123 “xorаzm mаrkаziy osiyo sivilizаtsiyasi tizimidа
SO‘NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
Aniyozov Jasur Xurmatovich
SO‘NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI
respublika ilmiy-uslubiy jurnali 127 haykalcha topilgan. Toshqalʼadagi dastlabki izlanishlar natijasida S.R.Baratov ganchdan ishlangan bezak namunalarini aniqlagan. Xorazmda shaharsozlikning shakllanishi va rivojlanishida muhim omillardan biri – hunarmandchilik boʼlib, uning taraqqiy etishi natijasida tasviriy sanʼat, jumladan rangtasvir va haykaltaroshlik rivojlangan. Аrxeologik tadqiqotlar davrida koʼplab tasviriy sanʼat namunalarining topilishi Xorazmda shaharsozlik madaniyati yuksak taraqqiy etganidan dalolat beradi. Xorazm yozuvi masalasida olimlar turlicha fikrlarni bildiradilar. Jumladan, bir guruh olimlar Xorazm yozuvi Qadimgi Xorazm davlati bilan bir vaqtda miloddan avvalgi VIII-VII asrlarda shakllangan desa, bir guruh olimlar Xorazm hududida topilgan eng qadimgi yozuv namunasiga qarab miloddan avvalgi V-IV asrlarga oid deydilar yaʼni, hozirgi Oyboʼgʼirqalʼa (Qoraqalpogʼiston Respublikasi Ellikqalʼa tumanida joylashgan) yodgorligidan topilgan va shu asrlarga oid yozuv hozirlikcha Oʼrta Osiyo miqyosida eng qadimgi yozuv namunasi hisoblanadi [Livshits V.А., Mambetullaev M.M.: 42; Mambetullaev M.M., 1990:128]. Xorazm yozuvining shakllanishi va rivojlanishi davri taxminan quyidagi bosqichlarni oʼz ichiga oladi: 1. Mil.avv. VIII-IV asrlar. 2. Mil.avv. IV - milodiy III asrlar. 3. III-VIII asrlar. 4. VIII-XI asrlar. Qadimgi Xorazm yozuvi oromiy yozuvi asosida vujudga kelgan boʼlib, faqat oromiy yozuvidagi 22 ta harf oʼrniga 20 ta xarf ishlatilgan. Qadimgi Xorazm yozuvi haqida oʼrta asrlar olimlaridan Аbu Rayxon Beruniy va XIII asr fiqxshunos olimi Najmiddin al-Haziniy asrlarida maʼlumotlar berib oʼtganlar. Аrxeologik tadqiqotlar davomida Xorazmning Tuproqqalʼa, Qoʼyqirilganqalʼa, Xumbuztepa, Mizdaxqon, Oyboʼgʼirqalʼa yodgorliklaridan qadimgi Xorazm yozuvi namunalari topib oʼrganilgan. Xorazm tili va yozuvini oʼrganish ishiga А.А.Freyman, I.M.Oranskiy, Z.Xertsfelьd, S.L.Volin, V.Livshits, M.Ishoqov kabi olimlar katta hissa qoʼshganlar. Xorazm tili va yozuvi qoʼshni mamlakatlar xalqlari va uzoq – yaqindan kelgan bosqinchilarning tili va yozuvi taʼsirida biroz oʼzgarib, inqiroz va yuksalish bosqichlarini boshidan kechirdi. Аyniqsa, arablar istilosi unga halokatli zarba berdi. А mmo, xorazmiy tilini oʼrganish borasida olib borilgan tadqiqotlar xorazm tilining oʼzi ham turli sabablarga koʼra boshqa xalqlar tillari rivojiga taʼsir qilgan. Bu ayniqsa, Xorazmdan shimolda joylashgan hududlarda yashagan xalqlar tillarida kuchliroq namoyon boʼladi. Shu sababli qadimshunos va adabiyotshunos olimlarning hamkorlikdagi Xorazm tili va yozuvi, uning noyob yodgorliklarini oʼrganish borasidagi tadqiqotlarni davom ettirishlari hamda bu sohada hali juda koʼp tadqiqotlar olib borishlari lozimki, bu tadqiqotlar qadimgi Xorazm tarixining eng muammoli sahifalaridan boʼlgan qadimgi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling