Reja: Rangli metallar ishlab chiqarish
Download 430.61 Kb. Pdf ko'rish
|
5 maruza. Sanoatda rangli metallar ishlab chiqarish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rangli metallar ishlab chiqarish texnologiyasi. Rangli metallurgiya
1 5-Mavzu: Sanoatda rangli metallar ishlab chiqarish. Reja: 1. Rangli metallar ishlab chiqarish. 2. Gidrometallurgiya va pirometallurgiya usullari yordamida rangli metallar ishlab chiqarish texnalogiyalari. 3. Mis, rux va boshqa rangli metallar ishlab chiqarish texnologiyalari. 4. O‘zbekiston metallurgiya sanoati. O‘zbekistonda rangli metallar ishlab chiqarish. Rangli metallar ishlab chiqarish texnologiyasi. Rangli metallurgiya - rangli metallar rudalarini qazib olish, boyitish, rangli metallar va ularning qotishmalarini eritishni o'z ichiga olgan metallurgiya sohasi. Fizik xususiyatlari va maqsadi bo'yicha rangli metallar shartli ravishda og'ir ( mis , qo'rg'oshin , rux , qalay , nikel ) va yengil ( alyuminiy , titanium , magniy ) ga bo'linadi. Ushbu bo'linish asosida engil metallar metallurgiyasi va og'ir metallar metallurgiyasi farqlanadi. Metallar er yuzida eng ko’p tarqalgan ashyo va materiallardan biridir. Insoniyat bor ekan, har bir soniyada metallarga duch keladi hamda metallarga ehtiyoji hamisha ortib boradi. XXI asrga kelib, odamzot kimyoviy, sintetik moddalarni ko’proq ishlab chiqarmoqda va metallar o’rnini bosib, xalq xo’jaligining ayrim tarmoqlaridan ularni siqib chiqarmoqda. Bu metallarga bo’lgan ehtiyoj kamaymoqda degani emas, balki er yuzasidagi ayrim metallarning kamayib borishi, ularni qazib olish ancha iqtisodiy qiyinchiliklar tug’dirayotgani sababli metallar o’rnini bocuvchi, ekologik toza, arzon va zanglamaydigan materiallar yaratilmoqda. To’g’ri, insoniyat metallarsiz shunday qulaylikka, madaniyat va taraq- qiyotning bunday cho’qqisiga erishmagan bo’lar edi. CHunki turli avtomobillar, mashina mexanizmlari, elektrotexnika, atom yadro energiyasi, koinotning zabt etilishi metallar bilan bog’liqdir. Tosh asridan barcha qurollar, kerakli anjomlar, qurilish materiallari-yu ish dastgohlari, hammasi tosh yoki daraxtdan yasalar edi. Uning o’rniga sekin-asta metallning qo’llanilishi o’z-o’zidan bo’lgani yo’q. Minglab yillar kerak bo’ldi-ki, insoniyat birinchi metalni qo’lga kiritib, hayotiy faoliyati mobaynida ishlatib keldi. Birinchi metall bu mis edi. Insoniyatning tog’u toshlar orasida boshqa metallarga qaraganda misni ajratib olishi unchalik qiyin kechmagan. CHunki ma’lum bo’lgan barcha kimyoviy elementlar ichida faqat 2 ta metall rangli – mis qizil, oltin esa sariq, qolganlarining barchasi deyarli bir xil, ya’ni rangsiz, oq. Aynan qizil rangda bo’lganligi, tosh bilan urib egsa, cho’ziltirsa, ishlov berilsa shakl-shamoyilini o’zgartirganligi uchun ham o’ziga jalb qilgan bo’lsa ajab emas. Misning tori¬lishi, uning keng ko’lamda ishlatilishi, so’ng turli qotishmalar 2 aralash-masi natijasida Bronza raydo bo’lishi, butun dunyoda “Tosh asri” dan keyin “Bronza asri” ning boshlanishiga olib keldi. CHunki Bronzaning kashf etilishi odamzot madaniyatini, yashash tarzini bir necha rog’ona ko’tarib yubordi. Arxeologlarning olib borgan tadqiqotlari shuni ko’rsatdiki, miloddan oldingi 6500– 5700-yillarda mis eritib olingan. Ayrim arxeolog olimlar va tarixchilarimiz undan ham oldin mis eritib olin¬ganligi haqida fikr yuritmoqda. Keyingi topilgan metalllar – bu oltin va kumushdir. Misga qaraganda yanada yaltiroq, chiroyli, oson mexanik ishlov berilsa, o’z shaklini o’zgartira oladigan bu ikkala metallning ocon kashf etilishiga sabab ularning tabiatda sochma holda uchrashidir. To’rtinchi metall bu temirdir. Insoniyat tarixining ma’lum bosqishi “Temir asri” deb nomlanishi bejiz emas. Uning kashf etilishi miloddan oldingi 2500–2000- yillar deb, taxmin qilinmoqda. Albatta, bunga tog’lardagi temirning sof magnetit holida uchrashi va uning keng tarqalganligi sabab bo’lgan. Ayrim metallar o’zining turli xususiyatlari bilan boshqalardan ajralib turadi, masalan, eng qiyin eriydigan, elektr tokini yaxshi o’tkazadigan, zichligi eng kam, eng og’ir va hokazolar. SHunday ekan, ba’zi qiziquvchi kimyogarlar uchun ayrim metallar haqida fikr yuritamiz. Eng yuqori elektr tokini o’tkazuvchi metall bu kumushdir. Keyingi o’rinda mis, oltin, alyuminiy va temirlar turadi. Metallurgik ishlab chiqarishning asosiy yakuniy vazifasi, metallarni toza metall yoki kimyoviy birikma ko‘rinishda, qayta ishlanayotgan xomashyodan olishdir. Amaliyotida bu vazifa xomashyo tarkibidagi qimmatbaho moddani bo‘sh porodadan, mahsus jarayon va usullarni qo‘llab, ajratib olish yo‘li bilan echiladi. Mahsus jarayonlar va usullar metallurgik ajarayonlar deb nomlanadi. Murakkab polimetallik xomashyodan yuqori tozalikdagi metallarni olish uchun bitta metallurgik jarayon yoki bitta metallurgik dastgohni qo‘llash etarli emas. Bu vazifani echish uchun, ketma-ket bir nechta jarayonlarni qo‘llab, qayta ishlanadigan xomashyodan komponentlarni bosqichma-bosqich bir – biridan, ajratib olish talab etiladi. Barcha qo‘llanildigan metallurgik jarayonlarning kompleksi (tayyorlovchi, yordamchi va asosiy jarayonlar) uchastka, bo‘lim, sex yoki umumiy korxonaning texnologik sxemasini shakillantiradi. Masalan, rangli metallurgiyaning barcha korxonalari ko‘p bosqichli texnologik sxemalar bilan tavsiflanadi. Metallurgik jarayonlarning asosida, qayta ishlanayotgan xomashyoni bir- biridan tarkibi va fizikaviy xossalari bo‘yicha farqlanadigan, ikki, uch ayrim holatlarda undan ko‘p fazalardan tashkil topgan, geterogen sistemaga o‘tqazish yotadi. Hosil bo‘lgan fazalardan bittasi, ajratib olinadigan qimmatbaho modda (metall) bilan boytilishi va unsur elementlar bo‘yicha qambag‘allashishi lozim, qolgan fazalar esa aksi qimmatbaho modda bo‘yicha kambag‘allashishadi. Hosil 3 bo‘ladigan fazalarning fizikaviy hossalarini (agregat holati, zichligi, o‘zaro namlanuvchanligi, uchuvchanligi va h.) farqi, komponentlarni bir-biridan soda usullar bilan (tindirish, filtrlash va h.) ajratib olishni ta’minlashi kerak. Metallurgik ishlab chiqarishning amaliyotida quyidagi fazalar kombinatsiyasi keng tarqalgan: G+S; G+Q; S+S; S+Q; G+S+S; G+S+Q, bu erda “G”, “S”, “Q” harflari bilan gaz, suyuq va qattiq fazalar belgilangan. G+S va G+Q fazalarda gaz, suyuq va qattiq fazalarning zichliklari farq qilishi sababli, ularni bir birida oddiy tindirish usuli bilan ajratib olish mumkin. Agar gazlarada gaz fazasida qattiq faza juda mayin dispers ko‘rinishda bo‘lsa, tindirish usuli bilan fazalarni ajratib olishi juda sekin boradi, bu holda mahsus usullardan fodylaniladi, masalan chang tutish. S+S fazalar bir-biridan tindirish yoki sentrifugirlash (sentrifugirovanie) usulida ajratib olinishi mumkin. S+Q tizmi uchun, fazalarni bir-biridan ajratib olish uchun tindirish yoki filtrlash jarayonlarni qo‘llash mumkin. G+G fazalar kimyoviy texnolgiya usullaridan foydalanib ajratiladi, Q+Q fazalar esa boyitish usullari bilan ajratib olinishi mumkin. Download 430.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling