12-mavzu. Yangilanayotgan O‘zbekiston: milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari. Reja
IV. Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari
Download 44.01 Kb.
|
12- мавзу
IV. Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari.
4.1. Aholining bandligi va real daromadlarini bosqichma-bosqich oshirish: aholining real pul daromadlarini va xarid qobiliyatini oshirish, kam taʼminlangan oilalarni va aholining daromadlari boʻyicha farqlanishi darajasini yanada qisqartirish; byudjet muassasalari xodimlarining ish haqi, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalarning hajmini inflyatsiya surʼatlariga nisbatan jadal miqdorda bosqichma-bosqich oshirish; yangi ish oʻrinlari yaratish hamda aholining, eng avvalo, oʻrta maxsus va oliy oʻquv yurtlari bitiruvchilarining oqilona bandligini taʼminlash, mehnat bozori infrastrukturasining mutanosibligi va rivojlanishini taʼminlash, ishsizlik darajasini qisqartirish; mehnatga qobiliyatli aholining mehnat va tadbirkorlik faolligini toʻliq amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish, ishchi kuchi sifatini oshirish, ishga joylashtirishga muhtoj shaxslarni kasbiy tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini kengaytirish; 4.2. Aholini ijtimoiy himoya qilish va sogʻliqni saqlash tizimini takomillashtirish: aholiga majburiy ijtimoiy kafolatlarni taʼminlash, aholining ehtiyojmand qatlamlarini ijtimoiy himoyalashni kuchaytirish hamda keksalar va imkoniyati cheklangan shaxslarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, ijtimoiy xizmat koʻrsatishni yaxshilash, aholiga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatishda davlat-xususiy sherikligini rivojlantirish; sogʻliqni saqlash sohasini, eng avvalo, aholiga tibbiy va ijtimoiy-tibbiy xizmat koʻrsatish qulayligi hamda sifatini oshirishga qaratilgan dastlabki boʻgʻini, tez va shoshilinch tibbiy yordam tizimini yanada isloh qilish, aholining sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash; oila salomatligini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, onalar va bolalarning sifatli tibbiy xizmatga erishishini kengaytirish, ularga ixtisoslashtirilgan va yuqori texnologiyalarga asoslangan tibbiy yordam koʻrsatish, chaqaloqlar va bolalar oʻlimini kamaytirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni yanada amalga oshirish; pensionerlar, nogironlar, yolgʻiz keksalar va aholi boshqa ehtiyojmand toifalarining toʻlaqonli hayot faoliyatini taʼminlash uchun ularga tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish tizimini yanada rivojlantirish va takomillashtirish; farmatsevtika sanoatini yanada rivojlantirish, aholi va tibbiyot muassasalarining arzon, sifatli dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan taʼminlanishini yaxshilash, ular narxlarining asossiz oʻsishiga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish; aholi kasallanish koʻrsatkichlari pasayishini va hayotining davomiyligi uzayishini taʼminlash. 4.3. Arzon uy-joylar qurish boʻyicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, aholining hayot sharoitlari yaxshilanishini taʼminlovchi yoʻl-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish: aholining, eng avvalo, yosh oilalar, eskirgan uylarda yashovchilar va fuqarolarning uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boshqa toifalarining yashash shart-sharoitlarini imtiyozli shartlarda ipoteka kreditlari ajratish hamda shaharlar va qishloq joylarida arzon uylarni qurish orqali yanada yaxshilash;kommunal-maishiy xizmatlar bilan taʼminlanganlik darajasini oshirish, eng avvalo, yangi suv oʻtkazish tarmoqlarini qurish, zamonaviy tejamkor va samarali texnologiyalarni bosqichma-bosqich joriy etish orqali qishloq joylarida aholining toza ichimlik suvi bilan taʼminlanishini tubdan yaxshilash; odamlar yashashining ekologik xavfsizligini taʼminlash, maishiy chiqindilarni qayta ishlash komplekslarini qurish va modernizatsiya qilish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, aholini chiqindi yoʻq qilishning zamonaviy obyektlari bilan taʼminlash; aholiga transport xizmati koʻrsatishni tubdan yaxshilash, yoʻlovchi tashish xavfsizligini oshirish va atmosferaga zararli ifloslantiruvchi moddalarni qisqartirish, yangi har tomonlama qulay avtobuslarni sotib olish, avtovokzal va avtostansiyalarni qurish hamda rekonstruksiya qilish; yoʻl infrastrukturasi qurilishi va rekonstruksiya qilinishini jadal davom ettirish, eng avvalo, mintaqaviy avtomobil yoʻllarini rivojlantirish, xoʻjaliklararo qishloq avtomobil yoʻllarini, aholi punkti koʻchalarini kapital va joriy taʼmirlash; yangi elektr ishlab chiqarish quvvatlarini qurish va mavjudlarini modernizatsiya qilish asosida aholini elektr energiyasi bilan taʼminlashni yaxshilash, past kuchlanishli elektr tarmoqlari va transformator punktlarini yangilash, shuningdek, aholini boshqa yoqilgʻi-energiya resurslari bilan taʼminlashni yaxshilash va qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish; teatr-tamosha, madaniy-maʼrifiy tashkilotlar va muzeylar faoliyatini rivojlantirish hamda takomillashtirish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash. 4.4. Taʼlim va fan sohasini rivojlantirish: uzluksiz taʼlim tizimini yanada takomillashtirish yoʻlini davom ettirish, sifatli taʼlim xizmatlariga imkoniyatlarni oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga muvofiq yuqori malakali kadrlarni tayyorlash; taʼlim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash, ularni zamonaviy oʻquv va laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi va oʻquv-metodik qoʻllanmalar bilan jihozlash boʻyicha ishlarni amalga oshirish orqali ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash yuzasidan aniq maqsadga qaratilgan chora-tadbirlarni koʻrish; bolalar maktabgacha taʼlim muassasalari tarmogʻini kengaytirish, bolalarning har tomonlama intellektual, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun maktabgacha taʼlim muassasalaridagi shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash, bolalarning maktabgacha taʼlim bilan qamrab olinishini jiddiy oshirish va uning qulayligini taʼminlash, pedagog va mutaxassislarning malaka darajasini yuksaltirish; umumiy oʻrta taʼlim sifatini tubdan oshirish, chet tillar, informatika, matematika, fizika, ximiya, biologiya kabi boshqa muhim va talab yuqori boʻlgan predmetlarni chuqurlashtirilgan tarzda oʻrganish; bolalarni sport bilan ommaviy tarzda shugʻullanishga jalb qilish, ularni musiqa va sanʼat olami bilan bogʻlash maqsadida yangi bolalar sporti obyektlarini, bolalar musiqa va sanʼat maktablarini qurish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish; kasb-hunar kollejlari oʻquvchilarini bozor iqtisodiyoti va ish beruvchilarning ehtiyojlariga javob beradigan mutaxassisliklar boʻyicha tayyorlash hamda ishga joylashtirish borasidagi ishlarni takomillashtirish; taʼlim va oʻqitish sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etish asosida oliy taʼlim muassasalari faoliyatining sifati hamda samaradorligini oshirish, oliy taʼlim muassasalariga qabul kvotalarini bosqichma-bosqich koʻpaytirish; ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini ragʻbatlantirish, ilmiy va innovatsiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish, oliy oʻquv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlari huzurida ixtisoslashtirilgan ilmiy-eksperimental laboratoriyalar, yuqori texnologiya markazlari va texnoparklarni tashkil etish. 4.5. Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish: jismonan sogʻlom, ruhiy va intellektual rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, qatʼiy hayotiy nuqtai-nazariga ega, Vatanga sodiq yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish; oʻrta maxsus, kasb-hunar va oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirish hamda xususiy tadbirkorlik sohasiga jalb qilish; yosh avlodning ijodiy va intellektual salohiyatini qoʻllab-quvvatlash hamda amalga oshirish, bolalar va yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, ularni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish; yoshlarni ijtimoiy himoya qilish, yosh oilalar uchun munosib uy-joy va ijtimoiy-maishiy shart-sharoitlar yaratish; yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, taʼlim muassasalari, yoshlar va boshqa tashkilotlarning samarali faoliyatini tashkil etish. Download 44.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling