12-mavzu. Xalqaro savdo to‘g‘risidagi iqtisodiy ta’limotlar


Download 35.85 Kb.
bet1/5
Sana19.06.2023
Hajmi35.85 Kb.
#1603871
  1   2   3   4   5
Bog'liq
12-mavzu- (1)


12-mavzu. Xalqaro savdo to‘g‘risidagi iqtisodiy ta’limotlar
Mutloq ustunlik nazariyasi. Qiyosiy ustunlik nazariyasi. E.Xeksher-B. Olin nazariyalari. V.Leont‘yev paradoksi. “Mahsulotning hayotiy sikli” nazariyalari. Raqobat ustunligi nazariyasi. Xalqaro mehnat taqsimoti va xalqaro valyuta munosabatlarini tadqiq etishning tanqidiy yo‘nalishi.


Mutlaq ustunlik nazariyasi Adam Smitning Xalqlar boyligi g‘oyasining asosiy
maqsadlaridan biri hozirda merkantalizm deb atalgan g‘oyalar yig‘indisining yolg'on tomonini ko'rsatib berish edi - bu kitobning taxminan 25 foizi merkantalizm ta’limoti va amaliyotini tekshirishga bag'ishlangan edi. Ba’zi merkantalistlar eksport importdan yuqori bo'lgan tashqi savdoning davlat tomonidan tartibga solinishi mamlakat savdoning qulay balansiga ega bo'lishi uchun zarur deb hisoblardi va shuning uchun boshqa mamlakatlar kabi qimmatbaxo metallarni ko'paytirish tufayli eksport importdan oshib ketdi. Adam Smit turli mamlakatlarda tovarlarni ishlab chiqarishda mutlaq xarajatlardagi farq xalqaro savdo rivojlanishining asosini tashkil
etadi degan tezisni asoslab berdi. Unga ko'ra, ba’zi mamlakatlar boshqa mamlakatlarga nisbatan tovarlarni kam xarajat sarflab, samarali ishlab chiqaradi. Boshqacha qilib aytganda, ushbu mamlakatlar mazkur tovarlarni ishlab chiqarishda mutloq ustunlikka ega. Mutlaq ustunlik yuqori mehnat unumdorligida va tovarlarni ishlab chiqarishga ketadigan kam xarajatlarda namoyon bo'ladi. Savdoni sun'iy ravishda cheklab quyishga A. Smit qarshi chiqdi va qaysi mamlakatning mahsuloti arzon bo'lsa o'sha mamlakat bilan savdo qilishning avzalligi to'g'risida aytib o'tadi. Masalan, A.Smit qayd qilib o‘tganidek: “Agar Fransiyaning vinosi Portugaliya vinosidan yaxshi va arzon bo‘lsa yoki uning gazlamasi Germaniya gazlamasidan yaxshi bo‘lsa, unda Buyuk Britaniya uchun o ‘ziga kerakli chet el vinosi va gazlamasini Portugaliya yoki Germaniyadan emas, balki Fransiyadan sotib olish foydali”. Shuningdek, Shotlandiyada uzum etishtirish shart emas, chunki u yerda
vino Portugaliyaga nisbatan 30 barobar qimmat. Vino qayerda arzon bolsa o‘sha yerdan sotib olish maqsadga muvofiq. A.Smitning asosiy g‘oyasi - mutlaq xarajatlar g‘oyasidir. Unga ko‘ra, mutlaq xarajatlari kam bo‘lgan mamlakatlardan tovarlarni imp’ort qilish, ishlab chiqarish xarajatlari past tovarlarni esa (ularni xarid qilayotganlarga nisbatan) eksport qilish kerak. A.Smitning tasdiqlashicha, har xil sun‘iy ta’sir ko‘rsatish va qarshiliklarga qaramasdan ikki mamlakat o‘rtasida savdo aloqalarning olib borilishi tabiiy, normal hol hisoblanadi, u doimo foydali, garchi har ikkilasi uchun foyda hamisha bir hil bo‘lmasa ham. “Har bir aqlli oila boshlig‘ining qoyidasi shundan iboratki, chetdan sotib olishdan ko‘ra,uyda tayyorlash qimmatga tushidagan narsalarni uyda tayyorlamaslikka harakat qiladi. Tikuvchi o‘ziga etik tikishga harakat qilmaydi, balki uni etikdo‘zdan sotib oladi. Etikdo‘z-o‘ziga kiyim tikishga urinmaydi, balki tikuvchining xizmatiga murojaat qiladi”. A.Smit bo'yicha, bu qoyda bir butun mamlakat uchun qo’llanilishi kerak. Agar qandaydir bir xorijiy mamlakat bizni muayyan tovar bilan, uni o'zimizda ishlab chiqarishga nisbatan ancha arzon narxda ta’minlashi mumkin bolsa, biz birmuncha ustunlikka ega bolgan sohalarda ishlatilayotgan sanoat mehnati mahsulotining ma’lum qismi uchun ushbu tovarni undan sotib olish ancha foydali. Aynan shuning
uchun, mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashuvini tanlashda, A.Smit bozorning roliga katta e’tibor bergan bolishiga qaramay, u ushbu masalani ko'rib chiqishda mamlakatning tabiiy (ob-havo sharoiti, ba’zi bir tabiiy resurslarga ega bolish va b.) va qolga kiritilgan (odatda, texnologik ishlab chiqarish bilan bogliq bolgan) ustunliklarini hisobga olishni zarur deb hisoblanadi. Eksport qiluvchi mamlakat qachonki mutlaq ustunlikka ega bolgan tovarlarni ishlab chiqarishga qanday mutlaq ustunlikka ega bo‘lmasa, ular xalqaro savdoda qatnashishi mumkinmi degan savolga ham javob bermaydi. Smit qiziqish bildirgan xalqaro savdo-sotiq nuqtayi nazariyasi shubhasiz qisman to‘g‘ri, chunki uning kuchli jihati, bu nazariya emas, balki iqtisodiy siyosat nuqtayi nazardan yoritilganligida edi.

Download 35.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling