12-Seminar Mavzu: Koreya san’ati va tarixi Koreyaning anʼanaviy madaniyati


Download 55.75 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana23.06.2023
Hajmi55.75 Kb.
#1651646
1   2   3
Bog'liq
12-Seminar

Asosiy maqola: Shimoliy Koreya madaniyati 
Shimoliy Koreyada madaniyatining asosiy oʻziga xosligi shundan iboratki, 
shimolliklar oʻtmishdagi eng yaxshi deb hisoblangan qadriyatlarni oʻzlarida olib 
qolishgan va kapitalistik elementlardan toʻliq voz kechishgan. Adabiyot, sanʼat, 
musiqa va raqs kabi sanʼatdagi ommabop, xalq uslublari va qadriyatlari koreys 
xalqining chinakam noyob ruhini ifodalovchi vositalar sifatida qadrlanadi. 
Shimoliy koreyalik etnograflar, (yaʼni, maʼlum bir jamiyat yoki tashkilotni 
oʻrganib, ularning xatti-harakatlari va oʻzaro taʼsirini yaqindan kuzatishni oʻz 
ichiga olgan sifatli tadqiqotlar olib boradigan odamlar) koʻp vaqtlarini toʻgʻri 
proletar yoki xalq ruhiga ega boʻlgan, jamoaviy ongni rivojlantirishga yordam 
beradigan, madaniy oqim shakllarni qayta tiklashga sarflaydilar. 
Proletar kapitalistik jamiyati nuqtai nazaridan sinflarni marksizm taʼlimoti asosida 
oʻrganish maʼqullanadi (oriylar tomonidan ishlab chiqilgan kasta tizimi bilan 
adashtirmaslik kerak), shu jumladan proletarlar va burjuaziya taʼlimotlariga ham 
mutanosib tarzda ish olib boriladi. Boshqa sinflarga yer egalari, mayda burjuaziya 


vakillari, dehqonlar va lumpenproletariatlar kiradi, lekin kapitalizm dinamikasi 
nuqtai nazaridan bu birlamchi doimiy holat hisoblanmaydi. 
Shimoliy Koreya raqslarida jonli, optimistik musiqiy va xoreografik ifodalar koʻp 
qoʻllaniladi. Guruh xalq raqslari va xor qo‘shiqlari anʼanaviy ravishda Koreyaning 
barcha qismlarida emas, ayrim hududlaridagina ommalashgan. Ular Shimoliy 
Koreya boʻylab 1990-yillarning boshida maktablar va universitet talabalari orasida 
targʻib qilinar edi. Oʻz davrida mashxur boʻlgan fermerlarning musiqa ansambllari 
ham keyinchalik qayta tiklandi. 
Yanbian Koreya avtonom hukumati madaniyati[tahrir | manbasini tahrirlash] 
Mandarin xitoy va koreys tillari Yanbian hududida rasmiy til sifatida 
ishlatiladi. Vice News jurnali mazkur hukumatni Shimoliy va Janubiy Koreya 
madaniyatining mashhurligi tufayli „Gʻarbiy Koreya“ va „Uchinchi Koreya“ deb 
taʼriflaydi
[13]

Yanbian Koreya avtonom hukumati muzeyi qurilishi1960-yilda rejalashtirilgan va 
1982-yilda keng ommaga namoyish etilgan. Unda 10 000 dan ortiq eksponatlar
shu jumladan 11 ta birinchi darajali artefaktlar mavjud. Koʻrgazmalarning 
yorliqlari va tushuntirishlari 2 tilda, koreys va xitoy tillarida keltirib oʻtilgan. Bu 
ikkala tilda ham yo‘l-yo‘riq beruvchi gid sayohatlari tashkil etilgan. 
Buddizmning madaniyat va anʼanalarga taʼsiri[tahrir | manbasini tahrirlash] 
Rohiblar Xaynsada kechki ibodatdan soʻng oʻz xonalariga tushishadi. 
Koreya madaniyati buddizmdan chuqur taʼsirlangan, chunki buddizm Koreya 
madaniyatining oʻziga xos jihatiga aylanib ulgurgan edi, shu jumladan, buddist 
boʻlmagan koreyslar tomonidan amal qiladigan dunyoviy koreys anʼanalari ham 
buddizm qoidalariga asoslangan
[14]
. 2005-yilda hukumat tomonidan oʻtkazilgan 
soʻrovlar shuni koʻrsatdiki, janubiy koreyaliklarning chorak qismi buddizm diniga 
eʼtiqod qiladi. Biroq, Janubiy Koreyadagi buddistlarning haqiqiy soni noaniq, 
chunki nasroniy aholidan farqli oʻlaroq, buddistlarni aniqlashning aniq yoki 
eksklyuziv mezonlari mavjud emas. Buddizmning anʼanaviy koreys madaniyatiga 
qoʻshilishi sababli u rasmiy din emas, balki falsafa va madaniy asos deb qaraladi. 
Natijada, oʻsha hududdagi aholidan boshqa koʻplab odamlar ham buddizm taʼsir 
etgan ayrim anʼanalarga rioya qiladigan boʻlganlar. Shunday qilib, dunyoviy 
dindorlar yoki boshqa dinlarga ergashmaydigan eʼtiqod taʼsirida boʻlganlarni 
hisobga olsak, Janubiy Koreyada buddistlar soni ancha koʻp deb hisoblanadi
[14]



Xuddi shunday, Shimoliy Koreyada buddistlar aholining 4,5 % ni tashkil qilsalar, 
aholining ancha katta qismi (70 % dan ortigʻi) buddist falsafasi va urf-odatlari 
taʼsiridagi ateistlardan iborat
[15][16]

Buddizm Koreyaga 372-yilda
[17]
, tarixiy Sidxarta Gautama (buddizm asoschisi) 
vafotidan taxminan 800 yil oʻtgach, Sobiq Qin shahridan (Shimoliy Xitoyning IV 
asrdagi davlati) kirib kelgan. Bu davrda mahalliy din shamanizm keng kurtak 
yozgan edi. Samguk yusa va Samguk sagi qadimiy yozuvlarida 4-asrda Uch 
shohlik davrida Koreyaga buddist taʼlimotini yoki Dxarmani birinchi boʻlib olib 
kelgan 3 rohibni qayd etiladi, bular: Malananta — Xitoy janubidagi Serindiya 
hududidan kelgan hind buddist rohibi; Sundo — Sharqiy Jin sulolasi davrida 
milodiy 384-yilda Janubiy Koreya yarimorolidagi Baekje qirolligida buddizmni 
rivojlantirgan rohib; Ado — shimoliy Xitoy davlatidan boʻlgan rohib Sobiq Qin 
davrida milodiy 372-yilda Markaziy Koreyadagi Silla shahriga va Shimoliy 
Koreyadagi Goguryeoga buddizmni olib kelgan rohib
[18][19]
. Tabiatga sigʻinish 
buddizm urf-odatlariga zid boʻlmaganligi sababli, shamanizm tarafdorlari 
tomonidan oʻz dinlariga qoʻshilishga ruxsat berilgan. Shunday qilib, buddizmgacha 
boʻlgan davrda shamanistlar ruhlar qarorgohi deb hisoblagan togʻlar keyinchalik 
buddist ibodatxonalari joylashgan joyga aylandi. 
Garchi u dastlab Goryo (918—1392) davrida davlat mafkurasi sifatida qoʻllab-
quvvatlangan boʻlsa ham, Koreyadagi buddizm Choson (milodiy 1392—1897) 
davrida besh yuz yildan ortiq davom etgan qattiq repressiyaga uchradi. Bu davrda 
neo-konfutsiylik buddizmning oldingi hukmronligini yengib chiqdi. Buddist 
rohiblar Yaponiyaning Koreyaga bosqinini qaytarishga yordam berganidan 
keyingina (1592—1598) buddistlarni taʼqib qilish toʻxtatildi. Koreyada buddizm 
1910-yildan 1945-yilgacha davom etgan mustamlakachilik davrida mavqei biroz 
mustahkamlandi, Choson davrining oxirigacha oʻzining ommaviyligini saqlab 
qoldi. Biroq, bu buddist rohiblar nafaqat 1945-yilda yapon hukmronligiga chek 
qoʻyishdi, balki oʻzlarining anʼanalari va amaliyotlarini isloh qilish orqali 
oʻzlarining oʻziga xos va alohida diniy oʻziga xosliklarini namoyon etdilar. Ular 
koʻplab buddist jamiyatlariga asos soldilar va rohiblarning yosh avlodi Mingung 
Pulgyo yoki „xalq uchun buddizm“ mafkurasini yaratdilar. Bu mafkuraning 
ahamiyati shundaki, u oddiy erkaklarning kundalik masalalariga eʼtibor bergan 
rohiblar tomonidan yaratilgan
[20]


Download 55.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling