3- “Qiziqarli matematika” to’garagi uchun o’quv dasturi


TIMSS topshiriqlari bilan ishlash – 3 soat


Download 201.92 Kb.
bet2/5
Sana12.03.2023
Hajmi201.92 Kb.
#1265365
1   2   3   4   5
Bog'liq
Metodik qo\'llanma

TIMSS topshiriqlari bilan ishlash – 3 soat

O’quvchilarni xalqaro tadqiqotlarga tayyorlash maqsadida TIMSS topshiriqlari berilgan mashq daftarlari bilan ishlash va yil davomida maktabning informatika xonasida ushbu bilimlarini mustahkamlash uchun “STESTING” platformasida ishtirok etish.

  1. Zakovat” o’yini – 2 soat

O’quvchilarning mustaqil, jamoada ishlash, faolligini oshirish maqsadida yil davomida 2 marta to’garak o’quvchilari ishtirokida ushbu o’yin tashkillanadi.

  1. KHISO olimpiada maktabi savollari – 4 soat

KHISO olimpiada maktabi tomonidan tashkillanadigan olimpiadalarga har chorakda muntazam qatnashish va olimpiada savollari yechimlari bilan ishlab, ularni tahlil qilishga o’rgatiladi.

  1. Vaqt o’lchov birliklari bilan ishlash – 2 soat

O’quvchilarga vaqt o’lchov birliklari orasidagi reallikni qiziqarli va mantiqiy masalalar yordamida tushuntirish, vaqtga bog’liq masalalar bilan ishlash.

  1. Uzunlik o’lchov birliklari – 2 soat

Uzunlik o’lchov birliklari orasidagi munosabat va “Yuza o’lchov birliklari” bilan farqlashdagi masalalar bajariladi.

  1. Kombinatorika – 2 soat

O’quvchilarga kombinatorik masalalarni qulay bajarish yo’llari o’rgatilib, jismlar, sonlarning joylashish tartiblari va kishilar bilan bog’liq bo’lgan masalalar, masalan “Kunni toppish”, “Nechta o’yin”, “Qaysi katakda” o’yinlari bajariladi.

  1. Kasrlar bilan ishlash – 2 soat

Kasrlarni qo’shish, ayirish, bo’lish, ko’paytirish bilan bog’liq bo’lgan, ammo sodda emas, birmuncha murakkab bo’lgan mantiqiy va qiziqarli masalalar bajariladi. Masalan: “Buzoqcha o’tni 6 soatda, onasi 3 barobar tezroq yeydi. Ikkalasi birgalikda qancha vaqtda yeydi.”


  1. Download 201.92 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling