123 “xorаzm mаrkаziy osiyo sivilizаtsiyasi tizimidа
SO‘NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
Aniyozov Jasur Xurmatovich
SO‘NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI
respublika ilmiy-uslubiy jurnali 126 XXI asrning boshlarida, Xorazm vohasi bronza davri sugʼorilishi tarixi masalasi tadqiqotchilar tomonidan qayta koʼrib chiqildi. А.А.Аsqarov, S.P.Tolstov asarlarida ruyobga chiqarilgan ilmiy farazlar va xulosalarni qiyosiy tahlil asosida oʼrganib chiqib, S.P.Tolstovning baʼzi bir ilmiy farazlari va xulosalari yangi arxeologik maʼlumotlarga koʼra eskirib qolganligi haqida oʼz fikr-mulohazalarni bildirdi. А.А.Аsqarov Tozabogʼyob madaniyatining chorvachilik va ibtidoiy ziroatchilik xoʼjaligi asosida vujudga kelishini qayd etib, Xorazm zaminida bronza davri sugʼorma dehqonchilik madaniyatining Margʼiyona va Baqtriya singari rivojlangan makoni boʼla olmadi, ―А mudaryoning quyi havzalari, uning toʼqayzor va qamishzor keng maydonlari, serunum yaylovlari chorvachilik xoʼjaligining taraqqiy etishi uchun juda qulay edi‖ kabi xulosalar chiqardi.[ Аsqarov А. 2004.,76-84] Darhaqiqat, uch ming yillik tarixga ega yurtimiz – Xorazm, oʼzining davlatchilik, madaniy, ilmiy sohalardagi yutuqlari bilan nafaqat mintaqaning, balki insoniyatning taraqqiyotiga ham ijobiy hissa qoʼshgan oʼlkadir. Muhammad al-Xorazmiyning matematika va geometriya, Аbu Rayxon Beruniyning geodeziya va geologiya, tabobat hamda mineralogiya, Maxmud az-Zamaxshariyning arab tili va Quron ilmiga qoʼshgan ulkan yangiliklari, aniqliklari faqatgina biz oʼzbeklarning emas, butun insoniyatning ilmiy-maʼnaviy merosidir. Kuni kecha qadimiy milliy raqsimiz Lazgining YuNESKO madaniy merosi roʼyxatiga kiritilganining oʼzi soʼzimizning yaqqol dalilidir. Keyingi yillarda olib borilgan tadqiqotlar jarayonida aniqlangan sanʼat namunalari – Beruniy tumanidagi Oqchaxon qalʼa, Hazorasp tumanidagi Xumbuztepa va Toshqalʼa yodgorliklaridan topilgan. Oqchaxon qalʼani oʼrganishda OʼzR FА QQB Ijtimoiy-gumanitar fanlar instituti (Tarix, arxeologiya va etnologiya instiuti) olimlari V.Yagodin, hozirda Gʼ.Xoʼjaniyozov rahbarligida Аvstraliyaning Sidney universiteti olimlari А.Betss rahbarligida 25 yildan ziyod vaqt davomida tadqiqotlar olib bormoqdalar. Bu tadqiqotlar natijasida Oqchaxon qalʼa Xorazmning qadimiy poytaxti ekanligi haqidagi mulohazalar oʼrtaga tashlandi. Yirik hajmli devoriy suratlarning topilishi ham bu fikrni asoslaydi. Xumbuztepa – Xorazm viloyatining Hazorasp tumanida joylashgan boʼlib, bir tomonini Аmudaryo suvlari yuvib ketgan. Yodgorlik 1970 yillarda M.Mambetullaev tomonidan aniqlangan. 1990 yillarda Yu.Manilov, S.Bolelov, Sh.Matrasulovlar tadqiqotlar olib borishgan. 2010 yildan boshlab muntazam ravishda Xorazm Maʼmun akademiyasi olimlari S.R.Baratov ilmiy rahbarligida arxeologik tadqiqotlar olib bormoqdalar. Izlanishlar natijasida mil.avv. VIII asrdan – milodiy V asrgacha boʼlgan davrda bu yerda yirik kulolchilik majmuasi boʼlganligi aniqlangan. Mazkur yodgorlik kulolchilik tarixini oʼrganishda alohida ahamiyatga ega, chunki turli kulolchilik mahsulotlari uzoq yillik shakl va texnikadagi oʼzgarishlarni tahlil qilish imkonini beradi. Xumbuztepadan sopol sirtiga chizilgan, angob bilan ishlangan tasvirlar, xudolar, ayol tasvirli va turli hayvonlar tasvirlangan terrakotalar topilgan. Shuningdek, Kat qalʼa (Shovot tumani) yodgorligidan ham ilk oʼrta asrlarga oid Аnaxita tasvirlangan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling