12-Seminar Mavzu: Koreya san’ati va tarixi Koreyaning anʼanaviy madaniyati


Download 55.75 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana23.06.2023
Hajmi55.75 Kb.
#1651646
  1   2   3
Bog'liq
12-Seminar



12-Seminar 
Mavzu: Koreya san’ati va tarixi 
Koreyaning anʼanaviy madaniyati Koreyaning 1945-yilda boʻlinishidan 
oldingi Koreya va janubiy Manchuriyaning umumiy madaniy va tarixiy merosini 
oʻz ichiga oladi. Manjuriya Shimoliy-sharqiy Osiyodagi qadimiy geografik va 
tarixiy mintaqa, jumladan, Xitoy va Rossiya kabi mamlakatlar hududining maʼlum 
bir qismidan tashkil topgan hududdan iborat edi. Dunyodagi eng qadimgi uzluksiz 
madaniyatlardan biri sifatida koreyslar oʻzlarining anʼanaviy rivoyatlarini naʼmuna 
qilib koʻrsatadilar
[1][2][3]

XX asrning oʻrtalaridan boshlab Koreya hududi Shimoliy Koreya va Janubiy 
Koreya davlatlari oʻrtasida boʻlinib ketdi, natijada bugungi kunda ham kuzatilishi 
mumkin boʻlgan bir qator madaniy farqlar paydo boʻldi
[4][5][6]
. Choson 
sulolasidan oldin koreys shamanizmi koreys madaniyatida chuqur ildiz otgan 
edi
[7][8]

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash] 
Tung-i xalqi (soʻzma-soʻz tarjima qilganda „sharqiy kamonchilar“ maʼnosini 
bildiradi) miloddan avvalgi uchinchi ming yilliklarda Manjuriya hududida 
istiqomat qilgan. Mazkur xalqning urf-odatlari hozirgi Shimoliy Koreya odatlariga 
mutanosib. Afsonaga koʻra, Hvanung ismli mavjudot osmondan yerga tushib, u 
yerda odam boʻlishni xohlaydigan yoʻlbars va ayiqni uchratgan. Faqat ayiqning 
xohishi amalga oshadi va Hvanung keyinchalik shu odamga aylangan ayiqqa 
turmushga chiqadi. Ikkalasining Dangun ismli oʻgʻli boʻlib, u miloddan avvalgi 
2333-yilda Koreyaning birinchi hukmdori sifatida taxtga oʻtiradi. Aytishlaricha, bu 
afsonaviy podshohning avlodlari qirollikni 1000 yildan ortiq vaqt davomida 
boshqarib kelishgan. 
Koreyaning mahalliy qabilalariga xitoylik muhojirlarning uzluksiz kelib qoʻshilishi 
tufayli butun yarim orol Vi Man afsonalarida aks ettirilganidek aralash aholi 
koʻrinishini oladi. Immigrant xalqlar koreys madaniyatini turli oqimlariga taʼsir 
o‘tkazadilar, masalan, shamanizm va xitoy xalqlari taʼsirida koreys madaniyatida 
turli oʻzgarishlar yuz beradi. 
Shuningdek, koʻplab sohalardagi fikrlar va dunyoqarash qadimgi shamanizmga 
moslashib ketgan boʻlsa ham, konfutsiylikning koreyslar tomonidan chuqur 
oʻzlashtirilishi, ular hayotining barcha jabhalariga oʻz taʼsirini oʻtkazmay 
qolmaydi. 
Bugungi kunga qadar Koreya xalqi oʻziga xos koʻplab qadriyatlarini saqlab 
qolganlar, garchi ular zamonaviy Gʻarb taʼsiri asosan Amerika urf-odatlari 
aralashuvi ostida yoʻq boʻlib ketayotgangdek koʻrinsa ham, ayrim koreys oilalari 
hali-hanuz milliy urf-odatlarga xos tarzda hayot kechiradilar. 
Janubiy Koreya madaniyati[tahrir | manbasini tahrirlash] 


Dancheong dekorativ rasmli katta baraban 
Janubiy Koreyaning zamonaviy madaniyati Koreyaning ilk ko‘chmanchi qabilalari 
orasida keng tarqalgan anʼanaviy madaniyatdan kelib chiqqan. Minglab yillar 
davomida qadimgi Xitoy koʻchmanchilari taʼsirida oʻzgarishlarga uchragan 
qadimiy Koreya madaniyatini saqlagan Janubiy Koreya, 1945-yilda Koreya 
boʻlinganidan beri Shimoliy Koreya madaniyatidan ancha uzoqda boʻlgan oʻz 
madaniy rivojlanish yoʻlini saqlagan holda shimoldan ajralib chiqdi. Janubiy 
Koreyaning, 
ayniqsa Seulning sanoatlashtirilishi (mamlakat 
yoki 
mintaqada 
sanoatning 
keng 
miqyosda 
rivojlanishi), urbanizatsiyalashishi (aholining 
shaharlarga 
koʻchib 
oʻtishi) 
va gʻarblashuvi (gʻarb 
madaniyatining 
oʻzlashtirilishi) koreys xalqining hayotida tub oʻzgarishlar paydo qildi. Iqtisodiyot 
va turmush tarzining o‘zgarishi aholining yirik shaharlarda to‘planishiga 
(qishloqlari aholisining kamayishiga) olib keldi. Ko‘p avlodli uy xo‘jaliklari kichik 
oilalarga (ota-ona va ularning farzandlaridan iborat) ajraladi. Bugungi kunda 
koreys madaniyatining koʻplab elementlari, ayniqsa ommabop madaniyati butun 
dunyo boʻylab tarqaldi va dunyodagi eng koʻzga koʻringan madaniy kuchlardan 
biri hisoblanadi
[9][10][11][12]

Shimoliy Koreya madaniyati[tahrir | manbasini tahrirlash] 

Download 55.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling