123 “xorаzm mаrkаziy osiyo sivilizаtsiyasi tizimidа


SO‘NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana17.06.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1521808
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Aniyozov Jasur Xurmatovich

SO‘NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI 
respublika ilmiy-uslubiy jurnali 
127 
haykalcha topilgan. Toshqalʼadagi dastlabki izlanishlar natijasida S.R.Baratov 
ganchdan ishlangan bezak namunalarini aniqlagan.
Xorazmda shaharsozlikning shakllanishi va rivojlanishida muhim omillardan biri – 
hunarmandchilik boʼlib, uning taraqqiy etishi natijasida tasviriy sanʼat, jumladan 
rangtasvir va haykaltaroshlik rivojlangan. Аrxeologik tadqiqotlar davrida koʼplab 
tasviriy sanʼat namunalarining topilishi Xorazmda shaharsozlik madaniyati yuksak 
taraqqiy etganidan dalolat beradi. 
Xorazm yozuvi masalasida olimlar turlicha fikrlarni bildiradilar. Jumladan, bir 
guruh olimlar Xorazm yozuvi Qadimgi Xorazm davlati bilan bir vaqtda miloddan 
avvalgi VIII-VII asrlarda shakllangan desa, bir guruh olimlar Xorazm hududida 
topilgan eng qadimgi yozuv namunasiga qarab miloddan avvalgi V-IV asrlarga oid 
deydilar yaʼni, hozirgi Oyboʼgʼirqalʼa (Qoraqalpogʼiston Respublikasi Ellikqalʼa 
tumanida joylashgan) yodgorligidan topilgan va shu asrlarga oid yozuv hozirlikcha 
Oʼrta Osiyo miqyosida eng qadimgi yozuv namunasi hisoblanadi [Livshits V.А., 
Mambetullaev M.M.: 42; Mambetullaev M.M., 1990:128]. 
Xorazm yozuvining shakllanishi va rivojlanishi davri taxminan quyidagi 
bosqichlarni oʼz ichiga oladi: 
1. Mil.avv. VIII-IV asrlar. 
2. Mil.avv. IV - milodiy III asrlar. 
3. III-VIII asrlar.
4. VIII-XI asrlar.
Qadimgi Xorazm yozuvi oromiy yozuvi asosida vujudga kelgan boʼlib, faqat 
oromiy yozuvidagi 22 ta harf oʼrniga 20 ta xarf ishlatilgan. Qadimgi Xorazm yozuvi 
haqida oʼrta asrlar olimlaridan Аbu Rayxon Beruniy va XIII asr fiqxshunos olimi 
Najmiddin al-Haziniy asrlarida maʼlumotlar berib oʼtganlar. Аrxeologik tadqiqotlar 
davomida Xorazmning Tuproqqalʼa, Qoʼyqirilganqalʼa, Xumbuztepa, Mizdaxqon, 
Oyboʼgʼirqalʼa yodgorliklaridan qadimgi Xorazm yozuvi namunalari topib oʼrganilgan. 
Xorazm tili va yozuvini oʼrganish ishiga А.А.Freyman, I.M.Oranskiy, Z.Xertsfelьd, 
S.L.Volin, V.Livshits, M.Ishoqov kabi olimlar katta hissa qoʼshganlar.
Xorazm tili va yozuvi qoʼshni mamlakatlar xalqlari va uzoq – yaqindan kelgan 
bosqinchilarning tili va yozuvi taʼsirida biroz oʼzgarib, inqiroz va yuksalish 
bosqichlarini boshidan kechirdi. Аyniqsa, arablar istilosi unga halokatli zarba berdi. 
А
mmo, xorazmiy tilini oʼrganish borasida olib borilgan tadqiqotlar xorazm tilining oʼzi 
ham turli sabablarga koʼra boshqa xalqlar tillari rivojiga taʼsir qilgan. Bu ayniqsa, 
Xorazmdan shimolda joylashgan hududlarda yashagan xalqlar tillarida kuchliroq 
namoyon boʼladi. 
Shu sababli qadimshunos va adabiyotshunos olimlarning hamkorlikdagi Xorazm 
tili va yozuvi, uning noyob yodgorliklarini oʼrganish borasidagi tadqiqotlarni davom 
ettirishlari hamda bu sohada hali juda koʼp tadqiqotlar olib borishlari lozimki, bu 
tadqiqotlar qadimgi Xorazm tarixining eng muammoli sahifalaridan boʼlgan qadimgi 



Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling