3- “Qiziqarli matematika” to’garagi uchun o’quv dasturi
Qoldiqli bo’lish – 2 soat
Download 201.92 Kb.
|
Metodik qo\'llanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Masalaga tenglama tuzish – 2 soat
- Qiziqarli matematika” to’garagining yillik ish rejasi
- To’garak mashg’uloti uchun qiziqarli masalalardan namunalar
- 2-savol
- 5-savol
- 8-savol
- 10-savol
- 15-savol
Qoldiqli bo’lish – 2 soat
Sonli ifodalar beriladi va natijalarni ma’lum bir sonlarga bo’lganda chiqadigan qoldiqlar yig’indisi yoki ayirmasi topiladi. 12.Sonli ifodalar – 2 soat Sonli ifodalarda amallar ketma-ketligini bilishga doir va ularni qulay usullarda hisoblashga doir misollar beriladi. -5-
Masalaga tenglama tuzish – 2 soat O’quvchilarga berilgan masalaga qulay yo’l bilan natijaga erishish yo’llari va tenglama tuzish bilan javobini topish mumkinligi o’rgatiladi. Qavslar – 1 soat Sonli ifodalarda qavslar bilan ishlash yoki sonli ifodalarga qavslarni qo’yish o’rgatilib, shunga doir misollar bajariladi. “Qiziqarli matematika” to’garagining yillik ish rejasi
To’garak mashg’uloti uchun qiziqarli masalalardan namunalar (o’quvchilarning masala yechimlari haqidagi bilimlarini mustahkamlash uchun masalalardagi raqamlarni boshqa raqamlarga ham almashtirib berish mumkin): 1-savol: Aziza ertaroq harakat qilishi uchun soatini 10 daqiqa oldinga o’tkazib yubordi, lekin opasi ham allaqachon 10 daqiqa oldinga o’tkazib qo’ygan edi. Soat 15:50 bo’lganda uning qo’l soati nechchini ko’rsatadi? 2-savol: Ikkita sinf uchun 14 ta kitob sotib olindi. Birinchi sinf 30000 so’m, ikkinchi sinf 40000 so’m pul to’lashdi. Ikkinchi sinf nechta kitob olgan? 3-savol: To’g’ri to’rtburchakning maydoni 91 sm. kv ga teng. Ushbu to’rtburchakning bir tomoni 13 sm, bu to’rtburchakning barcha tomonlari yig’indisi necha santimetrga teng? 4-savol: Jasur kutubxonaga borib kelishi kerak. U birinchi kuni piyoda borib velosipedda qaytib keldi, shunda yo’lga 40 daqiqa vaqt sarfladi. Ertasi kuni velosipedda borib velosipedda qaytib keldi va 20 daqiqa vaqt sarfladi. Agar u kutubxonaga piyoda borib kelsa qancha vaqt sarflaydi? 5-savol: Ikkita doira berilgan, birinchi doiraning radiusi 6 sm, ikkinchi doiraning radiusi birinchi doiraning diametriga teng. U holda ikkinchi doiraning diametrini toping. 6-savol: Metroga 1-bekatdan mingan Javohirning 3-bekatga borishi uchun 6 daqiqa vaqt ketdi. Agar metro bekatlari orasidagi masofa teng bo’lsa, u 8-bekatga borishi uchun yana qancha vaqt kerak? 7-savol: Bolalar maydonchasida bir nechta bola birgalikda o’yin o’ynashmoqda. Ular maydonchani qadamlari bilan o’lchab chiqishdi, Boburda 15 qadam, Ortiqda 17 qadam, Odilda 13 qadam, Abbosda esa 16 qadam chiqdi. Ulardan qaysi birining qadami kata? 8-savol: Buzog’cha bir bog’ pichanni 6 soatda yeb tugatadi.Uning onasi esa undan ikki barobar tezroq yeydi. Ikkisi bir bog’ pichanni necha soatda yeb tugatadi? -7-
10-savol: Xonada 3 oyoqli va 4 oyoqli stullar bor. Sarvar barcha stullarni sanaganda 26 ta, oyoqlarini sanaganda 85 ta chiqdi. Xonada qaysi stul ko’p va nechtaga ko’p? 11-savol: Berilgan ifodani 5 ga va 10 ga bo’lgandagi qoldiqlar yig’indisini toping: 11*222+22*444+33*366+44*888= 12-savol: Otabek rangli qog’ozdan “uycha”lar yasayapti. U to’g’ri to’rtburchak shaklidagi qog’ozdan 3 ta uycha yasadi va rangli qog’oz bo’yining ham, enining ham uzunligi 2 martadan qisqarganini bildi. U qog’ozning qolgan qismidan yana nechta uycha yasashi mumkin? 13-savol: Tohir va Zoyir kitob o’qish bo’yicha musobaqa uyushtirdi. Tohir musobaqadan oldin kitobning 20 betini o’qigan edi, shuning uchun kelgan joyidan davom etdi. Zoyir esa boshidan boshladi.Tohir kuniga 18 betdan, Zoyir kuniga 20 betdan kitob o’qigan bo’lsa, ular aynan bir xil betga yetib kelishganida kitob tugashiga necha bet qolgan bo’ladi? Ular tanlagan kitob 218 betdan iborat. 14-savol: Shaxmat musobaqasida 7 kishi qatnashdi va ishtirokchilarning barchasi qolgan qatnashuvchilar bilan faqat bir martadan o’yin o’ynadi. Musobaqada jami nechta o’yin o’tkazildi? 15-savol: Ushbu jadvalda nechta kvadratni oq rangga bo’yash kerak, shunda har bir satr va har bir ustunda faqat bitta kulrang kvadrat qoladi? -8- 16-savol: Abbos bir son o’yladi. Unga 400 ni qo’shdi, hosil bo’lgan yangi songa 2022 ni qo’shdi. So’ngra 22 ni ayirdi, natijada 3000 ga ega bo’ldi. Abbos qanday son o’ylagan? Download 201.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling