yirik kreditlari ham mazkur kategoriyaga tegishlidir. Keyingi yillarda



12Shin, Hyun Song, “Global Banking Glut and Loan Risk Premium,” IMF Economic Review60(2), 2012, pp.
155–192.
XVF Qo‘shimcha rezerv dasturini amaliyotga joriy qildi. Mazkur dastur kapital hisobraqami bilan bog‘liq inqirozlarni boshdan kechirayotgan davlatlarga zudlik bilan juda qisqa muddatli kreditlarni ajratishni ko‘zda tutadi.

    1. Uzaytirilgan fond dasturi XVF tomonidan to‘lov balansi qiyinchiliklariga yuz tutgan mamlakatlarga ko‘maklashish maq- sadida joriy qilingan bo‘lib, bunda muammolar qisman strukturaviy muammolar bilan bog‘liq va uni bartaraf etish makroiqtisodiy nomuvofiqliklarga nisbatan uzoqroq muddatni taqozo etadi.

Qashshoqlikni qisqartirish va iqtisodiy o‘sish dasturi asosida XVF yillik foiz stavkasi 0,5 foiz va so‘ndirish muddati 10 yil bo‘lgan kreditlarni o‘zining eng qashshoq a’zo davlatlariga taqdim etadi. Ta’kidlash lozimki, XVF kreditlarining ko‘pchilik qismi shu kategoriyaga mansubdir. 2005-yilda Ekzogen shoklar dasturi ishlab chiqilib tasdiqlandi. Bu dastur asosida Qashshoqlikni qisqartirish va iqtisodiy o‘sish dasturi orqali kredit olmaydigan sust rivojlangan davlatlarga ularning nazorat doirasidan tashqarida bo‘lgan shoklar tufayli vujudga keladigan to‘lov balansi muammolarini bartaraf etish uchun kreditlar taqdim etiladi
Download 40.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling