Smeta ma’lumotnoma xisoblarining tuzilishi Smeta ma’lumotnoma xisoblari kapital qurilmalar xajmini ko‘rsatadi. Loyixa tasdiqlangach korxona qurilishi uchun kerak bo‘lgan mablag‘, ushbu xujjat orqali tayyorlanadi.
Smeta ma’lumotnoma xisoblari, inshoat qurilishlari va boshqa turdagi ishlar smetalari asosida tuziladi. Smeta ma’lumotnoma xisobi 12 ta bobdan iborat:
Xududni qurilishga tayyorlash;
Qurilishning asosiy inshootlari;
Yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchi inshootlar;
Energetika xo‘jaligi inshootlari;
Transport va aloqa xo‘jaligi inshootlari;
Tashqi aloqalar va suv ta’minoti, kanalizatsiya, issiqlik va gaz ta’minoti;
Xududni qulaylashtirish va ko‘kalamlashtirish;
Vaqtinchalik bino va inshoatlari;
Boshqa ishlar va xarajatlar;
Qurilayotgan korxonaning direksiyasi va mualliflik nazorati;
Kadrlarni tayyorlash;
Loyixa va qidiruv ishlari.
Qurilishning umumiy qiymatidan smeta ma’lumotnoma xisoblari bO‘yicha qurilish ishlari qiymati, montaj ishlari, jixozlar, moslamalar, mebel va inventar, boshqa xarajatlar uchun mablag ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |