12-mavzu: XVI-XVII asrlarda madaniy-musiqiy hayot


Download 42.52 Kb.
bet1/3
Sana05.01.2022
Hajmi42.52 Kb.
#208984
  1   2   3
Bog'liq
12-мавзу маъруза матни


12-mavzu: XVI-XVII asrlarda madaniy-musiqiy hayot

  1. XVI-XVII asrlarda o’zbek musiqa madaniyati.

  2. Buxoro xonligi davrida musiqa san’ati.

  3. Kasbiy mumtoz musiqa.

  4. Musiqashunos olim, bastakor va ustoz Najmiddin Kavkabiy.

  5. N.Kavkabiyning musiqiy risolalari.

  6. Darvesh Ali CHangiy – musiqashunos olim, sozanda va bastakor.

  7. Darvesh Ali CHangiyning “Risolaiy musiqiy” asarida yoritilgan masalalar .

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

  1. O’zbekiston tarixi. 1-qism. Toshkent 1997 y.

  2. I.Rajabov. Maqomlar. Toshkent 2006 y.

  3. Istoriya muziki Sredniy Azii i Kazaxstana. Moskva 1995 g.

  4. Muzikalьnie instrumenti Sredniy Azii. Moskva 1980 g.

  5. Muzikalьnaya estetika stran Vostoka. (obщ. red. I vst.statьya V.P.SHestakova). L., 1967.

  6. Semyonov A. Sredneaziatskiy traktat po muzike Dervisha Ali (XVII veka). T., 1946.

  7. Rashidova D. Nadjmiddin Kavkabi Buxori. // Istoriya i sovremennostь. Problemi muzikalьnoy kulьturi narodov Uzbekistana, Turkmenii i Tadjikistana. Moskva. 1972.

XIV asrning boshida (1505 yil) Hirot SHayboniylar tomonidan ishg’ol etildi. Temuriylar imperiyasi Movaraunnahr, Eron va SHimoliy Hindiston (boburiylar) kabi uchta yirik hududga ajralib ketdi. Tarixning ana shunday murakkab burilish paytida temuriylar davri, xususan Samarqand va Hirot boy madaniy an’analarining munosib vorisi sifatida Buxoro maydonga chiqdi. O’zbek xonlari SHayboniylar davlatining poytaxtiga aylangan bu shahri azimga zamonasining ko’zga ko’ringan ilmu ma’rifat, adabiyot va san’at namoyandalarini jalb eta boshladilar. Natijada bu yerda she’riyat, musiqa va tasviriy san’atning “Buxoro maktabi” deb nom olgan uslubi taraqqiy topdi. Hirotdan Buxoroga muhojirlik qilgan ilm va san’at ahli orasida yirik olim va sozanda Najmiddin Kavkabiy ham bor edi. Abdurauf Fitrat Kavkabiyning o’zbek xonliklari madaniy hayotidagi o’rnini Abdulqodir Marog’iyning Temuriylar zamonidagi nufuziga tenglashtiradi.

XVI asrning ikkinchi yarmidan boshlab Buxoro va Xivaning Rossiya bilan savdo aloqalari rivojlandi. O’zbek xonliklaridan Rossiyaga asosan qimmatbaho matolar: ipak gazlama, baxmal, parcha va gilamlar, qurol aslahalar olib borildi.

Ichki va tashqi savdoning rivojlanishi munosabati bilan pul ishlab chiqarish keng yo’lga qo’yildi.

XIX asrda Markaziy Osiyo shaharlarida ilmiy izlanishlarini olib borgan tarixchi olim G.Vamberi Dashti Qipchoq o’zbeklarining Movarounnahrni bosib olishi bilan bu yerlarda madaniyatning mushkullikka uchraganini yozadi. XVI-XIX asrlardagi Markaziy Osiyo tarixining yirik mutaxassislaridan P.P.Ivanov esa o’zbeklarning hukmronliklari eski madaniy merosni davom ettirdi, ilgarigi madaniy va diniy an’analarni yana ham rivojlantirdi, deb yozadi.

XVI asrda Buxoro, Samarqand, Toshkent va boshqa shaharlarda hayot bir maromda davom etadi; bu shaharlar siyosiy, iqtisodiy markaz bo’libgina qolmay, balki madaniy turmush o’chog’i ham edi. Amaldorlar, savdogarlar va hunarmandlar madaniy hayotni rivojlantirishga hissa qo’shdilar. Musulmonlarning oliy maktabi-madrasa ilgarigidek madaniy hayotda katta o’rin tutadi.

Mutaxassislarning aytishlaricha, bu davrdagi qurilishlar, ilgarigi o’tgan me’morchilik san’ati an’analariga asoslangan va ularni yana ham rivojlantirgan.

Markaziy Osiyoning ijtimoiy-siyosiy hayotida bu davrda har xil qalandar-u, darveshlar guruhlarini birlashtirgan so’fiylik oqimlari muhim o’rin egalladi. Bular orasida Muhammad Bahouddin Naqshband tariqati g’oyat katta ta’sirga ega bo’ldi.

XVI asrda Buxoro xonligida madaniy hayotning jonlanishiga yana bir sabab Eron shohi Ismoilning o’z davlatida, ayniqsa, Hirotda so’fiylarni ta’qib etganligi bo’ldi. Buning oqibatida ko’plab shoirlar va din arboblari Buxoroga ko’chib o’tdi. Beklarning deyarli hammasi xonlar va amirlar xizmatida bo’ldi. Hirotlik Binoiy fors tilida, Muhammad Soliq turk tilida SHayboniyxon haqida, Mushfiqiy esa Abdullaxon II to’g’risida asarlar yaratdi. Bu asarlar tarixiy ma’lumotlarga boy. XVI asr boshlarida Bobur tomonidan yaratilgan buyuk asarlar “Muboyin” (1521 y.), “Boburnoma” (1526-1530 yy.) jahonshumul tarixiy ahamiyatga egadir.

Bu davrda Buxoroda va boshqa yirik shaharlarda fors-tojik va turk-o’zbek tillari ayniqsa rivojlandi. SHu bilan birgalikda turli xalqlarning musiqiy an’analari ham o’zaro aloqadorlikda rivojlandi.

Kasbiy darajadagi san’atning yuqori saviyadagi rivoji, murakkab janr va shakllarning yuzaga kelishi bir necha avlod musiqachilarning ijodiy mahsulidir. Ko’p allomalar kuy bastalash, cholg’u chalish, ashula aytish bilan bir qatorda, musiqa ilmini ham bilganlar. Davlat arbobi, shoir va olim Z.M.Bobur ana shunday namoyandalardan biridir. U o’zining “Boburnoma” asarida o’sha davrning “el og’ziga tushgan” musiqachilari haqida qimmatli ma’lumotlar yozib qoldirgan.

Bobur musiqa borasida nozik didli bo’lib, keng musiqiy-estetik bilimlarga ega edi va hayoti davomida bastakor sifatida o’zini bir necha bor sinab ko’rgan. Ma’lumotlariga ko’ra Boburning ilmiy-ijodiy merosida musiqa risolasi ham bo’lgan ekan, ammo risola topilmagan. Bobur iqtidorli musiqachilarga yordam bergan va san’at sohasining rivojiga alohida e’tibor bilan qaragan.

XVI asr boshlarida Buxoroda taniqli musiqachi va tojik shoiri Mavlono Binoiy yashab, ijod etgan. O’sha davrlarda Binoiyning Rost maqomidan “Nuxrang” naqshi musiqachilar orasida juda mashhur bo’lganligi haqidaga ma’lumotlar mavjud.

XVI asrning birinchi choragida Buxoroda iste’dodli musiqachi, shoir va olim Najmiddin Kavkabiy Buxoriy yashagan. Kavkabiyning asarlaridan uning 12 maqom tizimining bilimdoni bo’lganligi, shakl va janrlarni rivojlantirishda katta hissa qo’shganligi ma’lum bo’ladi.

Kavkabiy bastakor sifatida ham mashhur bo’lgan. XVI asrning oxiri va XVII asrning boshlarida Kavkabiyning qavl, amal, savt, naqsh va boshqa janr va shakllardagi yaratgan asarlari mashhur bo’lgan. Ilmiy-nazariy va ijrochilik faoliyatidan tashqari Kavkabiy shogrdlar tarbiyalagan. Uning shogirdlaridan biri Mavlono Hasan Kavkabiy bo’lib, u ham keyinchalik Darvesh Ali CHangiyga ustozlik qilgan.



Download 42.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling