3- “Qiziqarli matematika” to’garagi uchun o’quv dasturi
Download 201.92 Kb.
|
Metodik qo\'llanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mantiqiy masalalar 2 soat
- Arifmetik amallarga oid masalalar 4 soat
- Zukkolik va topqirlikni rivojlantiruvchi boshqotirmalar 4 soat
Boshlang’ich sinf o’quvchilarini xalqaro tadqiqotlarga tayyorlashda “Qiziqarli matematika” to’garagini tashkillashning namunaviy dasturi (Metodik qo’llanma) -3- “Qiziqarli matematika” to’garagi uchun o’quv dasturi (Boshlang’ich 3-4 sinflar uchun, haftasiga 1 soatdan, yillik 34 soat) So’zboshi Matematika insonda tizimli fikrlashni rivojlantirishga xizmat qiladi. Arifmetik amallarni bajarish, murakkab tenglamalarni yechish, turli shakldagi yuzalar, jismlar hajmini aniqlash – bularning bari orqali egallangan malakalar nafaqat real hayotda hisob-kitobga usta bo’lishga, shuningdek, turli voqea-hodisalarni tahlil qilish, ularga izohli tarzda munosabat bildirishga olib keladi. Mantiqiy fikrlash esa aniq bir axborotga ega bo’lmay turib ham yechimni qidirib toppish imkonini beradi. Bunda nostandart fikrlash, savolga kengroq miqyosda yondashish kerak bo’ladi. E’tiboringizga havola qilinayotgan ushbu dastur boshlang’ich sinf o’quvchilarida aniq fanlarga nisbatan qiziqishni orttirish bilan bir paytda ularga mantiqiy fikrlashning ustun jihatlarini namoyish qilish maqsadida tuzildi. Mantiqiy masalalar 2 soat Ushbu bo’limdagi savollar,masalalar bolalarda mantiqiy fikrlashni o’stirishga mo’ljallangan bo’lib, maqsad bolalarni nostandart fikrlashga, kengroq mulohaza yuritishga, javoblarning ko’plab variantlarini ichki tahlildan o’tkazishga o’rgatishdir. Arifmetik amallarga oid masalalar 4 soat Bu bo’limda 4 ta arifmetik amalga oid turli mazmundagi qiziqarli masalalar beriladi. Bolalar bu amallarni nafaqat bajarishi, balki ularning hayotda qaysi vaziyatlarda asqotishi haqida tushunchaga ham ega bo’lishi ko’zda tutilgan. Mavzu yil davomida, ya’ni har chorakda 1 soatdan o’tishga mo’ljallangan. Zukkolik va topqirlikni rivojlantiruvchi boshqotirmalar 4 soat Bu bo’limda turli hajmdagi idishlardan foydalangan holda aniq miqdordagi suvni o’lchab olish 2 soat va gugurt cho’plari bilan ishlash 2 soat berilgan. Bu masalalarda jo’mrakdan hohlagan idishga suv quyib olish mumkinligi, lekin hamma masalada ham uni yerga to’kib bo’lmasligini hisobga olish kerak. Bu turdagi masalalar bor imkoniyatdan foydalanib maqsad sari intilishga o’rgatib boradi.Shuningdek gugurt cho’plari ishtirokidagi boshqotirmalarni bajarishda o’quvchilarga quyidagi fikrlarni uqtiramiz: “Aziz bolajonlar, ogohlantirib o’taman: gugurt o’yinchoq emas, balki aql charxlash vositasidir. Aslo olov o’ynamang,bu xavfli.” -4- Download 201.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling