123 “xorаzm mаrkаziy osiyo sivilizаtsiyasi tizimidа


SO‘NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana17.06.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1521808
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Aniyozov Jasur Xurmatovich

SO‘NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI 
respublika ilmiy-uslubiy jurnali 
125 
yoʼlini koʼrsatib bergan paygʼambarni tarbiya etgan va dinni ifoda etolgan Xorazm 
jahon tarixida, jahon sanʼati va madaniyati tarixida oʼziga alohida eʼtibor qaratishi va 
alohida oʼrin egallashi muqarrar va ilm qonuniga muvofiq keladigan xulosadir. 
Maʼlumki, Oʼrta Osiyoning dastlabki davlati, «Katta Xorazm» boʼlib, u er.avv. 1-
ming yilliklardayoq shakllanib, hukmronlik qilgan. 
Qadimgi Xorazm ana shu davrgacha oʼzining sanʼati, madaniyati boʼyicha ancha 
rivojlangan boʼlib, bu rivojlanish bu oʼlka xalqiga mukammal din, dunyoviy ilm, yozuv, 
davrga xos jamiyat beradi. Bu oʼlka bundan qariyb 5 ming yillarcha avvaldanoq suvi 
moʼl, yeri saxiy, odamlari yuksak fazilatlar egasi boʼlgan holda, gʼoyat boy, goʼzal, 
chiroyli oʼlka hisoblangan. Shunga koʼra bu oʼlka «Quyosh yurti», «Goʼsht va oʼtinlar 
oʼlkasi», «Quyosh oʼlkasi», «Xuritlar yurti» - degan soʼz va iboralar bilan atalgan. 
Tarix shohidkim, Qadimgi Xorazmda juda koʼp aholi yashagan. Bunga dalil 
sifatida Malox xudosi diniga qarshi koʼtarilgan qoʼzgʼolonchilardan 55 minggi qatl 
qilinadi. Shuncha qoʼzgʼolonchisi boʼlgan shaharda qancha aholi yashashini mantiqan 
oʼylash yetarlidir. Xalqi gʼoyat koʼpaygan Xorazm sanʼati ham beqiyos oʼsgan, 
rivojlangan. Shunga koʼra meʼmorchilik ham juda kuchli taraqqiyot yoʼlini bosib oʼtadi. 
Bunga zamondoshlarimiz olib borgan arxeologik tadqiqotlar guvohlik beradi. 
Xorazm boʼylab oʼtkazilgan arxeologik izlanishlar natijasida Guldursun, 
Koʼhnavoz, Pilqalʼa, Bozorqalʼa, Qoʼrgʼoncha qalʼa, Аyozqalʼa, Tuproqqalʼa, 
Jonbosqalʼa, Qoʼyqirilgan qalʼa, Tuqqalʼa, Guvurqalʼa kabi yuzlab qadimiy shaharlar 
topildiki, ulardagi meʼmorchilik, amaliy va haykaltaroshlik sanʼati beqiyos 
rivojlanganligidan dalolat beradi. Qadimgi Xorazm sanʼati va meʼmorchiligi tarixi 
haqida «Kaltaminor», «Tozabogʼyob», «Suyorgʼon», «Аmirobod», «Jetisor», 
«Kanguy», Аmudaryo boyligi, madaniyati va «Beshtepa», «Qoratepa», «Аrfa 
chaluvchi», «Yoʼlbars», «Qirgʼovul» «Ot tuyogʼi», «Yoʼlbars panjasi», «Kohin haykali», 
«Odam tasviri», «Qorovul haykali», «Qizil bosh», «Vzamir qalligʼi», rangli naqshlar 
«Rangli byust» yoki «Chirikrabot», «Qoʼyqirilgan kalʼa», «Аyozqalʼa», «Tuproqqalʼa», 
«Teshikkalʼa» kabi badiiy-madaniy yodgorliklari juda katta ilmiy maʼlumotlar beradi. 
[S.Tolstov. 1964 y.]. 
Bu oʼrinda ―Xorazm atamasining kelib chiqishi haqida ham toʼxtalib oʼtish 
lozim. X.Matyoqubovning umumlashma tadqiqotlarida keltirilishicha olimlarning katta 
guruhi ―Xorazm atamasining ikkinchi komponenti ―Zmi‖, ―Zam‖ni hind-yevropa 
tillariga mansub ―Zemo‖ – yer, oʼlka, mamlakat maʼnosini beradi, degan xulosaga 
kelganlar. Soʼzning birinchi komponentiga kelganda olimlar fikridagi yakdillik yoʼqoladi 
va turlicha – ―Ozuqaga boy mamlakat‖, ―unumdor yer‖, ―goʼzal mamlakat‖, 

unumsiz, yomon yer‖, ―quyoshli yoki sharqiy oʼlka‖, ―sharqiy zamin‖, ―kunchiqar 
mamlakat‖, ―yaxshi qoʼrali yer‖, ―ajoyib qalʼali oʼlka‖, ―mustahkam qoʼrgʼonli 
diyor‖, ―suv (daryo) odamlari‖, ―suv egalari‖ kabi koʼplab shakllarda talqin etiladi [ 
Matyakubov: 19]. Demakki, ushbu atama yuzasidan bahsmunozaralar hanuz davom 
etmoqda. 



Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling