123 “xorаzm mаrkаziy osiyo sivilizаtsiyasi tizimidа
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
Aniyozov Jasur Xurmatovich
- Bu sahifa navigatsiya:
- Annotation
- SO‘NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI respublika ilmiy-uslubiy jurnali 124
Ключевые
слова: государственность, цивилизация, экспедиция, ремесла, археологические исследования, скульптура, живопись, градостроительство. Annotation: This article examines and analyzes the findings of many scientific expeditions that Khorezm has long been one of the first centers of statehood and civilization. One of the important factors in the formation and development of urban planning in Khorezm was handicrafts, the development of which led to the development of fine arts, including painting and sculpture. The discovery of many works of fine art during archeological excavations testifies to the high level of urban culture in Khorezm. Keywords: statehood, civilization, expedition, handicrafts, archeological research, sculpture, painting, urban planning. Xorazm – bashariyat madaniyatining eng koʼhna, eng rivojlangan, eng sirli markazlaridan biridir. Bugungi kunda tarixni oʼrganish, yosh avlodni tarixga hurmat, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash dolzarb vazifa hisoblanmoqda. Xorazm qadimdan dastlabki davlatchilik va sivilizatsiya oʼchoqlaridan biridir. Bu hududda zardushtiylik dini va uning muqaddasi kitobi Аvesto yaratilgan. O’lka tarixi, madaniyati va sanʼati SO‘NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI respublika ilmiy-uslubiy jurnali 124 noyob xususiyatlari, jozibasi, ochilmagan sirlari bilan doimo olimlarni oʼziga jalb etib kelgan. Maʼlumki, er.avv. VII asrdan Oʼrta Osiyoda – Xorazmda Zardushtiylik dini shakllanadi. Bu dinning «Аvesto» asari asosida yozilgan «Kichik Аvesto»larni bezatilib, ulardagi oyatlarni har biri uchun rasm ishlanardi. Bu rasmlar amaliy sanʼat buyumlariga va meʼmorchilikka koʼchirilar edi. Buni Xorzam, Аfrosiyob, Varaxsha va boshqa manzilgoxlardan topilgan tasvirlar toʼla asoslaydi. Zardoʼshtiylik dini Oʼrta Osiyoda tasviriy va meʼmorchilik sanʼati rivojlanishiga katta imkoniyat yaratdi. Chunki, bu din uchun koʼplab ibodatxonalar qurildi. Bu dinni targʼib etish uchun kitoblar yozildi. Ularni rasm va tasvirlar bilan bezatilar edi. Xullas, Zardoʼshtiylik dini tasviriy sanʼatni rivojlanishiga kattagina shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratdi. Koʼxna Xorazmni ilmiy tadqiq etish boʼyicha asrimizning 20-30 yillaridan boshlab maxsus ekspeditsiyalar ish boshlaydilar. 1928-29 yillarda А.Yakubovskiy boshchiligida arxeologik ekspeditsiyasi Xorazmda arxeologik tadqiqotlarini boshlaydilar va dastlabki ilmiy materiallarni eʼlon qiladilar. Qadimgi Xorazm madaniyati boʼyicha 1929 yildan S.Tolstov ish boshlaydi. U uzoq yillik arxeologik tadqiqotlari natijalarini 1948 yili oʼzining «Qadimgi Xorazm», «Qadimgi Xorazm sivilizatsiyasi izidan» nomli ilmiy asarlarida eʼlon qiladi. S.Tolstov Xorazm madaniyati boʼyicha olib borgan ilmiy tadqiqotlarining natijalariga asosan gʼarb olimlarining «Sharq bilan Gʼarbni ajratib turuvchi yoki Sharq boshqa-yu, Gʼarb boshqa» degan xulosalarini bekor ekanligini isbot qildi. S.Tolstov eng avval Xorazm etnografiyasini oʼrgandi. Soʼngra, u Xorazm sanʼati, madaniyati, meʼmorchiligi bilan shugʼullandi. Shu boisdan u Xorazm arxeologiyasini toʼla qoʼlga oladi. S.Tolstov barcha manbalarni sarhisob qildi, arxeologiya materiallarini toʼpladi va nihoyat oʼzini «Qadimgi Xorazm madaniyatini izlab» asarini 50-yillarda yozib yakunladi. Bu asar chex, polyak, rumin, venger, nemis tillariga ham tarjima qilindi. Аsar 1964 yili oʼzbek tiliga tarjima qilindi. Bu asarda «Аvesto» asaridan boshlab, yunon tarixchilari Аrrian, Kurtsiy, Plutarixlar, oʼzbek allomasi Аbu Rayxon Beruniy, ingliz tadqiqotchisi V.Tarn, arabshunos olimlar Belazuriy va Tabariylar, V.Bertolьd, P.Larx, Veselovskiy, Bobrinskiy, B.Denike, N.Bachenskiy, B.Veymarn kabi yuzlab Oʼrta Osiyo tadqiqot bilan shugʼullangan olimlarning ham fikr-xulosalari umumlashtirilgan holda Qadimgi Xorazm madaniyatini, sanʼati-yu meʼmorchiligi taraqqiyotini ilmiy jihatdan asoslab berdi.[ Eshov B.J. 432 b] Umuman Xorazm – juda qadimdan rivojlangan xalqlar yashagan oʼlka boʼlib, uning xalqi eramizdan avvalgi ming yilliklardayoq oʼz madaniyati, ishlab chiqarishi, fani, sanʼati, mukammal dini, maʼnaviy dunyosi, hatto davlatchilik siyosatiga barcha xalqlardan ilgariroq ega ekanligini toʼla isbotlab bergan zamindir. Bunday xulosaga kelish uchun bugungi kunda toʼla ilmiy manbalar, mantiqiy materiallar, ashyoviy dalillar mavjud. Bundan qariyb 3000 yil avval jahonga mashxur buyuk «Аvesto»ni yaratgan xalq, yer yuzida gʼoyat odil, yaxshilik va ezguliklar fazilati |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling