129 o’rta asrlarda sharq falsafasi? Sharq falsafasi
Tushuncha – bu predmetlarning zaruriy, muhim belgilarini aks ettiruvchi tafakkur shaklidir. Mantiqda predmet tafakkur predmeti
Download 73.33 Kb.
|
129-154Falsafa javoblari Ozoda
Tushuncha – bu predmetlarning zaruriy, muhim belgilarini aks ettiruvchi tafakkur shaklidir. Mantiqda predmet tafakkur predmeti sifatida nazarda tutiladi. Unga buyumlar (kitob, qalam), buyumlarning xossalari (issiq, sovuq), buyumlar munosabati (yaqin, uzoq), jarayonlar (o’qimoq, yozmoq) kiradi. Fikr predmetida nafaqat real mavjud bo’lgan buyumlar, balki xossa va munosabat hamda inson ongidagi g’oya, nazariya kabilar ham tushuniladi. Tushuncha inson miyasida to’g’ridan-to’g’ri aks etmasdan, ma'lum bir mantiqiy usullardan foydalanish orqali hosil bo’ladi. Bu usullarga taqqoslash, analiz, sintez, abstraktsiyalash, umumlashtirish kiradi:
a) taqqoslash yordamida predmetlarni boshqalari bilan o’zaro solishtirilib, ularning o’xshash va umumiy belgilari hamda boshqalaridan ajratib turuvchi yakka belgilari aniqlanadi; b) analiz yordamida predmetni fikran tashkil qiluvchi muhim belgilar alohida ajratilib, har qaysisi o’rganiladi. Sintez analizga teskari jarayon bo’lib, unda fikran ajratilgan predmetning belgilari birlashtirilib, bir butun holga ketiriladi. Sintez yordamida predmet haqida yaxlit fikr hosil qilinadi; c) abstraktsiyalash yordamida predmetning umumiy va yakka belgilaridan uning mohiyatini tashkil etuvchi muhim tomonlarlariga o’tiladi hamda nomuhimlaridan chetlashiladi; d) umumlashtirishda predmetlarning ayrim umumiy o’xshash, muhim xususiyatlariga ko’ra bitta umumiy tushunchaga birlashtiriladi va shu yordamida umumiy belgiga ega predmetlarning sinfi haqida fikr yuritiladi. Tushunchalar so’z va so’z birikmalari orqali ifodalanadi. Masalan: “kitob”, “kompyuter”, “Navoiy shahri”, “Birlashgan millatlar tashkiloti” va hakozo. Tushuncha va so’zning aloqadorligi tafakkur bilan tilning bog’liqligidan kelib chiqadi. Tushuncha va so’z aynan bir xil bo’lmasdan bir tushuncha turli xil tillarda turlicha ifodalanadi yoki ba'zi so’zlar (bog’lovchilar) tushunchalarni ifodalamaydi. Turli fan sohalarga oid tushunchalarni tushunchalarni mazmunini aniq ifodalash uchun maxsus terminlardan foydalaniladi. Tushunchalar mazmuni va hajmiga ko’ra bir qancha turlarga bo’linadi. Hukm, muhokama (mantiqda) — predmetga maʼlum bir belgi (xossa, munosabat) xosligi yoki xos emasli-gini ifodalovchi tafakkur shakli. H. nisbatan tugal fikr boʻlib, unda predmet bilan uning aniq belgisi haqidagi bilim ifodalanadi. H.lar toʻgʻri (chin) yoki xato (yolgʻon) yoxud noaniq (taxminiy) boʻlishi mumkin. H.lar obyektiv voqelikka mos kelsa toʻgʻri (chin), mos kelmasa xato (yolgʻon) hisoblanadi. Ayni vaqtda chinligini ham, xatoligini ham aniqlab boʻlmaydigan H.lar noaniq H.lar deyiladi. H.lar asosan darak gap orqali ifodalanadi. H.lar tuzilishiga koʻra oddiy va murakkab boʻladi. Oddiy H. deb tarkibidan yana bir H.ni ajratib boʻlmaydigan mulohazaga aytiladi. Oddiy H. tarkibi 3 boʻlak: mantiqiy ega — subʼyekt (5), mantiqiy kesim — predikat (R) va mantiqiy bogʻlovchidan iborat. Mantiqii ega fikr qili-nayotgan predmet va hodisani, man-tiqiy kesim predmetga xos xususiyatni bildiradi. Mantiqiy bogʻlovchi ("...dir", "emas") predmetdagi xususiyatni tasdiqlaydi yoki inkor etadi. Oddiy qatiy H.ning formulasi; 8— R (emas). Oddiy H.lar sifatiga koʻra tasdiqlovchi va inkor etuvchi, haj-miga koʻra yakka, umumiy va juzʼiy H.larga boʻlinadi. Oddiy qatʼiy H.lar sifati va hajmiga koʻra 4 turga boʻlinadi: 1) umumiy tasdiq H. (A) "hamma 5—R dir"; 2) umumiy inkor H. (Ye) "hech bir 8—R emas"; 3) juzʼiy tas-diq H. (I) "baʼzi 5—R dir"; 4) juzʼiy inkor H. (O) "baʼzi 3—R emas" formulasi orqali ifodalanadi. Predikatning mazmuniga koʻra atributiv, mavjudlik va munosabat H.lari farqlanadi. Murakkab H. deb tarkibida 2 yoki undan ortiq oddiy H. boʻlgan mulohazalarga aytiladi. Murakkab H.lar "va", "yoki", "agar... unda" kabi mantiqiy bogʻlovchilar, inkor qilish va modal terminlarni qoʻllash orqali 2 va undan ortiq oddiy H.larning oʻzaro birikishidan hosil boʻladi. Mantiqiy bogʻlovchining mazmuniga koʻra murakkab H.larning quyidagi asosiy turlarini farq qilish mumkin: 1) birlashtiruvchi (konʼyunk-tiv) H. — a l v. Mas, oʻz tilini va madaniyatini yoʻqotgan millat oʻzligidan judo boʻladi; 2) aiiruvchi (dizʼyunktiv) H. — a V v. Mas, oʻsimliklar bir yillik yoki koʻp yillik boʻladi; 3) shartli (implikativ) H. — a —> v. Mas, agar inson maqsad sari intilsa, u albatta maqsadiga erishadi; 4) ekvivalentlik H.i — a=v. Mas, agar bu geometrik figura uch-burchak boʻlsa, unda uning burchaklarining yigʻindisi 180 boʻladi. H.lar modalligiga koʻra aletik (zaruriy), epistemik (ishonchli bilim), deontik (majburiylik), aksiologik (baholash) va vaqt modalligini ifo-dalovchi turlarga boʻlinadi. H. tafak-kur shakli sifatida xulosa chiqarishning tarkibiy qismi boʻlib xizmat qiladi. 140)iqtisod va manaviyat. Iqtisodiy rivojlanishning ma’naviy taraqqiyotga bog’liqligi… Download 73.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling