12-mavzu. Xalqaro savdo to‘g‘risidagi iqtisodiy ta’limotlar


Mahsulotning hayotiy sikli


Download 35.85 Kb.
bet4/5
Sana19.06.2023
Hajmi35.85 Kb.
#1603871
1   2   3   4   5
Bog'liq
12-mavzu- (1)

Mahsulotning hayotiy sikli
Klassiklarning qiyosiy ustunlik nazariyasida ba’zi bir savollar o'z echimini topmaganligi (masalan, eksport tuzilmasi dinamikasi qonuniyatlari qanday, nega bir xil tarmoqlar oldinga siljisa, ikkinchisi orqaga surilib ketadi) xalqaro mehnat taqsimoti muammosiga bo‘lgan yangi yondashuvlarning kelib chiqishini taqozo etdi. Shunday yondashuvlardan biri “Mahsulotning hayotiy sikli” konsepsiyasi hisoblanadi. Bu nazariyani ishlab chiqishda M.Pozner, G.Xufbaujr, L.Uells va boshqa iqtisodchilar qatnashdi. Lekin birinchi marta bu nazariyaning tasnifiy bayoni 1966 y. atoqli Amerika olimi R.Varronning “Mahsulotning hayotiy sikli nuqtayi nazaridan ko'rilgan xalqaro investitsiyalar va xalqaro savdo " maqolasida e’lon qilingan. AQSH eksport tuzilmasini tahlil qilish natijalari mazkur nazariyaning yaratilishiga bevosita turtki bo'ladi. Tahlil natijalari jahon bozorida raqobatbardoshlik asosini tashkil etuvchi tarmoqlar majmuining o'zgarib turishini ko'rsatib berdi. XX asr boshiga kelib bunday tarmoqlar jumlasiga to'qimachilik va
o'rmontexnik sanoati, qora metallurgiya, mashinasozlik kiritilgan. 30-chi yillarning
oxiriga kelib tarmoqlar majmuy va tartibi o'zgardi (birinchi o'ringa mashinasozlik
chiqdi, oziq-ovqat sanoati ilg'or eksport qiluvchi tarmoqlar qatoriga qo'shildi), 60-chi yillarning boshiga kelib esa, transport vositalarini, asbob-uskunalarni, kimyoviy tovarlarni, elektr uskunalarini va boshqa mashinalarni ishlab chiqarish tarmoqlari Amerikaning asosiy eksport qiluvchi tarmoqlari majmuini tashkil etdi. Urushdan keyingi tashqi savdo tuzulmasi tahlili natijalari eksport tarmoqlarida ilmsig'imli mahsulotlarni ishlab chiqaradigan tarmoqlarning roli ortib borayotganligini aniqlab berdi. Shu sababli “ilmsig'imli tarmoqlar” atamasi kiritilidi. Hozir ilmsig'imli tarmoqlar oldingi qatorga ко’tarildi va ular mamlakatning jahon bozorida raqobat qudratini belgilab bermoqda. “Ilmsig'imli” atamaning muomalaga kiritilishi ishlab chiqarish omillari to'g'risidagi tushunchani qayta ko'rib chiqishni taqozo etadi. Ilmsig'imli mahsulot - mehnat sig'imli mahsulotning o'zgargan shaklidan boshqa narsa emas. Ko'pchilik ilmiy - texnik xodimlari (barcha yollanma ishchilarning 50 foiziga yaqini) ish haqining yuqorligi va ko'p sonli yuqori malakali ishchilarining mavjudligi tufayli ilmsig‘imli mahsulotlarni ishlab chiqarishdagi umumiy sarflarda
ishchi kuchiga to‘g‘ri keladigan sarflar hissasi ham yuqori. Bundan tashqari turli ishlab chiqarish bosqichlarida har bir yollanma mehnat egasining hissasi xam har xil bo‘ladi. Demak, mehnat omilini tarkibiy tuzilishi jixatdan bir xil deb qaragan Xeksher-Olin nazariyasini qo‘llash xatodan xoli emas. Shu bois “mahsulotning hayotiy sikl” nazariyasi mualliflari mehnatni bir qancha turlarga ajratadi: yuqori malakali mehnat, boshqaruv mehnati, malakasiz mehnat va b. shunday qilib, ikki
omilli model ko‘p omilga aylandi, ya’ni kapital omili bilan birga mehnatning har xil turlari amal qiladi. Har bir omilni ahamiyatining o‘zgarishiga muvofiq ravishda ishlab chiqarishning uch fazaga (ular “mahsulotning hayotiy sikli”ga mos tushadi) bo‘linishi mazkur nazariyaning kelib chiqishiga yana bir sabab bo‘ldi. Birinchi fazada - yangi mahsulotni ishlab chiqarishga joriy etishda - yutuq eng avvalo fan-texnika darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun yuqori malakali mehnat asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi. Ikkinchi o‘rinda boshqaruv mehnati turadi, uning asosiy vazifasi tovarlarni keng miqyosda ishlab chiqarishga o‘tishning eng qulay yolini qidirib toppish hisoblanadi, mazkur bosqichda ishlab chiqarish kichik ko‘lamda olib
borilishi tufayli kapital oxirgi o‘rinda qoladi. “Mahsulotning hayotiy sikli” nazariyasiga ko‘ra, yangi mahsulotni ishlab chiqarishga joriy etish eng kuchli ilmiy kadrlar va yuqori malakali ishchi kuchi to‘plangan rivojlangan mamlakatlarda amalga oshiriladi.
Ikkinchi fazada ommaviy ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Bunday ishlab chiqarish industrial baza quvvatiga, ishlab chiqarish strategiyasiga bog‘liq bo‘ladi. Bunda kapital va boshqaruv mehnati asosiy rol o‘ynaydi. Yuqori malakali mehnat esa, endi faqat texnologik ishlab chiqarishning muayyan sur’atini ushlab turish vazifasini o‘taydi, o‘rta va past malakali ishchilar mehnati bilan birga ikkinchi o‘rinni egallaydi. Demak, fantexnika jihatdan etakchi bo‘lmagan, lekin ortiqcha kapitali ko‘p bo‘lgan o‘rtacha rivojlangan mamlakatlarda mahsulot ishlab chiqarishning ikkinchi “hayotiy sikli” davom etadi.
Uchinchi faza uchun bir xil texnologik asosda mahsulotlarni ommaviy tarzda ishlab chiqarish xos. Malakasiz mehnat birinchi o‘ringa suriladi, u o‘z mavqeini saqlab qolgan kapital bilan bir qatorda turadi. Olimlar, muxandislar va menejerlar mehnatining ahamiyati keskin pasayadi. Bundan shu narsani ko‘rish qiyin emaski, bu fazada mahsulot ishlab chiqarish soddalashib, malakasiz ishchilar zaxirasi ko‘p bo‘lgan rivojlanayotgan mamlakatlarda ommaviy tus oladi. Keyinchalik mazkur mahsulotga talab, uni ishlab chiqarish pasayadi, uning o‘rnini qoplovchi yangi mahsulot ishlab chiqarish fazasi qaytadan boshlanadi.

Download 35.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling