123 “xorаzm mаrkаziy osiyo sivilizаtsiyasi tizimidа


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana17.06.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1521808
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Aniyozov Jasur Xurmatovich

Ключевые
слова: государственность, цивилизация, экспедиция, ремесла, 
археологические
 исследования, скульптура, живопись, градостроительство. 
Annotation: 
This article examines and analyzes the findings of many scientific expeditions that 
Khorezm has long been one of the first centers of statehood and civilization. One of the important factors in 
the formation and development of urban planning in Khorezm was handicrafts, the development of which 
led to the development of fine arts, including painting and sculpture. The discovery of many works of fine art 
during archeological excavations testifies to the high level of urban culture in Khorezm. 
Keywords: statehood, civilization, expedition, handicrafts, archeological research, 
sculpture, painting, urban planning. 
 
Xorazm – bashariyat madaniyatining eng koʼhna, eng rivojlangan, eng sirli 
markazlaridan biridir. Bugungi kunda tarixni oʼrganish, yosh avlodni tarixga hurmat, 
vatanparvarlik ruhida tarbiyalash dolzarb vazifa hisoblanmoqda. Xorazm qadimdan 
dastlabki davlatchilik va sivilizatsiya oʼchoqlaridan biridir. Bu hududda zardushtiylik 
dini va uning muqaddasi kitobi Аvesto yaratilgan. O’lka tarixi, madaniyati va sanʼati 


SO‘NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI 
respublika ilmiy-uslubiy jurnali 
124 
noyob xususiyatlari, jozibasi, ochilmagan sirlari bilan doimo olimlarni oʼziga jalb etib 
kelgan. 
Maʼlumki, er.avv. VII asrdan Oʼrta Osiyoda – Xorazmda Zardushtiylik dini 
shakllanadi. Bu dinning «Аvesto» asari asosida yozilgan «Kichik Аvesto»larni bezatilib, 
ulardagi oyatlarni har biri uchun rasm ishlanardi. Bu rasmlar amaliy sanʼat 
buyumlariga va meʼmorchilikka koʼchirilar edi. Buni Xorzam, Аfrosiyob, Varaxsha va 
boshqa manzilgoxlardan topilgan tasvirlar toʼla asoslaydi. Zardoʼshtiylik dini Oʼrta 
Osiyoda tasviriy va meʼmorchilik sanʼati rivojlanishiga katta imkoniyat yaratdi. 
Chunki, bu din uchun koʼplab ibodatxonalar qurildi. Bu dinni targʼib etish uchun 
kitoblar yozildi. Ularni rasm va tasvirlar bilan bezatilar edi. Xullas, Zardoʼshtiylik dini 
tasviriy sanʼatni rivojlanishiga kattagina shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratdi. 
Koʼxna Xorazmni ilmiy tadqiq etish boʼyicha asrimizning 20-30 yillaridan boshlab 
maxsus ekspeditsiyalar ish boshlaydilar. 1928-29 yillarda А.Yakubovskiy boshchiligida 
arxeologik ekspeditsiyasi Xorazmda arxeologik tadqiqotlarini boshlaydilar va dastlabki 
ilmiy materiallarni eʼlon qiladilar. 
Qadimgi Xorazm madaniyati boʼyicha 1929 yildan S.Tolstov ish boshlaydi. U uzoq 
yillik arxeologik tadqiqotlari natijalarini 1948 yili oʼzining «Qadimgi Xorazm», 
«Qadimgi Xorazm sivilizatsiyasi izidan» nomli ilmiy asarlarida eʼlon qiladi. S.Tolstov 
Xorazm madaniyati boʼyicha olib borgan ilmiy tadqiqotlarining natijalariga asosan 
gʼarb olimlarining «Sharq bilan Gʼarbni ajratib turuvchi yoki Sharq boshqa-yu, Gʼarb 
boshqa» degan xulosalarini bekor ekanligini isbot qildi. S.Tolstov eng avval Xorazm 
etnografiyasini oʼrgandi. Soʼngra, u Xorazm sanʼati, madaniyati, meʼmorchiligi bilan 
shugʼullandi. Shu boisdan u Xorazm arxeologiyasini toʼla qoʼlga oladi. S.Tolstov barcha 
manbalarni sarhisob qildi, arxeologiya materiallarini toʼpladi va nihoyat oʼzini 
«Qadimgi Xorazm madaniyatini izlab» asarini 50-yillarda yozib yakunladi. 
Bu asar chex, polyak, rumin, venger, nemis tillariga ham tarjima qilindi. Аsar 1964 
yili oʼzbek tiliga tarjima qilindi. Bu asarda «Аvesto» asaridan boshlab, yunon 
tarixchilari Аrrian, Kurtsiy, Plutarixlar, oʼzbek allomasi Аbu Rayxon Beruniy, ingliz 
tadqiqotchisi V.Tarn, arabshunos olimlar Belazuriy va Tabariylar, V.Bertolьd, P.Larx, 
Veselovskiy, Bobrinskiy, B.Denike, N.Bachenskiy, B.Veymarn kabi yuzlab Oʼrta Osiyo 
tadqiqot bilan shugʼullangan olimlarning ham fikr-xulosalari umumlashtirilgan holda 
Qadimgi Xorazm madaniyatini, sanʼati-yu meʼmorchiligi taraqqiyotini ilmiy jihatdan 
asoslab berdi.[ Eshov B.J. 432 b] 
Umuman Xorazm – juda qadimdan rivojlangan xalqlar yashagan oʼlka boʼlib, 
uning xalqi eramizdan avvalgi ming yilliklardayoq oʼz madaniyati, ishlab chiqarishi, 
fani, sanʼati, mukammal dini, maʼnaviy dunyosi, hatto davlatchilik siyosatiga barcha 
xalqlardan ilgariroq ega ekanligini toʼla isbotlab bergan zamindir. 
Bunday xulosaga kelish uchun bugungi kunda toʼla ilmiy manbalar, mantiqiy 
materiallar, ashyoviy dalillar mavjud. Bundan qariyb 3000 yil avval jahonga mashxur 
buyuk «Аvesto»ni yaratgan xalq, yer yuzida gʼoyat odil, yaxshilik va ezguliklar fazilati 



Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling