12-umumiy o’rta ta’lim maktabi ma’naviyat va ma’rifat o’quvlari yig’ilishining


Download 40 Kb.
Sana26.12.2022
Hajmi40 Kb.
#1066488
Bog'liq
12-Ma\'naviyat ma\'rifat o‘quv bayonnomalari


12-umumiy o’rta ta’lim maktabi ma’naviyat va ma’rifat o’quvlari yig’ilishining


Bayonnomasi
2022-yil 17-sentyabr Chibog`oni q.q
Yg’ilishda maktab direktori B.Primov, ma’naviy - ma’rifiy ishlar bo’yicha director o’rinbosari Sh.Ne`matov,O`TIBDO’ J.Hayitov va maktab barcha xodimlari ishtirok etishdi.

Kun tartibidagi masala:


1. Jaholatga qarshi marifat” degan ezgu g`oya asosida islom dinining insonparvarlik mohiyatini, tinchlik va dostlik kabi oliyjanob maqsadlarga xizmat qilishi mavzusi haqida


Yig’ilishni maktab direktori B.Primovolib borib yig’ilish kun tartibidagi masala yuzasidan so’zni maktab tarix fani o’qituvchisi B.Togotaroga berdi. B.Togotaroga so’zga chiqib ,Jaholatga qarshi marifat” degan ezgu g`oya asosida islom dinining insonparvarlik mohiyatini, tinchlik va dostlik kabi oliyjanob maqsadlarga xizmat qilishi mavzusida gapirdi davlatimiz rahbari mamlakatimizda “Jaholatga qarshi – ma’rifat” degan ezgu g’oya asosida islom dinining insonparvarlik mohiyatini, tinchlik va do’stlik kabi oliyjanob maqsadlarga xizmat qilishini targ’ib etish kun tartibimizdagi doimiy masalalardan biri ekanini alohida ta’kidladi.


Darhaqiqat, O’zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida diniy qadriyatlarni e’zozlash, islomning chinakam taraqqiyot, ilm-ma’rifat dini ekanini xalqimiz, ayniqsa, ertangi kunimiz bo’lgan yoshlarimizga yetkazib berishga qaratilgan tizimli, salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Islom dini insoniyatni ezgulikka boshlaydi. Haqiqiy musulmon, hadisi shariflarda ta’kidlanganidek, o’zgalarga ozor bermaydigan, o’zidan yaxshilik, ilm-ma’rifat, hidoyat taratadigan insondir. Mazkur haqiqat bugun butun dunyo hamjamiyati anglashi, bag’rikenglik va ahillikni hayotiy mezon sifatida qabul qilishi lozim bo’lgan dolzarb masala hisoblanadi.
“O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev jaholatga qarshi ma’rifat tashabbusi bilan chiqdilar. Bu masalani BMT 72-sessiyasi darajasiga ko‘tardilar. Sessiya ishtirokchilariga "Ma’rifat va diniy bag’rikenglik" deb nomlangan maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish murojaatida“bu hujjatning asosiy maqsadi – barchaning ta’lim olish huquqini ta’minlashga, savodsizlik va jaholatga barham berishga ko’maklashishdan iborat”, degan edilar. Darxaqiqat, dunyo miqyosida hukm surayotgan tahlikali vaziyat, xalqaro ekstremizm, diniy qarama-qarshilik kuchayib borayotgani, yoshlarni turli diniy ekstremistik oqimlar ta’siridan asrash masalasi barchamizni xavotirga solmoqda. Bugungi kunda yurtimizda “Jaholatga qarshi ma’rifat” g’oyasi asosida jamiyatda uzluksiz ma’naviy-ma’rifiy tarbiya va targ’ibot-tashviqot ishlarini olib borish hususan yoshlar oila, mahalla, ta’lim muassasalari va mehnat jamoalarida ijtimoiy-ma’naviy muhitni o’rganish va sog’lomlashtirishga qaratilgan bir qancha tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda, deya o’z fikrlarni aytib o’tdi.

Ko’rib chiqilgan masala yuzasidan yig’ilish qaror qiladi:


1. Jaholatga qarshi marifat” degan ezgu g`oya asosida islom dinining insonparvarlik mohiyatini, tinchlik va dostlik kabi oliyjanob maqsadlarga xizmat qilishi mavzusi haqida o’tkazilgan yig’ilish qoniqarli deb topilsin.


2.Maktab o’quvchilari o’rtasida “Jaholatga qarshi marifat “ mavzularida davra suhbatlarini o’tkazib boorish barcha sinf rahbarlar zimmasiga yuklatilsin.


3.Ushbu qarorlar bajarilishini nazorat qilishni o’z zimmamda qoldiraman.

Yig’ilish raisi: B.Primov


Yig’ilish kotibi: G.Ismatova
Download 40 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling