123 “xorаzm mаrkаziy osiyo sivilizаtsiyasi tizimidа


SO‘NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana17.06.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1521808
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Aniyozov Jasur Xurmatovich

SO‘NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI 
respublika ilmiy-uslubiy jurnali 
126 
XXI asrning boshlarida, Xorazm vohasi bronza davri sugʼorilishi tarixi masalasi 
tadqiqotchilar tomonidan qayta koʼrib chiqildi. А.А.Аsqarov, S.P.Tolstov asarlarida 
ruyobga chiqarilgan ilmiy farazlar va xulosalarni qiyosiy tahlil asosida oʼrganib chiqib, 
S.P.Tolstovning baʼzi bir ilmiy farazlari va xulosalari yangi arxeologik maʼlumotlarga 
koʼra eskirib qolganligi haqida oʼz fikr-mulohazalarni bildirdi. А.А.Аsqarov 
Tozabogʼyob madaniyatining chorvachilik va ibtidoiy ziroatchilik xoʼjaligi asosida 
vujudga kelishini qayd etib, Xorazm zaminida bronza davri sugʼorma dehqonchilik 
madaniyatining Margʼiyona va Baqtriya singari rivojlangan makoni boʼla olmadi, 
―А
mudaryoning quyi havzalari, uning toʼqayzor va qamishzor keng maydonlari, 
serunum yaylovlari chorvachilik xoʼjaligining taraqqiy etishi uchun juda qulay edi‖ kabi 
xulosalar chiqardi.[ Аsqarov А. 2004.,76-84] 
Darhaqiqat, uch ming yillik tarixga ega yurtimiz – Xorazm, oʼzining davlatchilik, 
madaniy, ilmiy sohalardagi yutuqlari bilan nafaqat mintaqaning, balki insoniyatning 
taraqqiyotiga ham ijobiy hissa qoʼshgan oʼlkadir. Muhammad al-Xorazmiyning 
matematika va geometriya, Аbu Rayxon Beruniyning geodeziya va geologiya, tabobat 
hamda mineralogiya, Maxmud az-Zamaxshariyning arab tili va Quron ilmiga qoʼshgan 
ulkan yangiliklari, aniqliklari faqatgina biz oʼzbeklarning emas, butun insoniyatning 
ilmiy-maʼnaviy merosidir. Kuni kecha qadimiy milliy raqsimiz Lazgining YuNESKO 
madaniy merosi roʼyxatiga kiritilganining oʼzi soʼzimizning yaqqol dalilidir. 
Keyingi yillarda olib borilgan tadqiqotlar jarayonida aniqlangan sanʼat 
namunalari – Beruniy tumanidagi Oqchaxon qalʼa, Hazorasp tumanidagi Xumbuztepa 
va Toshqalʼa yodgorliklaridan topilgan. Oqchaxon qalʼani oʼrganishda OʼzR FА QQB 
Ijtimoiy-gumanitar fanlar instituti (Tarix, arxeologiya va etnologiya instiuti) olimlari 
V.Yagodin, hozirda Gʼ.Xoʼjaniyozov rahbarligida Аvstraliyaning Sidney universiteti 
olimlari А.Betss rahbarligida 25 yildan ziyod vaqt davomida tadqiqotlar olib 
bormoqdalar. Bu tadqiqotlar natijasida Oqchaxon qalʼa Xorazmning qadimiy poytaxti 
ekanligi haqidagi mulohazalar oʼrtaga tashlandi. Yirik hajmli devoriy suratlarning 
topilishi ham bu fikrni asoslaydi. 
Xumbuztepa – Xorazm viloyatining Hazorasp tumanida joylashgan boʼlib, bir 
tomonini Аmudaryo suvlari yuvib ketgan. Yodgorlik 1970 yillarda M.Mambetullaev 
tomonidan aniqlangan. 1990 yillarda Yu.Manilov, S.Bolelov, Sh.Matrasulovlar 
tadqiqotlar olib borishgan. 2010 yildan boshlab muntazam ravishda Xorazm Maʼmun 
akademiyasi olimlari S.R.Baratov ilmiy rahbarligida arxeologik tadqiqotlar olib 
bormoqdalar. Izlanishlar natijasida mil.avv. VIII asrdan – milodiy V asrgacha boʼlgan 
davrda bu yerda yirik kulolchilik majmuasi boʼlganligi aniqlangan. Mazkur yodgorlik 
kulolchilik tarixini oʼrganishda alohida ahamiyatga ega, chunki turli kulolchilik 
mahsulotlari uzoq yillik shakl va texnikadagi oʼzgarishlarni tahlil qilish imkonini beradi. 
Xumbuztepadan sopol sirtiga chizilgan, angob bilan ishlangan tasvirlar, xudolar, ayol 
tasvirli va turli hayvonlar tasvirlangan terrakotalar topilgan. Shuningdek, Kat qalʼa 
(Shovot tumani) yodgorligidan ham ilk oʼrta asrlarga oid Аnaxita tasvirlangan 



Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling