Reja: Rangli metallar ishlab chiqarish


O`zbekistonda qimmatbaho, rangli va noyob metallarni ishlab chiqarish


Download 430.61 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana26.01.2023
Hajmi430.61 Kb.
#1126854
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5 maruza. Sanoatda rangli metallar ishlab chiqarish

O`zbekistonda qimmatbaho, rangli va noyob metallarni ishlab chiqarish. 


11 
Oltin va qumush sanoati. Oltin - inson tomonidan ochilgan birinchi metall. 
Oltinning ko`pgina miqdori Misrda Messopotamiya daryosi atrofi va Hindiston, 
shuningdek Osiyo mamlakatlarida eramizdan avvalgi 5- minginchi yillardan 
boshlab qazib olinar edi. 
O`zbekiston hududida ham oltin juda qadimdan qazib olina boshlangan. 
Avvalgi ma`dan qazuvchilarni mahorati yuqori darajaligiga guvoh - bu qazilma 
manbalardan IX-XII asrlarda 500 ming tonna oltin tutgan ma`danlar qazib 
olinganligini ko`rsatuvchi tarixiy inshootlarni topilganligidir. Ularni o`rganish 
o`sha davrlardagi manbalarda ventilyasiya va suv quyish tizimlari ancha 
mukammalligini va ishlovchilar ma`danlarni moddiy tarkibini yaxshi bilganlarini, 
shuning uchun er ostida oltinni navlarga ajratishni yaxshi olib borganlarini 
ko`rsatdi. 
Mamlakatimizda oltin qazib olish ishlari 1960 yillardan keyin keng yoyildi. 
Toshkent, Buxoro, Samarqand va Namangan viloyatlarida qator konlar ochildi. 
1965 yilda mamlakatda birinchi oltin qazib olish korxonasi - Namangan 
viloyatining Chodak tog` jinslarini boyitish kombinati qurila boshlandi. U asosan 
Pirmirob va G`o`zaksoy konlari ma`danlarini qayta ishlaydi. 
Qochbo`loq koni Toshkent viloyatining Angren shahari atrofida joylashgan. U 
erdan oltin tutgan flyusli ma`dan Olmaliq mis quyish zavodiga jo`natiladi. Angren 
shaharini o`zida oltin chiqarish fabrikasi ishlaydi. 
Muruntog` konlari asosan 1967-1969 yil ishga tushirilib, tez kunda katta oltin 
qazib olish korxonasiga aylanib qoldi. Bu erda neytral (yombi) oltinlar 
mujassamlangan edi. 
Samarqand viloyatidagi konlar: Zirabuloq, Ziyoutdin tog`larida, Chormiton, 
Marjonbuloq, Sarmich va Qoraqo`tanda joylashgan. 
Qachonlardir qumush oltindan yuqoriroq baholanar va valyuta tizimni asosi 
edi. Hozir esa kumushning oz qismi tanga va taqinchoqlar yasash uchun sarflanadi 
(rivojlangan davlatlarda 20-25%), qolgan qismi esa sanoat ehtiyojini qondirish 
uchun sarflanadi. Qumush asosan elektrotexnika, elektronika, tibbiyot va kino - 
fotosanoatida qo`llaniladi. Plastmassalar bilan qotishmalar, surkovchi moylarsiz 
300
0
S haroratgacha ishlaydigan mashinalarning ishqalanadigan detallarini 
yasashda keng tadbiq qilinadi. Uchadigan qurilmalarda ishlatiladigan qumush 
akqumulyatorlar qimmat, lekin yuqori samarador hisoblanadi. Qumushni ishlab 
chiqarishdan uni ishlatish sur`atlari tezroq o`smokda, shuning uchun uning narxi 
yildan yilga oshib borayotir. Qumush oltin bilan bir qatorda Qizilqumni oltin 
manbalarda uchraydi va hozirgi kunda Muruntog` manbalardan ishlab chiqariladi. 

Download 430.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling