12-Seminar Mavzu: Koreya san’ati va tarixi Koreyaning anʼanaviy madaniyati
Download 55.75 Kb. Pdf ko'rish
|
12-Seminar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Taviriy sanʼat
Raqs va jang sanʼati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Jinju geommu Koreyada saroy raqsi va xalq raqsi oʻrtasida farq bor. Keng tarqalgan saroy raqslari — ziyofatlarda ijro etiladigan jeongjaemu (정재무) va koreyslarning Konfutsiy marosimlarida ijro etiladigan ilmu (일무) kabilar keng tarqalgan. Shuningdek, Jeongjaemu mahalliy raqslarga (향악정재, hyangak jeongjae) va Oʻrta Osiyo va Xitoydan olib kelingan shakllari ham mavjud. Ilmu fuqarolik raqsi (문무, munmu) va harbiy raqsga (무무, mumu) ham koreyslarning milliy raqslari sirasiga kiradi. Koreyaning koʻplab mintaqalarida koʻplab niqob dramalari va niqobli raqslar ijro etiladi [21] . Anʼanaviy kiyim — bu genja, bu ayollar bayramlarda kiyadigan maxsus kiyimi boʻlib, raqslarda ayollar shu libosda boʻladilar. mazkur libosning yoqa qismida bir nechta pushti rangdagi naqshlar tasvirlangan boʻladi. Toʻy raqslarining anʼanaviy xoreografiyasi koʻplab zamonaviy spektakllarda oʻz aksini topgan. Mamlakatdagi kuchli raqs anʼanasi bugungi kungacha davom etmoqda, soʻnggi bir necha oʻn yilliklar davomida koʻplab raqs guruhlari tashkil topgan. Taekkyon, anʼanaviy koreys jang sanʼati, klassik koreys raqsida asosiy markaziy oʻrinni egallaydi. Taekkyon yaxlit harakatning toʻliq tizimi boʻlib, Koreyaning niqob, raqs va boshqa anʼanaviy sanʼat turlariga moslashgan asosiy texnikasini oʻzida namoyon etadi. Taekvondo, koreys jang sanʼati ham 1940-yillarda Koreyada rivojlana boshlagan. Taviriy sanʼat[tahrir | manbasini tahrirlash] V asrda Koreyada otda turib kamondan otish Koreya yarim orolida topilgan eng qadimgi rasmlar tarixiy davrlarning petrogliflaridir. Buddizmning Hindistondan Xitoy orqali kirib kelishi bilan tasviriy sanʼatning turli usullar joriy etildi. Ushbu texnikalar tezda anʼanaviy tasviriy sanʼatga moslashib ommalashib ketdi. Ammo, mazkur usullar mahalliy texnikalarni ham oʻzida saqlab qoldi. Ular orasida Goguryeo qabrining devoriy suratlari ham bor edi. Koʻpgina qabrlar ichidagi bu devor rasmlari qadimgi Goguryeo xalqining marosimlari, urushlari, meʼmorchiligi va kundalik hayoti haqida bebaho tushunchalar beruvchi qadimiy artefaklar hisoblanadi. Goguryeoning vorisi boʻlgan Balxae qirolligi anʼanaviy Goguryeo elementlarining katta qismini oʻzlashtirgan [22] . Tabiiy landshaftlar, gullar va qushlar kabi mavzular Koreyada mashhur boʻlgan va oʻz oʻrnida naturalizmga moyillik belgilari yaqqol sezilib turgan. Murakkab eng keng tarqalgan materiallar tut qogʻoziga yoki ipak hisoblangan. XVIII asrda mahalliy xalq texnikasi, xususan, xattotlik va muhr oʻymakorligida ilgʻor oʻzgarishlar yuz bergan. Choson davrida koreys rangtasvir sanʼatining chaekgeori (kitoblar rasmlari) va munjado (harflar rasmlari) kabi yangi janrlari rivojlanib, koreys madaniyatida kitobga boʻlgan ishtiyoqni va oʻrganishni yanada keng miqyosida rivojlanishiga sabab boʻldi [23][24] . Sanʼat ham anʼanaviy, ham realizm taʼsiri ostida yanada rivojlangan. Misol uchun, Hanning „Temir zavodidagi tanaffus vaqti“ fotografiyasida muskulli erkaklarning ter toʻkayotgani va beton quyish sexida tunuka idishlardan suv ichishi tasvirlangan. Jeong Sonning „Kumgang tog‘idagi Chonnyo cho‘qqisi“ tasviri esa tuman qoplagan baland qoyalardan iborat klassik Koreya manzarasi ifoda etad. Download 55.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling