12-mavzu. Yangilanayotgan O‘zbekiston: milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari. Reja
Download 44.01 Kb.
|
12- мавзу
V. Xavfsizlik, diniy bagʻrikenglik va millatlararo totuvlikni taʼminlash hamda chuqur oʻylangan, oʻzaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yoʻnalishlar.
5.1. Xavfsizlik, diniy bagʻrikenglik va millatlararo totuvlikni taʼminlash sohasidagi ustuvor yoʻnalishlar: Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligini muhofaza qilish; axborot xavfsizligini taʼminlash va axborotni himoya qilish tizimini takomillashtirish, axborot sohasidagi tahdidlarga oʻz vaqtida va mutanosib ravishda qarshi harakatlarni tashkil etish; fuqarolik, millatlar va konfessiyalararo tinchlik va totuvlikni mustahkamlash; davlatning mudofaa salohiyatini mustahkamlash, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining jangovar qudrati va qobiliyatini oshirish; atrof-tabiiy muhit, aholi sogʻligʻi va genofondiga putur yetkazuvchi ekologik muammolarning oldini olish; favqulodda vaziyatlarni oldini olish va bartaraf etish tizimini takomillashtirish. 5.2. Chuqur oʻylangan, oʻzaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yoʻnalishlar: davlat mustaqilligi va suverenitetini mustaxkamlash, mamlakatning halqaro munosabatlar toʻla huquqli subyekti sifatida oʻrni va rolini kuchaytirish, rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirish, Oʻzbekiston tevaragida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qoʻshnichilik mintaqasini vujudga keltirish; Oʻzbekiston Respublikasining halqaro nufuzini mustahkamlash, jaxon hamjamiyatiga mamlakatda olib borilayotgan islohotlar haqida xolis axborotni yetkazish; Oʻzbekiston Respublikasining tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatini normativ-huquqiy bazasini hamda halqaro hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asoslarini takomillashtirish; davlat chegarasining demilitatsiya va demarkatsiya masalalarini hal etish. Download 44.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling