3- “Qiziqarli matematika” to’garagi uchun o’quv dasturi


-savol: Do’konda 1 kg shakar uchun Anvar 4500 so’m to’laydi. Anvar rasmdagi shakar uchun qancha pul to’laydi? 32-savol


Download 201.92 Kb.
bet5/5
Sana12.03.2023
Hajmi201.92 Kb.
#1265365
1   2   3   4   5
Bog'liq
Metodik qo\'llanma

31-savol: Do’konda 1 kg shakar uchun Anvar 4500 so’m to’laydi. Anvar rasmdagi shakar uchun qancha pul to’laydi?

32-savol: Olimjonning yoshi Mirjalolning yoshidan 2 marta katta, Doniyornikidan esa 2 yosh katta. Agar Doniyor 18 yosh bo’lsa, bu uchta do’stning o’rtacha yoshini toping.

-10-
33-savol: Yugurish musobaqasida Abdulladan oldin marrani kesib o’tganlar soni undan keyin kesib o’tganlar sonidan 6 marta kam. Agar musobaqada jami 29 kishi qatnashgan bo’lsa, Abdulla marraga nechanchi bo’lib yetib kelgan?


34-savol: Katta kvadrat shaklidagi bog’ 4 ta to’g’ri to’rtburchak shaklidagi kichik bog’larga bo’lindi. Har bir kichik bog’ning perimetri 20 m bo’lsa, kvadrat shaklidagi katta bog’ning perimetrini toping.
35-savol: Jahongir 5 haftalik sayohatga chiqdi va dastlabki 4 haftada qancha masofa sayr qilgani grafikda ko’rsatilgan. Agar u 5-haftada shungacha yurilgan barcha masofadan 5 marta kam masofa yurgan bo’lsa, Jahongirning 5-haftadagi yurgan masofasini toping.

36-savol: a@b=b-a va a$b=a+3*b bo’lsa, (20@22) * (3$1) ning qiymatini toping.
37-savol: Oq kataklardan nechtasini bo’yasak, ular qora kataklardan 2 marta ko’p bo’ladi?

38-savol: Men bir son o’yladim, uni 2022 ga ko’paytirdim. So’ng 2022 ni ayirdim. Natijada 2022 hosil bo’ldi. Men qanday son o’ylaganman?
39-savol: Quyidagi 4 xonali son ko’rinishidagi kodning o’nlar xonasidagi raqamni 3 marta, minglar xonasidagi raqamni 2 marta oshirsak yangi kod hosil bo’ladi. Yangi kodni toping. Kod: 4224
-11-
40-savol: Quyidagi katakli jadvalda har bir ustun, satr hamda dioganaldagi sonlar yig’indisi 15 ga teng. 3 ta son berilgan. X ning o’rnida qanday son yashiringan?

Javoblar:

  1. 16:10 2. 8 ta 3.40 sm 4. 1 soat 5.24 sm 6. 15 daqiqa 7. Odil

8. 2 soat 9. 3 marta 10. 3 oyoqli, 12 taga 11. 0 12. 1 ta 13. 18 bet
14. 21 15. 6 ta 16. 600 17. 50 18. 175 19. 58 20. 2002 21. 22
22. 6 soat 23. 18000 so’m 24. 7 bob 25. 5 26. 200 27. 5 sm 28. 1200
29. ¾ 30.102 31. 15750 so’m 32. 16 33. 5 34. 32 35. 45 36.12
37. 3 ta 38. 2 39. 8264. 40. 8

Muallif: Usmonova Faridaxon – Farg’ona viloyati Furqat tumani XTB


tasarrufidagi 7-umumta’lim maktabi boshlang’ich sinf o’qituvchisi
Download 201.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling