12-mavzu: yangilanayotgan o‘zbekiston: harakatlar strategiyasidan – taraqqiyot strategiyasi sari. Reja
Fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish hamda ularning ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar
Download 43.53 Kb.
|
12-MAVZU. YANGILANAYOTGAN O‘ZBEKISTON - HARAKATLAR STRATEGIYASIDAN TARAQQIYOT STRATEGIYASI SARI...
Fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish hamda ularning ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar.
Davlat dasturining “Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish” deb nomlangan birinchi yo‘nalishini amalga oshirishda davlat hokimiyati tizimida Oliy Majlisning rolini kuchaytirish, qonun ijodkorligi faoliyatining sifatini tubdan yaxshilash, davlatning hayotida siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish nazarda tutilgan. Davlat boshqaruvini takomillashtirish, eng avvalo davlat xizmatini isloh qilish, iqtisodiyotda davlat boshqaruvini kamaytirish, davlat va xususiy sektorlarning o‘zaro foydali hamkorligining zamonaviy shakllarini, “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilgan. Xalq bilan samarali muloqotni ta’minlash Davlat dasturining eng muhim va dolzarb vazifalaridan biri bo‘ldi. Shu munosabat bilan jamoatchilik nazoratini takomillashtirish, nodavlat notijorat tashkilotlarini, ommaviy axborot vositalarini yanada rivojlantirish, shuningdek mahallaning jamiyat hayotidagi rolini kuchaytirish nazarda tutilmoqda. Prezidentimizning 2019-yil 30-oktyabrdagi “Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish markazi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu boradagi ishlarni yangi bosqichda davom ettirishning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilab bergani bilan ahamiyatli bo‘ldi. Davlatimiz rahbari mamlakatimiz Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisida “Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz” mavzusida qilgan nutqida ham bu borada to‘xtalib, “Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari” degan muhim tamoyilni amalga oshirishda biz, avvalo, ana shu ijtimoiy institutlarning kuch va imkoniyatlariga tayanamiz” deya alohida ta’kidlab o‘tgan edi. Shunga muvofiq mamlakatimizni jadal sur’atlar bilan rivojlantirish, modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish maqsadida 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 5 ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi tasdiqlandi. Ayni paytda Davlat dasturining “Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish” yo‘nalishi ijrosi doirasida fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish hamda ularning ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish uchun davlat siyosati darajasida izchil, tizimli ishlar amalga oshirilayotganiga yaqqol dalildir. Ma’lumki, kuchli va adolatli fuqarolik jamiyatini qurish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarni kompleks o‘rganish, tahlil qilish va baholashning yaxlit, mustaqil tizimini shakllantirish lozim. Qolaversa, ijtimoiy sheriklik va jamoatchilik nazorati mexanizmlari samaradorligini oshirish, ularni yanada rivojlantirishga oid takliflarni ishlab chiqish uchun ilmiy-amaliy maydon yaratish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha maslahat kengashining samarali faoliyatini ta’minlash bu boradagi ishlar samaradorligini oshirishda muhim o‘ringa ega. Shu ma’noda Prezidentimizning mazkur qarori bilan Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti ta’sischilar kengashining institutni “Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish markazi” etib qayta tashkil etish haqidagi taklifiga rozilik bildirilgani ayni muddao bo‘ldi. Shuningdek, ushbu hujjat asosida markazning asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari belgilab berildi. Mazkur yo‘nalishlarning har biri fuqarolik jamiyatida olib borilayotgan islohotlarni va yangilanishlarni yanada chuqurlashtirishga oid aniq bo‘limlardan iborat. 2016-yilda ilk bor mamlakat aholisi va hukumatning to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqoti yo‘lga qo‘yildi. Xalq bilan samarali muloqotni ta’minlash dolzarb vazifalardan biri bo‘ldi. Ushbu qaror bilan endilikda bu borada olib borilayotgan ishlarni, xalq bilan muloqot holati va rivojlanishini o‘rganish, davlat organlari faoliyati ochiqligini tizimli tahlil qilish zarurligi yuklandi. Mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish sohasida ilmiy va ekspert doiralar ishtirokida amaliy tadqiqotlar o‘tkazish, ularning natijalarini umumlashtirish asosida kelajakda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning milliy modelini yanada takomillashtirish va strategik yo‘nalishlarini belgilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi. Bu jarayonda yangi tashkil etilayotgan markaz tomonidan fuqarolik jamiyati rivojlanishining normativ-huquqiy tartibga solinishi holatini hamda ushbu sohada huquqni qo‘llash amaliyoti, ijtimoiy sheriklik va jamoatchilik nazoratini amalga oshirishni o‘rganish, davlat organlarining fuqarolik jamiyati institutlari bilan samarali hamkorligini yo‘lga qo‘yish, ularning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish yuzasidan takliflar ishlab chiqiladi. Bundan tashqari, jamiyatda siyosiy partiyalar rolini oshirish, raqobatdosh ko‘p partiyali tizimning rivojlanish darajasini tahlil qilish va siyosiy partiyalar tomonidan o‘tkaziladigan tadbirlarning elektorat manfaatiga xizmat qilishini ta’minlovchi loyihalar joriy etiladi. Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlari ishtirokining muammolarini tizimli o‘rgangan holda fuqarolik jamiyatini tashvishga solayotgan dolzarb masalalar bo‘yicha ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va jamoatchilik eshituvlari o‘tkaziladi. E’tiborlisi, rivojlangan demokratik davlatlar tajribasi asosida davlat va jamiyat o‘rtasida ochiq muloqotni tashkil etib, fuqarolarning dolzarb muammolarini hal etishning optimal yondashuvlarini ishlab chiqish ham Markazning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi. Markazga fuqarolik jamiyati rivojlanishini, uning institutlarining davlat organlari va tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlik darajasini, ularning mamlakatni sotsial-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy jihatdan rivojlantirishga, shu jumladan, 2030 yilgacha bo‘lgan davrda BMTning Barqaror taraqqiyot maqsadlarini amalga oshirish doirasida qo‘shgan hissasini baholash indikatorlarini ishlab chiqish va tasdiqlash tavsiya etilgan. Bu esa islohotlarning ilmiy va tahliliy jihatdan puxta ishlab chiqilishi va natijada mamlakatimizning kelajakda har tomonlama rivojlanishida muhim poydevor vazifasini o‘taydi. Mamlakatimiz tub o‘zgarishlarga yuz tutgan hozirgi paytda mazkur vazifalarni bajarishda davlat organlari rahbarlari Markazga har tomonlama ko‘maklashadi, so‘ralgan ma’lumotlarni o‘z vaqtida taqdim etadi, undan olingan materiallar va tavsiyalarni ko‘rib chiqadi. Markaz o‘z vazifalarini bajarishi uchun shartnoma asosida etakchi, shu jumladan, xorijiy muassasalar ekspertlarini jalb etish huquqiga egadir. Aynan qarorda ilg‘or xalqaro tajribalarni o‘rganib, O‘zbekiston sharoitida uni joriy etish uchun 2020-2022 yillarda Markaz xodimlarini fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga ixtisoslashgan etakchi xorijiy tadqiqot va tahliliy institutlariga ish o‘rganish uchun yuborish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish zarurligi alohida belgilab qo‘yildi. Bugungi axborot asrida har bir ish ko‘lami, uning sifati hamda samaradorligi oshib borishi targ‘ibot-tashviqot ishlariga bog‘liq. Shu boisdan hujjatda fuqarolik jamiyati rivojlanishini o‘rganish va tahlil qilish natijalari ommaviy axborot vositalarida, markaziy davlat telekanallarida, matbuot nashrlarida doimiy yoritilishi belgilab qo‘yildi. Bundan ko‘zlangan maqsad jamiyatdagi islohotlarda fuqarolarning faolligini oshirishdir. Download 43.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling